Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


Sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
Sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash.
 
Texnologik 
jarayonlarni 
avtomatlashtirishda turli shakldagi va hajmdagi idishlardagi sochiluvchan 
moddalar sathni o‘lchash — suyuq moddalar sathni nazorat qilishga nisbatan ancha 
murakkab masaladir. Bu sochiluvchan moddalarning idishlarni to‘ldirishda va 
bo‘shatishda gorizontal sirtga ega bo‘lmay, balki sochiluvchan moddaning 
zarrachalari orasidagi ishqalanish va ma’lum bir ilashish natijasida qiyaliklar hosil 
qilishi bilan bog‘liq. Sochiluvchan muhitlarning idish tubiga va devorlariga bosimi 


184 
sathning balandligiga mutanosib emas, chunki sochiluvchan materiallarga Paskal 
qonuni ta’sir etmaydi. Ko‘pchilik sochiluvchan materiallar (ayniqsa sement, qum, 
selitra, shakar, un, tuz va shularga o‘xshash) saqlashda sochiluvchanligini 
yo‘qotadi, ya’ni yopishuvchanlik xossasiga ega bo‘ladi. Bulardan tashqari, ular 
idishlarning sirtiga va sath o‘zgartkichlari sezgir elementlariga yopishishi mumkin, 
bu esa yopishqoqlik bilan birga materialning qiya va ba’zi hollarda vertikal 
tekisliklarda osilib turishiga olib keladi. Ba’zi sochiluvchan moddalarning 
(bug‘doy, tuz va boshqalar) abrazivligi bunkerlarda o‘rnatiladigan sath 
datchiklarini tez ishdan chiqaradi, uyumli moddalar esa ularni mexanik 
shikastlantirishi mumkin. 
Bir qator sochiluvchan moddalar (tuz, un, konsentrlangan ozuqalar, 
oltingugurt va boshqalar) idishlarda muvozanatli, oson alangalanuvchan, ma’lum 
sharoitlarda esa portlash xavfi bo‘lgan changni hosil qiladi. Shuning uchun elektr 
sath o‘lchagichlar, faqat portlash xavfi bo‘lmaydigan hollarda qo‘llanilishi 
mumkin. 
Sochiluvchan muhitlarni o‘lchash sharoitlarining va tavsiflarining turlichaligi 
sochiluvchan materiallar sathini o‘lchaydigan asboblarning katta nomenklaturasini 
belgilaydi: mexanik, kontaktli-mexanik, vaznli, qalqovichli, elektrik, radioizotopli, 
ultratovushli va boshq. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, suyuk muhitlarning sathni 
o‘lchovchi yuqorida qarab chiqilgan bir qator asboblardan sochiluvchan 
moddalarning sathini o‘lchash uchun foydalanish mumkin. Biroq sochiluvchan 
moddalar sathini nazorat qiluvchi ommaviy chiqarilgan asboblar sanoatda TJABT 
ni joriy qilishda vujudga keladigan barcha xilma-xil vazifalarni hal qila olmaydi. 
Membranali sath o‘lchagichlar sochiluvchan yopishmaydigan moddalarning 
chegaraviy sathlarini o‘lchash va signal berishda keng tarqalgan. Bunker devoriga 
mahkamlanadigan sochiluvchan modda sathini membranali signallovchida (129-
rasm) sochiluvchan moddalarning bosim kuchi qattiq metall disk 2 li rezinalangan 
matodan qilingan egiluvchan membrana 1 ga ta’sir qiladi va prujina 3 ning kuchini 
yengib, uni siljitadi. Bu siljish korpus 5 ning ichida joylashgan mitti almashlab 
ulagich 4 ning elektr kontaktlarining ulanishiga olib keladi. Kontaktlar membrana 


185 
ustidagi sochiluvchan kontaktli yoki kontaktsiz ulagichga ta’siri prinsipida 
ishlaydi. 
129–rasm. Membranali sath signalizatorining sxemasi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin