Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

fizik o‘zgartirish
 
deb 
ataladi. Agar namunaga ta’sir qilish uning tarkibining tubdan o‘zgarishiga olib 
kelsa, u 
kimyoviy o‘zgartirish
deb ataladi. 
Gaz analizatorlari hajmga nisbatan %, g/m
3
, mg/l larda darajalanadi. Birinchi 
birlik ancha qulaydir, chunki gaz aralashmalari komponentlarining foiz hisobidagi 
miqdori temperatura va bosim o‘zgarganida doimiyligicha qoladi. 
Gaz analizatorlari tarkibiga datchik va chiqish signallarini o‘lchagichdan 
tashqari, asbobning normal ishlashini ta’minlovchi bir qancha qurilmalar ham 
kiradi. Asosiy, yordamchi qurilmalar gaz aralashmasi namunasini tanlovchi, 
tozalovchi, uzatuvchi va tahlilga tayyorlovchi qurilmalardir. 
Gaz 
analizatorlarining 
mavjud 
tasnifi 
aralashmaning 
aniqlanadigan
komponentlarining konsentratsiyasini o‘lchashga asos qilib olingan fizik-kimviy 
xossalarga asoslanadi. 
Quyida sanoatda keng tarqalgan ba’zi bir usullar va asboblar ko‘rib chiqamiz. 
Termokonduktometrik gaz analizatorlarining ishlash prinsipi
 
газ aralashmasi 
issiqlik o‘tkazish qobiliyatining tekshirilayotgan komponent konsentratsiyasiga 
bog‘liqligiga asoslangan. Agar binar aralashmadagi komponentlarning issiqlik 


188 
o‘tkazuvchanligi har xil bo‘lsa, bu usulni qo‘llash qulay. Ko‘p komponentli gaz 
aralashmasini tahlil qilishda yuqoridagi usulni qo‘llash mumkin, lekin 
aniqlanmaydigan komponentlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi bir-biridan uncha 
farq qilmay, aniqlanayotgan komponentning issiqlik o‘tkazuvchanligi ulardan 
ancha farq qilishi kerak. 
Gaz aralashmasining issiqlik o‘tkazuvchanligini o‘lchash uchun tahlil 
qilinayotgan aralashma bilan to‘ldirilgan kameraga joylashtirilgan qizdiriladigan 
o‘tkazgichdan foydalaniladi. Agar o‘tkazgichdan kamera devorlariga faqat issiqlik 
o‘tkazuvchanlik tufayligina issiqlik berilsa, quyidagi ifoda to‘g‘ri bo‘ladi: 
Q=2р·l·л(t
п
-t
с
)/l
п
(D/d),
bu yerda Q — o‘tkazgich 1 sekundda beradigan issiqlik miqdori; l, d — 
o‘tkazgichning uzunligi va diametri; D — kamera diametri, л — gaz 
aralashmasining issiqlik o‘tkazuvchanligi; t
n
, t
с
— o‘tkazgich va kamera 
devorlarining temperaturai. 
O‘tkazgich beradigan issiqlik Q va kamera devorlarining atrof-muhit 
temperaturaiga bog‘liq bo‘lgan temperaturai t
с
o‘zgarmas bo‘lganida gaz 
aralashmasining issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘tkazgichning temperaturaini, 
binobarin, uning o‘tkazuvchanligini bir xil qiymatda aniqlaydi. O‘tkazgich sifatida 
elektr qarshiligining temperatura koeffitsiyenti yuqori va kimyoviy jihatdan 
chidamli metall simdan foydalaniladi; platina ko‘proq, volfram, nikel, tantal 
kamroq ishlatiladi. 
Termokonduktometrik gaz analizatorlarining o‘lchash elementlari o‘zi 
qiziydigan qarshilik termometri rejimida ishlaydigan, platina tola joylashgan 
kamera shaklidagi o‘zgartkichdan iborat. Gaz aralashmasi tarkibining o‘zgarishi 
uning issiqlik o‘tkazish qobiliyatini o‘zgartiradi, natijada qizigan tola va gaz 
aralashmasi o‘rtasida o‘zaro issiqlik almashuvining jadalligi ham o‘zgaradi. 
Tolaning elektr qarshiligi tekshirilayotgan komponent konsentratsiyasini bildiradi. 
Bu turdagi sanoat gaz analizatorlarida o‘lchashning differensial usuli 
qo‘llaniladi, bu yerda, tekshirilayotgan va namuna gaz aralashmalarining issiqlik 
o‘tkazuvchanligi ishlovchi va solishtirma kameralar yordamida solishtiriladi. 
Ishlovchi kamera oqib o‘tadigan qilib ishlanadi, solishtirma kamera esa tarkibiga 


189 
konsentratsiyasi o‘lchashning pastki, o‘rta va yuqorigi chegarasiga mos keladigan 
o‘lchanayotgan komponent kirgan gaz aralashmasi bilan to‘ldiriladi. 
O‘lchash sxemalari bevosita hisoblash yoki avtomatik muvozanatlash 
prinsipiga ko‘ra quriladi. 130-rasmda ko‘rsatilgan termokonduktometrik gaz 
analizatori konsentratsiyani muvozanatlashgan ko‘prik yordamida o‘lchaydi. 
Doimiy sarfga ega bo‘lgan tekshirilayotgan gaz aralashmasi Rt1 ishlovchi 
kameralarga keladi. Ko‘prikning qolgan yelkasiga etalon aralashmali Rt2 
yordamchi kameralar ulangan. Sezgir elementning tolalari ko‘prik sxemasining 
ta’minlash toki (STM — stabillashgan ta’minlovchi manba) hisobiga qiziydi. 
Ko‘prik sxemasi R3 reostat orqali sozlanadi. Bu turdagi sanoat gaz analizatorining 
o‘lchash asboblari standart avtomatik kompensator asosida bajariladi.
130-rasm. Termokonduktometrik gaz analizatori. 
Termokonduktometrik gaz anlizatorlarida xatolik, asosan, quyidagi sabablarga 
ko‘ra sodir bo‘ladi: 
a) atrof-muhit temperaturaining o‘zgarishi, bu yerda, o‘lchash kameralarining 
devorlaridagi temperatura o‘zgaradi; 
b) o‘lchash ko‘prigi ta’minlovchi manba kuchlanishining o‘zgarishi; 
v) gaz aralashmasining kameralar (yacheykalar) orasida o‘tish tezligining 
o‘zgarishi; 
g) 
ikkilamchi tekshirilmayotgan komponentlarning (xususan, suv 
bug‘lari) mavjudligi. 


190 
Havodagi yoki gaz aralashmalaridagi (vodoroddan tashqari tarkibida СО, 
СО
2
, СН
4
, N
2
ва О
2
bo‘lgan) vodorod miqdorini, shuningdek, ko‘p komponentli 
aralashmalarda СО
2
miqdorini aniqlash uchun TP turidagi termokonduktometrik 
gaz analizatorlaridan foydalaniladi (131- rasm). 
131-rasm. TP turidagi termokonduktometrik gaz analizatori. 
Sxema muvozanatlashmagan ikkita A va B ko‘priklardan iborat bo‘lib, ular 
o‘zgaruvchan tok manbaidan transformator orqali ta’minlanadi. Ko‘priklarning 
yelkalari platina simlardan tayyorlangan va shisha ballonchalarga joylashtirilgan. 
O‘lchash ko‘prigining ikkita ish yelkasi 1 va 3 ning atrofidan tahlil qilinayotgan 
gaz o‘tib turadi. Qolgan ikkita yelkasi 2 va 4 gaz muhitida turadi, bu gazning 
tarkibi asbob shkalasining boshlanishiga mos keladi. Taqqoslash ko‘prigi B ning 
ikkita yelkasi 6 va 8 gaz muhitida turadi, uning tarkibi asbob shkalasining 
boshlanishiga mos keladi, yelkalar 5 va 7 esa tarkibi shkala oxiriga mos keladigan 
gaz muhitida turadi. 
Taqqoslash ko‘prigi B ning diagonaliga reoxord RP ulangan, uning surmasi va 
A ko‘prikning uchi elektron kuchaytirgich EK ning kirishiga ulangan. Reversiv 
dvigatel RD reoxordning surmasini va asbobning ko‘rsatkich strelkasini a va v 
ko‘prik uchlaridagi shkalada to kuchlanish surmaning reoxorddan oladigan 
kuchlanish bilan muvozanatlashmaganiga qadar suradi. Gaz analizatorining 


191 
ko‘rsatishi ta’minlash manbai kuchlanishining o‘zgarishiga va atrof-muhit 
temperaturaining o‘zgarishiga bog‘liq emas. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin