207
boshqa sanoat tarmoqlaridagi hamda qurilishdagi ko‘pgina texnologik
jarayonlarning muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
Har qanday jismda namlikning mavjudligi uning mutlaq (absolyut)
hamda
nisbiy namligi bilan xarakterlanadi.
Gazning mutlaq namligi
deyilganda normal sharoitlarda 1,0
m
3
gaz
aralashmasidagi suv bug‘i massasi tushuniladi. Mutlaq namlikning birliklari
g/m
3
yoki
kg/m
3
.
Nisbiy namlik
deyilganda 1,0
m
3
aralashmadagi suv bug‘i massasi (hajmi)ning
shu temperaturadagi 1,0
m
3
aralashmadagi suv bug‘ining
maksimal massasi
(hajmi)ga nisbati tushuniladi. Nisbiy namlik o‘lchovsiz kattalik, ba’zan u foizlarda
ifodalanadi.
Materialdagi nam miqdorini miqdor jihatidan xaraqterlash uchun ikkita
kattalik — nam saqlami va namlikdan foydalaniladi.
Nam jism massasining mutlaq quruq material massasiga nisbati
nam saqlami
deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi:
%
100
0
0
1
0
M
M
M
H
yoki
M
M
H
s
s
,
bu yerda:
М -
nam massasi;
М
о
-
mutlaq
quruq materialning massasi;
М
1
-
nam materialning massasi.
Namlik jismdagi nam massasining nam material massasiga nisbati
quyidagicha ifodalanadi:
1
M
M
W
.
Nam saqlamidan namlikka o‘tish va aksincha hollarda quyidagi nisbatdan
foydalaniladi
s
s
s
H
H
W
W
W
H
1
,
1
.
Gaz namligini o‘lchash usullariga psixrometrik, shudring nuqtasi, gigrometrik
(sorbsion),
kondensatsion, spektrometrik, elektr-kimyoviy, issiq o‘tkazuvchanlik
usullari kiradi. Bulardan birinchi uchtasi eng ko‘p tarqalgan.
208
Suyuqliklarning namligini o‘lchash uchun sig‘imli,
absorbsion asboblar va
suyuqlikning namlikka aloqasi bor biror xossasini o‘lchaydigan asboblardan
foydalaniladi.
Qattiq va sochiluvchan jismlarning namligini o‘lchash uchun bevosita va
bilvosita usullar qo‘llaniladi.
Quritish, ekstraksion va kimyoviy usullar bevosita o‘lchash
usullarining
ichida eng ko‘p tarqalgandir.
Konduktometrik, dielkometrik, o‘ta yuqori chastotali, optik, yadroviy magnit
rezonansli, termovakuum, teplofizika usullari bilvosita o‘lchash usullariga kiradi.
Quyida sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullarni ko‘rib chiqamiz.
Gazlarning namligini o‘lchash.
Hozir texnologik jarayonlarda gazlarning va
havoning namligini o‘lchashning
psixrometrik, shudring nuqtasi
va
gigrometrik
usullari
eng ko‘p tarqalgan.
Psixrometrik asboblar bilan namlikni o‘lchash prinsipi suv bug‘ining
elastikligi hamda quruq va nam termometrlarning ko‘rsatishlari o‘rtasidagi
bog‘lanishga asoslangan. Psixrometrik samarani o‘lchash uchun psixrometr ikkita
bir xil termometrga ega bo‘lishi kerak. Bulardan birining (ho‘l termometrning)
issiqlik qabul qiluvchi qismi idishdan suvni so‘rib oluvchi gigroskopik jismga
tutashib turadi va doimo nam holda saqlanadi. Ho‘l termometrning sirtidagi namlik
bug‘langanda uning temperaturai pasayadi. Natijada quruq va ho‘l
termometrlar
o‘rtasida psixrometrik farq deb ataluvchi temperaturalar farqi paydo bo‘ladi.
Psixrometrik farqqa bog‘liq nisbiy namlik quyidagi nisbatdan aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: