Sanoat korxonasi uning menejmenti



Yüklə 23,52 Kb.
səhifə1/2
tarix17.01.2023
ölçüsü23,52 Kb.
#79476
  1   2
SANOAT KORXONASI UNING MENEJMENTI


SANOAT KORXONASI UNING MENEJMENTI
Reja:
1. Menejment jarayonining mazmuni
2. Menejmentning funksiyalari va ularning tasnifi



1. Menejment jarayonining mazmuni
Menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash murnkin. Menejment jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish murnkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. Texnikaviy jihatdan — bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib olishni boshqarish; ishlab chiqarishda — bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya'ni bo'linma, sex. korxonalar o'zaro ta'sirini boshqarish, iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy rnunosabatlar tizimiga rahbarlik qilish, ijtimoiy jihatdan — bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir. Menejment jarayoni texnologiyasi menejment xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.
Shunday qilib, menejrnent jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha maqsadli harakat qilishidir. Menejment faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko'ra uni quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilish.
Har bir ta'sir etishni amalga oshirishdan avval uning maqsadi aniqlanishi lozim, chunki boshqaruv ma'lum maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning keyingi bosqichi boshqaruv jarayonidagi vaziyatni tahlil etishdan iborat. U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo'llarini izlash yoki undagi salbiy hislatlarni bartaraf qilish bilan bog'liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirgi holatini uning rivojlantirish rnaqsadiga nisbatan qarama-qarshiliklarini aniqlash ko'zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o'tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga ta'sir o'tkazila boshlanadi.
Menejment jarayonini, shuningdek, quyidagi davrlarga bo'lish mumkin: maqsad qo'yish, axborot faoliyati, tahliliy faoliyat, menejment tizimida tashkiliy-amaliy faoliyat va harakatlar variantlarini tanlash.
Menejment operatsiyalari — rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo'lib, ularning tartibi va birikjshi natijasida boshqaruv jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahliliy faoliyat uchun korxonaning yillik va oylik hisobotlarini olish, ular bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni boshqaruv jarayoniga tatbiq qilish lozjm.
Boshqaruv jarayonini amalga oshirish vositalariga, eng avva10, axborotni kiritish lozim. Menejment operatsiyalarining katta qismi axborot bilan ishlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati ishida keng qo'llaniladigan texnika vositalari ham shular jumlasiga kiradi. Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari va an'anaviy orgtexnika vositalaridir.
Menejment operatsiyasini amalga oshirish usullari axborottahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig'ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash, tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat. Tashkiliy faoliyatga tushuntirish, ishontirish, rag'batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.k.lar kiradi. Menejment uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar yig'indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.
Menejment jarayonini tashkil etishda biznes-reja va ta'minot, moliyalashtirish va biznes-reja, narxni belgilash va kredit berish funksiyalarini bog'lashni ta'minlash, menejment tizimi ayrim unsurlarini (maqsad-usul, maqsad va kadrlar, qarorlar va usullar, usullar va tarkib) muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni ta'minlash zarur.
Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi IDZim bo'lgan menejment jarayonini tashkil etish bilan bog'liq muhim muammo rasman bir•biri bilan bog'liq bo'lmagan boshqaruv tashkilot-
lari o'rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo'lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot iste'molchilari, xom ashyo bilan ta'minlovchilar va korxona o'rtasida va h.k.)

Yüklə 23,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin