MAKTAB JISMONIY TARBIYA JAMOASINING KENGASHI KOMISSIYALARI
Maktab jismoniy tarbiya jamoasining kengashi
Ommaviy-tashkiliy ishlar komissiyasi
«Alpomish» va «Barchinoy» salomatlik testi komissiyasi
O’quv-sport ishlari komissiyasi
Hisobot va ro’yxatga olish komissiyasi
Targ’ibot va tashviqot ishlari komissiyasi
Xo’jalik ishlari komissiyasi
Ota-onalar va homiylar bilan ishlash komissiyasi
Izoh: komissiyalar kengaytirilishi yoki qisqartirilishi-birini biriga qo‘shib yuborilishi MJTJsi kengashining qarori asosida amalga oshiriladi. Ularning nomlanishi ham boshqacha bo‘lishi mumkin.
Boshqa komissiyalarning ishlariga mas’ul etib qoidaga muvofiq, tashkilotchilik qobiliyati mavjud bo‘lgan, bu ishga qiziqadigan o‘quvchilar tanlanadi va tayinlanadilar.
Kengash komissiyasi a’zolari 2-3 kishidan iborat bo‘ladi va maktab JTJsini umumiy yillik rejasining ayrim bo‘limlari bo‘yicha rejalashtirilgan ishlari bilan shug‘ullanadi. Jismoniy tarbiya jamoasining kengashi barcha komissiyalar ishini yo‘naltiradi va nazorat qiladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan rais muovini ommaviy sport va jismoniy-sog‘lomlashtirish tadbirlari rejalari, maktab jismoniy tarbiya jamoasi kengashini choraklarga bo‘lingan 1 yillik yig‘ilishlari rejasini tuzadi.
Rais, muovinlar reja bo‘yicha har bir tadbirdan so‘ng maktab jismoniy tarbiya jamoasi kengashi oldida hisobot beradilar, tuman va shahar musobaqalarida ishtirok etadigan maktab terma jamoalari tarkibini tasdiqlash, maktab bo‘yicha jismoniy tarbiya faollarini va eng yaxshi sportchilarni taqdirlash buyrug‘ini tayyorlashda ishtirok etadilar. Jismoniy tarbiya faollari kengashining har bir komissiyasi a’zolari, maktabning sportchilari, jismoniy tarbiya tashkilotchilari yo‘riqchilari, jamoatchi hakamlar, sport muxbirlari, rassomlar, fotomuxbirlar va boshqa faollar maktabning ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini o‘tkazishda ishtirok etadilar.
Dostları ilə paylaş: |