O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 441,5 Kb.
səhifə1/21
tarix09.06.2023
ölçüsü441,5 Kb.
#127547
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
D.Saminov


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARINI QAYTA TAYYORLASh VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH MINTAQAVIY MARKAZI



“Himoyaga ruxsat etaman”
Mintaqaviy markaz direktori
__________­­­­­­­­­­____________
“___” __________2021 yil



Jismoniy tarbiya yo‘nalishi tinglovchisi
Saminov Doniyor Muxammadjonovichning

“Jismoniy tarbiyada sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish” mavzusidagi



MALAKA ISHI

Ilmiy rahbar: A.Xasanov


Farg’ona– 2021 yil
REJA:
KIRISH
I BOB. KASB-HUNAR MAKTABIDA JISMONIY TARBIYA BO‘YICHA SINFDAN TASHQARI ISHLAR
1.1.Kasb-hunar maktabi jismoniy tarbiya jamoasining jamoatchi organlari va ularning ishi mazmuni
1.2. MJTJsining ommaviy-tashkiliy ishlar komissiyasi faoliyatining mazmuni
1.3. MJTJning o‘quv-sport ishlari komissiyasi faoliyatining mazmuni
1.4. Jismoniy madaniyat va sportni targ‘ibot va tashviqot qilish komissiyasining faoliyati mazmuni
1.5. Xo‘jalik ishlari komissiyasining ishi mazmuni
1.6. Hujjatlashtirish va hisobot komissiyasi faoliyatining mazmuni


II BOB. KASB – HUNAR MAKTABI SPORT SEKSIYALARI VA MUSOBAQALAR TASHKILLASH METODIKASI
2.1. Sport seksiyasi mashg‘ulotlarining mazmuni, tashkillash va o‘tkazish metodikasi

    1. Kasb-hunar maktabida sport musobaqalarini tashkillashning o‘ziga xos xususiyatlari

XULOSALAR


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalab qilish va ularni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish bo‘yicha Prezidentimizning qator farmonlari, qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari chiqarildi. Bu me’yoriy hujjatlarda aholining barcha qatlamini ommaviy jismoniy madaniyat va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan shug‘ullanishlari belgilab berildi.
COVID-19 pandemiyasi davrida ham salomatligi talab darajasida bo‘lmagan insonlarning kasallikni og‘ir o‘tkazayotgani yoki vafot etayotganligi ham bu masalaga jiddiy yondashish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Hozirgi kunda ta’lim muassasasida o‘tkazilayotgan jismoniy tarbiya darslari o‘quvchi-yoshlarning harakatga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondira olmaydi. Shuning uchun jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlarni takomillashtirish va uning shakllarini samarali qo‘llash talab etilmoqda.
Hozirgi kunga kelib kasb-hunar ta’limi tizimida jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar maktabning jismoniy tarbiya jamoasi (MJTJ) orqali, jismoniy tarbiya faollarini tayyorlash va ular faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari tarzida ommaviy jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish ishlari hamda ommaviy sport ishlari sifatida yo‘lga qo‘yilgan va amalda ulardan keng foydalanilmoqda. Hozirgi kunga kelib sinfdan tashqari ishlarning mazmuni aytarli darajada boy. Umumiy ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari o‘quvchi jismoniy tarbiyasini qayd qilingan shakllarini faqat maktab sport musobaqalari, maktab sport seksiyalarining o‘quv guruhlaridagi trenirovka mashg‘ulotlari hamda salomatlik platformasi bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladigan ishlarni tushunib, jismoniy tarbiya jarayonining bundan ko‘p qamrovli ishi shakllaridan amaliyotda nomigagina foydalanmoqdalar, xolos.
Kasb-hunar maktablarida o‘quv kuni yakunlanganidan so‘ng sinfdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari, sport hamda sog‘lomlashtirish tadbirlari tizimini sinfdan tashqari ishlar (STI) deb atash qabul qilingan.
STIning maqsadi vazifalari va uni tashkillash o‘sib kelayotgan yosh avlod jismi tarbiyasi va uning jismi madaniyati uchun qo‘yilgan umumiy maqsad, vazifalar bilan muvofiqlashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining bir qator uslubiy yo‘riqnomalari, normativ hujjatlari, ko‘rsatmalari va qarorlari bilan reglamentlashtirilgan.
Maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasining umumiy tarkibiy qismini tashkillovchi, o‘quv ishlarini to‘ldiruvchi va unga bo‘ysundirilgan mashg‘ulotlarning bunday shakllari o‘quvchi jismoniy tarbiyasi jarayonini maxsus hayotiy zaruriy bilimlar, harakat malakalari, ko‘nikmalari bilan boyitadi. Eng ahamiyatli tomoni shundaki, bu mashg‘ulotlar va tadbirlar o‘quvchilarning qiziqishlariga tayanib va ko‘ngilli ravishda, ularning xohishlari asosida tuziladi va boshqaruv ularning inon-ixtiyoriga beriladi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarda tashabbus ko‘rsatish, o‘z fikrini jamoaga o‘tkazish yoki uning aksi, jamoaning fikri bilan hisoblashish, lozim bo‘lsa, unga bo‘ysunish hamda jamoaning jamoatchilik asosidagi o‘zi xohlagan yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatish, jamoasi yoki o‘z maktabi, tumani (shahri), viloyati, kerak bo‘lsa Respublikasi sharafi uchun kurashish, himoya qilishdek hissiyotlarni tarbiyalaydi.
STI ishlarini hozirgi kungacha maxsus mashg‘ulotlar tarzida ikki bo‘limga bo‘lib (Y.M.Yunusova, 2005), ularni:
a) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari-jismoniy tarbiya krujoklari (to‘garaklari) dagi, «Alpomish» va «Barchinoy» testi talab normalarini topshirishga tayyorlash guruhlaridagi mashg‘ulotlar;
b) umumiy jismoniy tayyorgarlik seksiyalari (UJT) yoki umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhlari, ommaviy musobaqalar, jismoniy tarbiya bayramlari, kechalari, o‘quv kuni tarkibidagi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari deb STIning boshqa qator ommaviy shakllarini chetda qoldirganlar.
Sinfdan tashqari ishlarni bunday shakllaridan foydalanish barcha umumiy ta’lim maktablari uchun xos. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, (A.Abdullaev, R.Rasulov, 2008), yagona mazmunga ega bo‘lgan, o‘quvchilar jismoniy tarbiyasi nizomida qayd qilingan sinfdan tashqari ishlarning samarali shakllaridan foydalanish hozirgi kun talablari darajasida emasligi ta’kidlangan.
Farg‘ona davlat universitetining o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakul’tetining jismoniy tarbiya ixtisosligini tinglovchilari bilan «Jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar va ularni tashkillashning progressiv usullari»ni o‘rganishga oid sotsiologik tadqiqotimiz natijalari bizni qoniqtirmadi.
Ish staji 10 yildan 25 yilgacha bo‘lgan; 70 nafar tinglovchilarning 43% dan ortig‘i sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va uni tashkillashning nazariy bilimlari va amaliy malakalariga oid kasbiy tayyorgarligini darajalaridan o‘zlari qoniqmasliklarini, 12,3 % sohani faqat pedagogik faoliyatlari davomida egallaganliklarini, 10% dan ortig‘i sinfdan tashqari ishlarning me’yoriy chegarasi hozirgacha belgilanmaganligini, 17% faqat «Alpomish» va «Barchinoy» testi talablarini topshirishdan boshqa ish qilmasliklarini, qolgan 18% esa sinfdan tashqari ishlarni yo‘lga qo‘yish uchun ish joyidagi sharoitning etarli darajada emasligini ta’kidladilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, jismoniy tarbiyada sinfdan tashqari ishlar bo‘yicha Farg‘ona davlat universiteti professori A.Abdullaev tomonidan tadqqiqotlar olib borilgan va ko‘plab o‘quv-uslubiy ishlar e’lon qilingan
Mazkur bitiruv ishi jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlarini tashkillash va o‘tkazish ish tajribasini o‘zida umumlashtirgan.
Bitiruv ishining asosiy mazmuni yoshlarning jismoniy va ma’naviy “Kamolot”i, ularning kundalik turmushda duch keladigan hayotiy-zaruriy malaka va ko‘nikmalari zahirasi bilan boyitish, boshqaruv, kommunikativligi, qaror qabul qilish, uni echimini eng qulay variantlarini topa bilish, millati, xalqining jismoniy-intelektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yangi asrimiz taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan avlod tarbiyasining elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan.

Yüklə 441,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin