Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


Suyuqlik va gazlarning miqdorini taxometrik o‘lchash uskunalari



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
Suyuqlik va gazlarning miqdorini taxometrik o‘lchash uskunalari.
 
Gaz va 
hisoblagichlari suyuqliklarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi 
asosiy guruhlarga bo‘linadi: 1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) 
vazn hisoblagichlari. 
Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Hajm hisoblagichlari 
modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari esa oqim tezligi bo‘yicha 
o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab turgan vaqtda undan 
o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi modda miqdorini 
aniqlash uchun olingan vaqt oralig‘ining boshlanishi va oxiridagi hisoblagich 
ko‘rsatishini belgilash kerak. Hisoblagich ko‘rsatishlarining farqi shu vaqt oralig‘i 
ichida asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi. 
Gaz miqdorini o‘lchash hajm hisoblagichlari orqali amalga oshiriladi. 
Tozalangan gazni sarfini o‘lchash uchun РГ tipli rotatsion hajmli gaz 
hisoblagichlardan foydalaniladi. Bu hisoblagich bosimi 100 kPA (1kgk/sm
2
) va 
temperaturasi 0-50
o
S gacha bo‘lgan gazlarni o‘lchashga mo‘ljallangan. 


169 
Hisoblagich (116-rasm) korpus ichiga o‘rnatilgan ikki parrakli aylanuvchi rotor, 
uzatish va hisoblash mexanizmlaridan tuzilgan. 
116-rasm. РГ tipli rotatsion gaz sarfi hisoblagichi. 
O‘lchash uskunasining kirish va chiqishidagi gazlarni bosimlari farqi ta’siri 
ostida rotorlar 2 aylanadi. Rotatsion hajmli gaz hisoblagichlarning ishlash pritsipi 
belgilangan vaqt davomida o‘lchash kamerasidan rotor orqali surib chiqarilgan bir 
birlikda gaz hajmi V
0
yig‘indisini hisoblashga asoslangan. Ikkita rotorning bir 
marta aylanib kelish davrida V
0
hajmdagi gaz surib chiqariladi. Rotorlarni aniq bir 
vaqt davomidagi aylanishlar chastotasi N hisoblash mexanizmi orqali belgilab 
boriladi:
V = N

V
0

Rotatsion hisoblagichlar 40...40000 m
3
/h sarfni o‘lchashga mo‘ljallab 
chiqariladi. Ishchi bosimlari: 0,1: 0,6: 1,6 ва 6,4 mPA. Shartli o‘tish diametrlari 
50...1200 mm. Hisoblagich o‘rnatilishdagi bosim yo‘qotilishi 35...40 mm suv ust. 
dan oshmaydi. 
117-rasm. ГСБ tipli barabanli gaz hisoblagich sxemasi. 


170 
Gazlarni kichik sarflarini ham aniq o‘lchash va boshqa o‘lchash uskunalarini 
tekshirib ko‘rish uchun ГСБ tipli barabanli gaz hisoblagichlardan foydalaniladi 
(117-rasm). Bu tipdagi hisoblagichlarning asosiy elementi to‘rtta bir xil o‘lchash 
kamerasiga ega bo‘lgan baraban 1 va hisoblash qurilmasi 2 dan iborat. Metall 
baraban to‘ldiruvchi suyuqlikka 3 botirilgan. O‘lchash uskunasining kirish va 
chiqishidagi gazlarni bosimlari farqi ta’siri ostida baraban aylanadi va gaz suyuqlik 
yordamida kameradan surib chiqariladi. Barabanning to‘liq hajmi to‘rtta kameralar 
hajmi yig‘indisiga teng. Barabanli gaz hisoblagichlarning xatoligi ±(0.2ч1)%. 
Suyuqliklarni sarfini o‘lchashga mo‘ljallangan taxometrik sarf o‘lchagichlar 
aniq o‘lchash asboblari qatoriga kiradi. Bu asboblarni xatoligi 0.5-1.0% ni tashkil 
qiladi. Konstruksiyasi oddiy, sezgirligi yuqori, katta va kichik sarflarni o‘lchash 
imkoniyatiga ega. 
Taxometrik sarf o‘lchagichlarning asosiy elementlari datchik (rotor) va 
hisoblash qurilmasi. Ishlash prinsipi belgilangan vaqt davomida o‘lchanayotgan 
muhitga joylashgan rotorning aylanishlar soni yig‘indisini hisoblashga asoslangan. 
Rotorning aylanishlar chastotasi suyuqlik oqimining o‘rtacha tezligiga, ya’ni 
sarfiga proporsional. Hisoblash qurilmasi reduktor orqali rotor bilan bog‘langan. 
Suyuq moddalar miqdorini o‘lchash uchun ovalsimon shesternyali va 
porshenli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 118-rasmda ovalsimon shesternyali 
hisoblagichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. 
Shesternyalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga 
keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan 
cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. Shesternyaning bir 
marta to‘liq aylanishiga hisoblagich o‘lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng 
bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgan 
suyuqlik miqdori shesternyaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. I holatda 
(5.10-rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishida 
aylantiradi, o‘ng shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi 
harakati yo‘nalishiga qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning 
1-qismini chiqarib tashlaydi. II holatda shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini 
chiqaradi. O‘ng shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmni hisoblagichning 


171 
chiqishiga uzatadi. Ish paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternyaga ham 
ta’sir qiladi. III holatda chap shesternya yetaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini 
chiqaradi. IV holatda o‘ng shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap 
shesternya esa 2-hajmni hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-hajm batamom 
chiqariladi, ikkala shesternya ham yarim aylanishni bajarib o‘ng shesternya yana 
yetaklovchi bo‘lib qoladi. Shesternyalar aylanishining ikkinchi yarimi 
yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning hajmi shesternyalar aylanishiga mos. 
I
1
II
2
1
III
1
2
IV
3
2
V
2
118 – rasm. Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi. 
ВТ tipli suyuqli sarfini hisoblagich (schetchik vodi turbinniy)ning 
konstruksion sxemasi 119-rasmda ko‘rsatilgan. Suyuqlik oqimi taxometrik 
o‘lchash uskunasining kirishida oqim tug‘irlagich 1 orqali bir tekis tarqatiladi va 
aylanma parrak 4 ning kurakchalariga uzatiladi. Chervyakli uzatma 5 va uzatish 
mexanizmi 2 orqali parakning aylanishi hisoblash qurilmasi 3 ga uzatiladi. 


172 
119-rasm. ВТ tipidagi spiralsimon parrakli suv hisoblagich sxemasi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin