208
Suyuqliklarning namligini o‘lchash uchun sig‘imli, absorbsion asboblar va
suyuqlikning namlikka aloqasi bor biror xossasini o‘lchaydigan asboblardan
foydalaniladi.
Qattiq va sochiluvchan jismlarning namligini o‘lchash uchun bevosita va
bilvosita usullar qo‘llaniladi.
Quritish, ekstraksion va kimyoviy usullar bevosita o‘lchash usullarining
ichida eng ko‘p tarqalgandir.
Konduktometrik, dielkometrik, o‘ta yuqori chastotali, optik, yadroviy magnit
rezonansli, termovakuum, teplofizika usullari bilvosita o‘lchash usullariga kiradi.
Quyida sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullarni ko‘rib chiqamiz.
Gazlarning namligini o‘lchash.
Hozir texnologik jarayonlarda gazlarning va
havoning namligini o‘lchashning
psixrometrik, shudring nuqtasi
va
gigrometrik
usullari
eng ko‘p tarqalgan.
Psixrometrik asboblar bilan namlikni o‘lchash prinsipi suv bug‘ining
elastikligi hamda quruq va nam termometrlarning ko‘rsatishlari o‘rtasidagi
bog‘lanishga asoslangan. Psixrometrik samarani o‘lchash uchun psixrometr ikkita
bir xil termometrga ega bo‘lishi kerak. Bulardan birining (ho‘l termometrning)
issiqlik qabul qiluvchi qismi idishdan suvni so‘rib oluvchi gigroskopik jismga
tutashib turadi va doimo nam holda saqlanadi. Ho‘l termometrning sirtidagi namlik
bug‘langanda uning temperaturai pasayadi. Natijada quruq va ho‘l termometrlar
o‘rtasida psixrometrik farq deb ataluvchi temperaturalar farqi paydo bo‘ladi.
Psixrometrik farqqa bog‘liq nisbiy namlik quyidagi nisbatdan aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: