Sanoat korxonalarining debitor qarzdorlik boshqarish


Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tartibga solishning huquqiy asoslari



Yüklə 29,01 Kb.
səhifə3/4
tarix18.06.2023
ölçüsü29,01 Kb.
#132261
1   2   3   4
....

Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tartibga solishning huquqiy asoslari


Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiyotda debitorlik va kreditorlik qarzlarini huquqiy asoslarini takomillashtirish va tartibga solish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Albatta, bunday iqtisodiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida mamlakat miqyosida debitorlik va kreditorlik qarzlari darajasini ma’lum
darajada kamaytirishga, iqtisodiy vaziyatni yumshatishga va to‘lov intizomini ancha mustahkamlanishiga erishildi. Biroq, shunday bo‘lishiga qaramasdan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarining hozirgi darajasini va ayniqsa, ularning to‘lov muddati o‘tgan qismlarining mavjud ekanligini inobatga olgan holda to‘lov intizomining hozirgi ahvolini qoniqarli deyishga yetarli asoslar mavjud emasdir.
Mamlakatimizda debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishda asosiy qonuniy hujjatlardan biri Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14- apreldagi 182-sonli Qaroriga ilova «Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mus- tahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risida»gi Nizom hisoblanadi. Bunda asosan, quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratilgan. Ushbu Nizomga ko‘ra, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Komissiya o‘z faoliyatini to‘lovlar intizomini mustahkamlash, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi to‘lovlar va hisob- kitoblar tizimini takomillashtirish, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish, keyinchalik ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish maqsadida amalga oshiradi.
Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Shuningdek, mazkur nizomga amal qiladi. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, banklar, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha mintaqaviy komissiyalar tashkil etiladi. Mintaqaviy komissiyalar tarkiblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

      1. iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini

      2. takomillashtirish hamda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar, bank va moliya muassasalari tomonidan to‘lov intizomi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘liq to‘lanishi masalalari bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

      3. xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini tahlil qilish, korxonalar va tashkilotlarning muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari taqqoslanishini muntazam ravishda tashkil etish hamda ularni qisqartirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ko‘rish;

      4. xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarining vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish, ularning saqlanishini va o‘z vaqtida to‘ldirilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

      5. amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq budjetga va davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘liq undirilishini ta’minlash;

      6. ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjetdan va davlat maqsadli fondlaridan qarzlarini qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish.

Komissiya quyidagi huquqlarga ega:

  1. Vazirliklar, idoralar, banklar, soliq va moliya organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar, mahalliy davlat boshqaruv organlari rahbarlarining debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati, soliq va to‘lov intizomi masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish hamda tegishli organlarga hisob-kitoblarni yuritishning belgilangan tartibini, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish;

  2. Istisno hollarda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro pullik majburiyatlari bo‘yicha qarzlarini to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslari r

ahbarlari bilan kelishgan holda ko‘rib chiqish;



  1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qarzlarni (asosiy summani, penyalarni, jarima sanksiyalarini) to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish, penya hisoblashni to‘xtatib turish va to‘xtatish, penyalarni hisobdan chiqarish hamda budjetga va davlat maqsadli fondlariga hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari fondlariga soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha jarima sanksiyalari belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taqdimiga ko‘ra, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘z ustav sarmoyalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning budjet va davlat maqsadli fondlaridan qarzlarini hisobdan chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

  3. To‘lovga qodir bo‘lmagan iste’molchilarga va buyurtmachilarga mahsulotlar sotishning, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishning, korxonalar va tashkilotlarning aylanma mablag‘larining, shu jumladan tayyor mahsulotlar zaxiralariga va tugallanmagan qurilishga jalb etilishi sabablarini va yo‘nalishlarini o‘rganish, ularni oldini olish va qisqartirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ko‘rish;

  4. Korxonalar, tashkilotlar, vazirliklar va idoralardagi debitorlik va kreditorlik qarzlarining holatini taqqoslashni tashkil etish, taqqoslashlar asosida mazkur qarzlarni qisqartirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;

  5. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini, shu jumladan, budjetdan va davlat maqsadli fondlaridan qarzlarini eng ko‘p miqdorda qisqartirish uchun banklar kreditlari va boshqa manbalar hisobiga

o‘zaro hisob-kitoblarning maqsadli sxemalarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqish;

  1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini, korxonalar va tashkilotlarning budjetga va davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladigan maqsadli mablag‘lar harakati tartibi va yo‘nalishini tasdiqlash;

  2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur axborotlarni olish;

  3. Moliya, soliq va bojxona organlari, tijorat banklari, vazirliklar va idoralarning faoliyatini komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishni tashkil etish;

  4. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tad- birkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilish yoki ularga nisbatan bankrotlik tartibotini boshlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish yuzasidan takliflar kiritish;

  5. Respublika qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha soliq solish va hisob-kitoblar tizimini yaxshilashga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

  6. Mintaqaviy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Komissiyaning to‘lov intizomini hamda o‘zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet va davlat maqsadli fondlari bilan hisob-kitob qilish yuzasidan javobgarligini oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etishi shart.
Komissiya kotiblari o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
banklar, korxonalar va komissiya a’zolaridan komissiya faoliyatiga tegishli masalalarga oid axborotlarni so‘rash va olish huquqiga ega.
Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun mo‘ljallangan xatlar, iltimosnomalar, takliflar, ma’lumotnomalar va boshqa xat-xabarlarda
«Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi» so‘zlari ko‘rsatilishi shart.
Komissiyada ko‘rib chiqish uchun mo‘ljallangan xat-xabarlar:

  • muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish masalalari bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga;

  • soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishi va soliqlar hamda budjetga va davlat maqsadli fondlariga qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalalari bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuboriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish va samarali boshqarish bo‘yicha yetarli qonunchilik bazasi shakllangan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu qonuniy hujjatlar mamlakatimizda to‘lov intizomini mustahkamlashga va debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishga xizmat qilib kelmoqda.

Yüklə 29,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin