42
trubkaning tagida manfiy elektrod (3) vazifasini o‘tovchi kadmiyning simobdagi
eritmasi bor. Simob ustiga simob sulfat oksidi va kadmiy sulfat aralashmasidan
iborat pasta (1) qatlami joylashtirilgan. Simob (2)
sulfat oksidi depolyarizator,
ya‘ni qutblanish hodisasini qaytarish vazifasini o‘taydi. Idishning yuqori qismiga
kadmiy sulfatning to‘yingan eritmasi (5) quyiladi. Eritmaning to‘yinishini
ta’minlash uchun elektrodlar ustidan kadmiy sulfatning kristallari (4)
joylashtirilgan. Bu tirsaklarning pastki qismini normal elementni o‘lchash zanjiriga
ulash uchun plastinadan yasalgan elektrodlar kavsharlangan. Shisha idish yaxshi
izolyatsiyalangan
quti ichiga joylashtiriladi, unda termometr uchun teshik bor
(rasmda ko‘rsatilmagan).
To‘yingan normal elementning temperaturai 20 °C bo‘lganda, EYUK
1,0185
1,087 V oraliqda bo‘lishi va bir yil vaqt ichida 5 mkV dan o‘zgarmasligi
lozim. Bu elementlar 0,0005; 0,0012; 0,002 va 0,005 aniqlik sinflari bo‘yicha
ishlab chiqariladi. To‘yingan normal elementlarning ichki qarshiligi 500 - 1000
Оm ni tashkil etadi.
To‘yingan elementlarning aniqlik sinfi 0,002 dan oshmaydi, 20
0
C
temperaturadagi EYUK 1.0186
1.0194 V oralig‘ida ichki qarshiligi 600 Om gacha
bo‘ladi. Bir yil vaqt mobaynida elementning EYUKi 20 mkV gacha o‘zgarishi
mumkin. To‘yinmagan elementlarning aniqlik sinfi yuqori bo‘lmasa-da,
ularda
EYUK ning temperaturaga bog‘liqligi juda kam. Bu turdagi normal elementlar
ko‘chma o‘lchash qurilmalarida ishlatiladi.
13-rasm. To‘yingan normal
element.
Elementlarni silkinish, to‘ntarilish,
quyosh
nuri, isituvchi va boshqa qurilmalar ta’siridan
saqlash lozim. Ulardan o‘tayotgan ishchi tok
miqdori 1mkA dan ortmasligi kerak. Bu kabi
omillar elementning EYUK ini o‘zgartirishi yoki
uni ishdan chiqarishi mumkin.
So‘nggi
yillarda
e.yu.k.
ning
ishchi
o‘lchovlari
sifatida
o‘zgarmas
kuchlanish
kompensatsion
mo‘tadillagichlari
keng
ishlatilmoqda. Bu qurilmalarda mo‘tadillovchi
43
element sifatida kremniy stabilitron – diod qo‘llaniladi.
Kompensatsion mo‘tadillagichlar 0,001%
0
C ga teng bo‘lgan
temperatura
koeffitsiyenti bilan katta yuklama toklarida ham kuchlanish mo‘tadilligini
ta’minlash imkonini beradi.
Elektr tokining o‘lchovi bo‘lib, massa o‘lchovi bilan tokli o‘tkazgichlarning
o‘zaro ta’sir kuchi muvozanatlashadigan tokli tarozi xizmat qiladi.
Ma’lumki, tok kuchining birligi amper bo‘lib, bu tok vakuumda joylashgan
va cheksiz uzunlikka ega hamda bir-biridan o‘zaro 1 metr nasofada bo‘lgan ikkita
ingichka o‘tkazgichdan o‘tganda, ular o‘rtasida har metr uzunlikda 2·10
-7
N kuch
hosil bo‘ladi.
Elektr qarshiligining namunaviy va ishchi o‘lchovlari g‘altaklar birgalikda
qarshiliklar magazinini hosil qiladi. G‘altaklar, asosan, manganin (mis, marganes,
nikel, aluminiyva teller qorishmasidan tayyorlangan sim yoki tasmasidan o‘ralgan)
bo‘lib, u katta solishtirma qarshilikka (0,45 Om·mm
2
/m),
kichik temperatura
koeffitsiyentiga (10
-5
0
C) ga ega va mis bilan bargalikda juda oz (1
0
C da 2 mkV)
termo EYUK yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: