Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


 Moddalarni tarkibi va fizik xossalarini o‘lchash vositalari



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
3.16. Moddalarni tarkibi va fizik xossalarini o‘lchash vositalari 
Texnologik jarayonlarni temperatura, bosim, sarf va sath kabi parametrlarga 
ko‘ra boshqarish, ko‘pincha, talab etilgan sifatdagi mahsulotlar olishga kafolat bera 
olmaydi. Ko‘pgina hollarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibi va fizik 
xossalarini avtomatik tarzda nazorat qilish zarurati tug‘iladi. Texnologik jarayonlar 
davomida qayta ishlanayotgan moddalarning tarkibi va ularning fizik xossalari 
o‘zgaradi, bu parametrlarni nazorat qilish texnologik jarayonlarning borishi 
to‘g‘risida bevosita fikr yuritishga imkon beradi, chunki ular ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ifodalaydi, shuning uchun moddalarning 
tarkibini va fizik xossalarini nazorat qilish asosiy masalalardan biridir. Shu 
munosabat bilan keyingi yillarda analitik asbobsozlik rivojlanmoqda 
Moddalarning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari haqidagi o‘lchov axborotini 
olish uchun o‘lchash vositalari 
analizatorlar
deb ataladi. Avtomatik analizatorlar 
tahlil qilinayotgan muhitning tarkibini emas, balki aniq fizik parametrni o‘lchaydi, 
uning o‘zgarishi bu muhitda aniqlanayotgan komponentning miqdoriy-sifatiy 
o‘zgarishlarini ifodalaydi. 


186 
Turli xil belgilar bo‘yicha analitik o‘lchash vositalarini tasniflash ancha 
qiyin. O‘lchash vositalarini tahlil uslubi, tahlil qilinayotgan muhitning xossalari
komponentlar soni, ijro etilishi, chiqish signali, axborotni berish uslubi va 
hokazolar bo‘yicha tasniflash mumkin. 
Gazlarni avtomatik tahlil qilish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: namunani 
oldindan o‘zgartirmasdan - termokonduktometrik, termomagnit, absorbitsion optik 
(infraqizil va ultrabinafsha nur yutiladigan), pnevmatik usullar: namuna oldindan 
o‘zgartiriladigan - elektr-kimyoviy (konduktometrik, kulonometrik, polyagrafik, 
potensiometrik) termokimyoviy, fotokalorimetrik, alanga-ionlashuv, aerozol-
ionlashuv, xromatografik, massaspektrometrik usullar. 
Suyuq muhitlarning tarkibini va fizik xossalarini avtomatik nazorat qilishda 
sanoatda sinov moddasini dastlabki o‘zgartirishsiz tahlil qilish uslubi keng 
tarqalgan: konduktometrik, potensiometrik, polyarografik, dielkometrik, optik 
(refraktometrik, polyarizatsion, turbodimetrik, nefelometrik), to‘yingan bug‘ 
bosimlari bo‘yicha, radioizotopli, mexanik (zichlik), kinematik (qovushoqlik) va 
boshqalar, hamda sinov moddasini dastlabki o‘zgartirish bilan — titrometrik. 
Gazlarning tarkibini tahlil qilish.
 
Gaz analizatorlari tekshirilayotgan gaz 
aralashmasidagi komponent yoki komponentlar yig‘indisi konsentratsiyasi haqida 
ma’lumot beradigan qurilmalardir. Gaz anlizatorlari sanoatning barcha sohalarida 
va ilmiy-tadqiqot ishlarida keng ishlatiladi. Keyingi yillarda atrof-muhitni 
muhofaza qilishga katta e’tibor berilayotganligi munosabati bilan sanoat 
korxonalari chiqindilari tarkibidagi zarari qo‘shilmalar miqdorini, ishlab chiqarish 
xonalari va atmosferadagi zararli qo‘shilmalar miqdorini nazorat qilishga 
mo‘ljallangan gaz analizatorlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish keskin 
kengaydi. Aholi yashaydigan hududlar havosining sifatini nazorat qilish uchun 
havoni ifloslantiradigan is gazi, azot qo‘shoksid, chang va boshqa shu kabi 
moddalar konsentratsiyasi o‘lchanadi. 
Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlarining ko‘pchiligi gaz 
aralashmalaridagi bitta komponentning konsentratsiyasini o‘lchash uchun 
mo‘ljallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari binar deb qaralib, undagi 
aniqlanadigan komponent o‘lchanayotgan aralashmaning fizik-kimyoviy 


187 
xossalariga ta’sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va 
konsentratsiyasidan qat’i nazar, ularning xossalariga ta’sir qilmaydi va 
aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko‘p komponentli gaz 
aralashmalarining tashkil etuvchilarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan gaz 
analizatorlari ham mavjud. 
Gaz analizatorlari ishlash prinsipi (tahlil qilish usuli), tahlil qilinayotgan 
muhitning xossalari, aniqlanayotgan komponentlar soni, ishlanish turi, chiqish 
signalini unifikatsiyalash usuli va o‘lchash natijalarini berish usuli kabi belgilariga 
ko‘ra tasniflanishi mumkin. 
Namunani o‘zgartirmasdan tahlil qilishda, tahlil qilinayotgan aralashma 
tarkibi to‘g‘risida o‘lchanayotgan parametrga qarab bevosita xulosa chiqariladi. 
Tahlil qilishda namunani o‘zgartirish analitik o‘lchash tanlanuvchanligini oshirish 
imkonini beradi. Namunani o‘zgartirish uchun fizik usullardan ham, kimyoviy 
usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga ta’sir qilish uning fizik 
xossalarini tubdan o‘zgartirib yuborsa, bunday o‘zgartirish 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin