Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


Suyuqliklarning tarkibini tahlil qilish



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
Suyuqliklarning tarkibini tahlil qilish.
Suyuqliklar tarkibini tahlil qilish 
deyilganda ularning elementar, funksional yoki molekulyar tarkibini aniqlash 
tushuniladi. Tarkibni aniqlaydigan asboblar analizatorlar deb ataladi. Muhitda 
faqat bitta komponentning miqdorini aniqlash uchun mo‘ljallangan analizatorlarni 
ba’zan 
konsentratometrlar
deb yuritiladi. 135-rasmda konduktometrning ikki 
elektrodli o‘lchash sxemasi keltirilgan. 
Suyuqliklar konsentratsiyasini o‘lchash uchun quyidagi ulchov birliklari eng 
ko‘p tarqalgan: mg/sm
3
; g/sm
3
; massasi yoki hajmi bo‘yicha, %. 
Temperatura, bosim va shu kabi parametrlarning o‘lchash natijalariga kuchli 
ta’sir etishi analitik o‘lchashlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Bu 
parametrlar ayniqsa o‘lchash aniqligiga ta’sir qiladi. Shuning uchun avtomatik 
analizatorlar, odatda, namunalar tanlab olish, ularni tahlilga tayyorlash, o‘lchash 
sharoitlarini stabillash yoki tuzatishlarni avtomatik kiritish va hokazolar uchun 
qo‘shimcha murakkab jihozlar bilan ta’minlangan bo‘ladi. 
Tahlil qilinadigan suyuqliklarning turli-tumanligi va ularning tarkibi hamda 
xossalarining keng chegarada bo‘lishi tahlil qilish usullari turlicha bo‘lgan 
avtomatik asboblar ishlab chiqarishni taqozo etadi. Asbobsozlik sanoati xilma-xil 


196 
suyuqliklarni tahlil qiluvchi turli avtomatik analizatorlar ishlab chiqaradi. 
Suyuqliklarni tahlil qilishning sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullariga 
konduktometrik, potensiometrik, optik, titrometrik va radioizotopli usullar kiradi. 
Quyida sanoatda keng tarqalgan usullar va asboblar ba’zi birlarini ko‘rib 
chiqiamiz. 
135-rasm. Konduktometrning ikki elektrodli o‘lchash sxemasi. 
Eritmalarni tahlil qilishning konduktometrik usuli.
Elektrolit eritmalarining 
konsentratsiyasini 
ularning 
elektr 
o‘tkazuvchanligiga 
ko‘ra 
o‘lchash 
(konduktometrik usul) laboratoriya sharoitida ham, sanoat sharoitida avtomatik 
nazorat 
qilish 
uchun 
ham 
keng 
qo‘llaniladi. 
Konduktometrik 
konsentratometrlarning ishlashi eritmalar elektr o‘tkazuvchanligining ular 
konsentratsiyasiga bog‘liqligiga asoslangan. 
Arrenius nazariyasiga ko‘ra elektrolitlar suvda eritilganida molekulalar, ionlar 
dissotsiatsiyalanib, shu ionlarning eritmada mavjud bo‘lishi eritmaning elektr 
o‘tkazuvchanligiga sabab bo‘ladi. Dissotsiatsiyalanish darajasiga ko‘ra kuchli va 
kuchsiz elektrolitlar bo‘ladi. Kuchli elektrolitlar deyarli batamom ionlarga 
dissotsiatsiyalangan bo‘ladi, kuchsiz elektrolitlarning eritmalarida esa ma’lum 
miqdorda dissotsiatsiyalanmagan molekulalar ham bo‘ladi. 
Turli moddalar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini baholash uchun 
Kolraush ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlilik tushunchasini kiritdi, u 1 sm
3


197 
eritmada 1 gramm-ekvivalent modda bo‘lgan eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi 
sifatida aniqlanadi: 





bu yerda: 
л
- eritmaning ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi; у - eritmaning 
solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi. Sm/sm; з - erigan moddaning ekvivalent 
konsentratsiyasi, 
g· ekv/sm
3

Barcha elektrolitlar uchun ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik dissotsiyalanish 
kuchayishi natijasida eritma suyula borishi bilan ortadi. Eritma to‘la 
dissotsiatsiyalanganda (ya’ni eritma cheksiz suyulganida) u eng katta qiymatiga 
erishadi. Eritmaning solishtirma o‘tkazuvchanligi bilan suyultirilgan elektrolitning 
tabiati hamda uning konsentratsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik Kolraush qonuni bilan 
aniqlanadi: 
у=б∙з(

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin