Malaka ishining maqsadi: kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun sinfdan tashqari ishlar shakllaridan foydalanish orqali ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish.
Malaka ishining vazifasi: Jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar shakllarini o‘quv jarayoniga joriy qilish.
Malaka ishining ob’ekti va predmeti: sinfdan tashqari ishlardan foydalangan holda jismoniy tarbiya bo‘yicha ta’lim jarayoni.
Malaka ishining farazi. Faraz qilindiki, agar o‘quvchilarning umumiy jismoniy va maxsus harakat tayyorgarliklari darajasini oshirishga imkon beruvchi jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlardan foydalanilsa, jismoniy tarbiya jarayoni samaraliroq kechadi.
Malaka ishining natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Olingan tadqiqot natijalari o‘quvchilarning jismoniy tarbiyadan foydalanish bo‘yicha jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasini to‘ldiradi. O‘quvchilar uchun mo‘ljallangan dasturga jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlarni kiritish zaruriyati isbotlandi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib, jismoniy tarbiya dasturidan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Tadqiqot natijalari asosida yozilgan ushbu bitiruv ishi kirish, ikkita bob, xulosalar, 7 ta chizma va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, jami 47 sahifada ifodalangan.
I BOB. KASB-HUNAR MAKTABIDA JISMONIY TARBIYA BO‘YICHA SINFDAN TASHQARI ISHLAR
Maktab jismoniy tarbiya jamoasi (MJTJ)ning jamoatchi organlari va ularning ishi mazmuni
Maktab jismoniy tarbiya jamoasi bu o‘quvchilar jismoniy tarbiyasini amalga oshirishda maktab va oilaga yordam beradigan o‘quvchilarning ko‘ngilli, o‘zlarining xohishi va tashabbusi bilan faoliyat ko‘rsatadigan jamoatchilikka asoslangan tashkilotidir.
MJTJ faoliyatini to‘g‘ri tashkillash maktabda sinfdan tashqari ishlarni keng ko‘lamda amalga oshirishga imkon beradi, o‘quvchilarni ijtimoiy foydali faoliyat va jismoniy mashqlar bilan tizimli shug‘ullanish mashg‘ulotlariga qatnashishga odatni shakllantiradi.
Ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni hal etishga qodir jamoaga o‘quvchilarni birlashuvini o‘zi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘z faoliyatini foydaliligini tushunish, jamoa buyurgan vazifalarini ixtiyoriy bajarish va jamoa a’zolarining xuquqlarini tengligi, jamoa oldidagi mas’uliyat, o‘quvchilar shaxsining ma’naviyati va ahloqini shakllantirishga yordam beradi.
Jamoaga rahbarlik qilish bilan bog‘liq va keng ma’noda tashabbus namoyon qila olishga asoslangan, sinfdan tashqari ishlarni xilma-xil formalarini tashkillash va o‘tkazishda ishtirok etish, mustaqil faoliyat ko‘rsatish, jamoa bilan ishlash metodlarini, individ yoki jamoa bilan murosa-madora qila olish, muloqot madaniyatini egallash, kichik-kichik topshiriqlar asosida jamoa faoliyatini boshqarishni boshlang‘ich malakalarini shakllantirish imkoniyati yuzaga keladi.
Jamoani tashkillash, uni ishini yuritishga maktabning direktori boshliq pedagogik jamoa, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari amalga oshiradi. MJT jamoasining kengashi ishiga rahbarlik fan o‘qituvchilari nazorati ostida bo‘ladi.
Maktabda doimiy harakatdagi maktab jismoniy tarbiya jamoasini tuzish quyidagicha amalga oshiriladi.
Meditsina gruppalariga taalluqliligiga qaramay, sog‘lig‘i holatini darajasini bilgan holda jamoaga IV-IX sinf o‘quvchilaridan og‘zaki ariza qabul qilinadi va jismoniy madaniyat jamoasining boshlang‘ich jismoniy tarbiya tashkilotlari tuziladi. Sinflar MJTJ sining boshlang‘ich tashkiloti hisoblanadi.
Jamoa a’zolari o‘qishini maktabdagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, sinf sporti hamda «Alpomish» va «Barchinoy» testini topshirish, sport razryadi normativlarini bajarish bilan muntazam bog‘lab olib borishi lozim. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida aktiv qatnashish asosiy shart sifatida belgilanadi. Jismoniy mashqlarni bajarish mashg‘ulotlarida qatnashishi ta’qiqlangan o‘quvchilar jamoani tashkiliy va jamoat ishlarida (musobaqalarda hakamlik qiladilar, hujjatlarni yuritadilar, jismoniy tarbiya burchaklarini jihozlaydilar, sport gazetalarini chiqarish va boshqalarda) ishtirok etadilar.
Jismoniy tarbiya jamoasiga 25-nafardan ortiq o‘quvchi jismoniy tarbiya jamoasini tuzish xaqida maktab direktoriga og‘zaki murojaat qilganlaridan so‘ng maktabning umumiy yig‘ilishi yoki sinflarning jismoniy tarbiya faollari ishtirokidagi o‘quvchilarning umumiy majlisi chaqirilib quyidagi kun tartibida majlis o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari yo‘lga qo‘yiladi:
Maktab jismoniy tarbiya jamoasi faoliyati uning maqsadi va vazifalari.
Maktab jismoniy tarbiya jamoasi kengashini saylash.
Har o‘quv yilida jismoniy tarbiya jamoasi kengashining yillik hisobot saylov yig‘ilishini o‘tkazish qoidaga aylangan. Yangi saylangan jamoa tuman (shahar) o‘quvchilarining ko‘ngilli sport jamiyati (KSJ) «Yosh kuch» tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Hisobot saylov yig‘ilishi jismoniy tarbiya jamoasi kengashining yillik faoliyati hisobotini tinglaydi, muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. Maktabning faol tashkilotchilari va sportchilardan tashkil topgan 7-23 kishi tarkibida ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir yillik muddatga jamoaning kengashi saylanadi.
Agar hisobot saylov yig‘ilishida saylangan vakillarni 2/3 qismidan kami qatnashmasa yig‘ilish qonuniy xuquqga ega bo‘maydi. Kengash o‘z ishida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va maktabning boshqa fan pedagoglarini, sinf rahbarlarini ishtirok etishiga sharoit yaratadi.
Qoidaga muvofiq maktablarning jismoniy tarbiya jamoalarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘quv yilining boshida (sentabr’ oyining birinchi yarmida) o‘tkazish an’anaga aylangan. MJT jamoasining ishi hisobot saylov yig‘ilishidan keyin keng ko‘lam olishi amaliyotda isbotlangan.
Qator maktablarni jismoniy tarbiya jamoasining kengash a’zolari va jismoniy tarbiya faollarini (tuman) ko‘lamida tumanning (shaharning) sport sog‘lomlashtirish lagerlaridan birida yoki dam olish oromgohlarida, sharoiti talab darajasidagi biror maktabning o‘zida STIlarni tashkillash va o‘tkazishga o‘qitish yoki MJT jamoasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun seminarlar tashkil etishni ahamiyati katta.
Maktabning o‘quvchi-yoshlarini ijtimoiy harakati faollarining jamoa faoliyatida o‘rni e’tiborli darajada bo‘lishi yaxshi natija beradi.
Maktabning yozda tayyorgarlikdan o‘tgan, yangi saylangan, jismoniy tarbiya jamoasi faollari o‘quv yilining boshidan darrov ishga kirishib ketadilar.
Jamoa kengashi qator komissiyalarni tuzish bilan ularni faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishni o‘zining vazifasi deb biladi.
Yangi saylangan kengashning 1-yig‘ilishida jamoa kengashining raisi, uning muovini va kotibi saylanadi. Qolgan kengash a’zolariga jamoa kengashining maslahati bilan xohishiga qarab tashkil etilgan ayrim ish uchastkalari yoki kengashning quyidagi: ommaviy-tashkiliy, o‘quv-sport, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish, targ‘ibot va tashviqot, xo‘jalik ishlari, «Alpomish» va «Barchinoy» salomatlik testi, jamoa faoliyatini ro‘yxatga olish va hisobot, ota-onalar va homiylar, vasiylar bilan ishlash va boshqa komissiyalarida faoliyat ko‘rsatish tavsiya qilinadi.
Maktab jismoniy tarbiya jamoasining strukturasi 1-chizmada ifodalangan.
Chizmadagi komissiyalarning atalishi, ularning soni MJTJsi kengashining qaroriga ko‘ra ko‘paytirilishi va kamaytirilishi yoki bir-biriga qo‘shib yuborilishi mumkin.
MJTJsining kengashi yig‘ilishi har bir yirik tadbirdan avval yoki har oyda bir marotaba o‘tkaziladi. Kengashning yig‘ilishlarida ko‘riladigan taxminiy masalalar, jamoa ishlarini qayd qilish qaydnomasining 1-sahifasida berilgan.
Maktab jismoniy tarbiya jamoasi kengashi faxriy raisligiga esa qoida sifatida maktab direktori saylanadi. Raisning 1-muovini qilib maktabdagi o‘quv sport komissiyasi boshlig‘i saylansa, ikkinchi, uchinchi muovinlar esa kengashni a’zosi bo‘lishi shart. Ularni 5-7 sinflar va 8-9 sinflar bo‘yicha ishlarga mas’ul etib tayinlash maqsadga muvofiq.
2-chizma
Dostları ilə paylaş: |