177
rasmda ochiq idishdagi suyuqlik sathni difmanometr bilan o‘lchash sxemasi
ko‘rsatilgan. Difmanometr 1 ning ikkala impulsli naychasi nazorat suyuqlik (agar u
agressiv bo‘lmasa) bilan to‘ldiriladi. Difmanometr sezgir elementiga ta’sir etadigan
Р
1
va Р
2
bosimlar farqini o‘lchaydi.
123–rasm. Ochiq idishda suyuqlik sathini difmanometr bilan o‘lchash sxemasi
124-rasmda bosim ostida (berk idishlarda) suyuqlik sathini difmanometr bilan
o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. Muvozanatlashtiruvchi idish 4 idishning havoli
(bug‘li) bo‘shlig‘i idish 3 ga ulanadi va maksimal sathda o‘rnatiladi.
Impulsli
naycha 2 idishning suyuqlikli bo‘shlig‘iga bevosita ulanadi. Difmanometr 1 bilan
o‘lchanadigan bosimlar farq
i
∆Р uchun ifoda difmanometrning musbatli Р
1
va
manfiyli Р
2
kameralarida hosil qilinadigan bosimlar opqali topilishi mumkin:
∆P=P
1
-P
2
=[hс
1
-Hс
2
-(h-H)с]∙g=[h(с
1
- с)-H(с
2
-с)]∙g
bu yerda: с
1
— muvozanatlashtiruvchi idish va impulsli naycha 5 dagi suyuqlik
zichligi; с
2
— idishdagi suyuqlik zichligi; с — idishdagi havoning zichligi; h
0
—
idishdagi suyuqlik ustuni;
h
va
H
- idishdagi suyuqlik balandligi;
g
— erkin tushish
tezlanishi,
m/s
2
.
178
124–rasm. Bosim ostida (berk idishda) suyuqlik sathini difmanometr
bilan o‘lchash sxemasi.
Sathni difmanometrlar bilan o‘lchash usuli qator afzalliklarga ega: sath
o‘lchagichlar
mustahkam, montaj qilish oddiy va ishonchli ishlaydi. Ularning
kamchiligi: difmanometrlarning sezgir elementi nazorat qilinuvchi muhitga
bevosita tegib turadi. Agressiv muhitlarning sathni o‘lchashda difmanometrlar
uchun maxsus materialdan foydalanishni taqozo qiladi
yoki difmanometrga aktiv
muhit kirib qolishdan, masalan, impuls naychalariga ajratish qurilmalarini ulash,
impulsli naychalarni toza suv bilan yuvish
va hokazodan saqlaydigan
difmanometrlarni ulash sxemalarini qo‘llanishni taqozo qiladi.
Bu kamchilikdan gidrostatik sath o‘lchagichlardan bir turi - pezometrik sath
o‘lchagichlar mustasnodir.
Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 125-rasmda keltirilgan. Bu
asboblar zichligi o‘zgarmas suyuqlik ustunining bosimini o‘lchashga
mo‘ljallangan. Suyuqlik ustunining bosimi uning balandligiga mutanosib ravishda
o‘zgaradi. Pezometrik sath o‘lchagichlar turli xil: agressiv, agressiv bo‘lmagan va
qovushqoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarni ochiq yoki berk idishlardagi suyuqliklar
sathini o‘lchashda qo‘llaniladi. Suyuqlik solingan idishga Pezometrik naycha 1
tushiriladi va uning ustki tomoni manometr 4 bilan parallel qilib havo yoki inert
gazi manbaiga ulanadi. Unda havoning sarfi drossel 3 bilan cheklanib, rotametr 2
yordamida nazorat qilib turiladi.
179
125 – rasm. Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi
Idishdagi suyuqlik sathining berilgan N balandligida
pezometrik naychadan
suyuqlik orqali chiqadigan havo pufakchalarining har sekundda bittadan chiqishi
ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Suyuqlik sathi ortsa, naychadagi bosim ortadi, undan chiqadigan pufakchalar
soni
kamayadi, suyuqlik sathi kamaysa, naychadan chiqadigan pufakchalar soni
ortadi. Bosimning bunday o‘zgarishini manometr 4 o‘lchaydi,
manometr shkalasi
suyuqlik sathiga muvofiq darajalangan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: