Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
 
 
 
 
 
 
41-rasm. Zamonaviy ШЦЦ-I-300-IP65 rusumli raqamli shtangensirkullarning 
umumiy ko‘rinishi.
 
 
Shtangenchuqurlik o‘lchagichlar
 
konstruksiyasi shtangensirkullardan 
qo‘zg‘almas jag‘lari yo‘qligi bilan farqlanadi (42-rasm). Siljiydigan jag‘ o‘rniga 
noniusli (3) ramka (2) da o‘lchash paytida tayanch bo‘lib xizmat qiluvchi asos (4) 
o‘rnatilgan. O‘lchash jarayonida asos (4) detal ustiga qo‘yiladi va shtanga (1) ichki 
yuzani tagiga taqalguncha suriladi. Nol o‘lchami lineyka (1) ni uchi asos (4) bilan 
baravarlashganiga to‘g‘ri keladi. 
Shtangen chuqurlik o‘lchagichlarning o‘lchash diapazoni 500 mm dan 
oshmaydigan ko‘lamni qamraydi. Nonius bo‘linmalarining qiymati 0,1 yoki 0,05 
mm ga teng. 
42-rasm. Shtangen chuqurlik o‘lchagichning tuzilishi. 


84 
 
Shtangenreysmasning 
(43
-
rasm) konstruksiyasi asboblar va belgi 
qo‘yiluvchi (o‘lchanuvchi) detallar o‘rnatilgan yassi yuzadan o‘lchash va belgi 
qo‘yish uchun moslashtirilgan. Shtangenreysmas qo‘zg‘almas jag‘lar o‘rniga 
taxtada o‘rnatish uchun og‘ir asos (3) bilan jihozlangan. Asosga tik holda lineyka 
(1) o‘rnatilgan. Noniusli (5) ramka almashinuvchi belgi qo‘yish jag‘lari 
(chizg‘ichlar) hamda balandliklarni o‘lchash uchun maxsus uchliklar yoki milli 
o‘lchash kallaklari o‘rnatish uchun maxsus tutqich (4) bilan jihozlangan. 
Vertikal yuzalaiga belgi qo‘yishda shtangenreysmasni chizg‘ichi shkala va 
nonius bo‘yicha asosdan kerakli balandlikka o‘rnatiladi. Undan keyin
shtangenreysmas taxtaga, belgi qo‘yish chizg‘ichi esa detalga bosilib, siljitiladi. 
Natijada detal yuzasida chizg‘ich uchining izi qoladi. Shtangenreysmaslarni turlari 
2500 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarni qamraydi. Eng ko‘p tarqaganlari 250 mm; 
400 mm gacha va noniusining bo‘linmalari qiymati 0,05 mm ga tenglaridir. 
43 – rasm. Shtangenreysmasning tuzilishi. 
Shtangenreysmaslarning birqancha zamonaviy turlari ham yaratilgan va 
yaratilmoqda. 44- rasmda SHR rusumli o‘qli mexanik va raqamli elektron 
shtagenreysmaslar 
tasvirlangan. 
Bu 
asboblar 
detallarning 
o‘lchashda, 
balandliklarni va korpuslarda mavjud do‘ngliklarni o‘lchashda qo‘llaniladi. 
O‘lchash diapazoni 0 – 1000 mm gacha oraliqda, xatoligi ±(0,04 – 0,07) mm 
gacha. 


85 
44-rasm. SHR rusumli shtangenreysmaslarning umumiy ko‘rinishi. 
Shtangenreysmaslarning ikki o‘qli turlari ham mavjud. 45- rasmda ana 
shunday SHRD-1000 rusumli shtangehreysmas tasvirlangan. Quyidagi 2-jadvalda 
bu asbobning texnik tavsiflari keltirilgan.
45-rasm. SHRD-1000 rusumli shtangenreysmas.
2-jadval 
SHRD-1000 rusumli shtangenreysmassning asosiy yexnik tavsiflari 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin