1.3. MJTJning o‘quv-sport ishlari komissiyasi faoliyatining mazmuni O‘quv sport ishlari komissiyasi o‘z faoliyatida asosan faol o‘quvchilarga, sinflardagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha tashkiliy ishlarga mas’ul sanalgan sportchilarga, tashkilotchilarga, sport seksiyalarining a’zolari va ularning raislariga, jamoatchi sport murabbiylar, yo‘riqchilar, jamoatchi sport hakamlariga, sport turlari bo‘yicha jamoalarning sardorlariga, yo‘riqchilar va sport jamoatchi hakamlari tayyorlash seminarini olib boruvchi maktab o‘quvchilarining yetakchi faollariga hamda MJTJsi kengashining faollariga tayanadi. Umumiy soni 13-15 kishidan iborat bo‘lishi mumkin.
Maktab jismoniy tarbiya jamoasi kengashining o‘quv-sport ishlari komissiyasi quyidagi ishlarini tashkillaydi va o‘tkazadi: sport tashkilotlari, muassasalaridagi, bolalar va o‘smirlarning tuman (shahar) larning sport maktablari qoshida shug‘ullanadigan, yuqori malakali, o‘rta, katta maktab yoshidagi o‘quvchilaridan jamoatchi yo‘riqchilarni maktab sport seksiyalari uchun murabbiy (yo‘riqchi) sifatida tayyorlaydi; otaliq tashkiloti sportchlarini maktabdagi eng ommaviy bo‘lgan sport seksiyasini olib borishga jalb qiladi, jismonii tarbiya o‘qituvchilari esa terma jamoalarda mashg‘ulot olib boradilar; maktab sport seksiyalarini mashg‘ulot jadvalini tuzadilar va ular faoliyatini nazorat qilishini amalga oshiradilar, qo‘shni maktablarning jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi, tuman va shahar musobaqalarida ishtirok etish uchun maktabning terma jamoalarini komplektlaydi; jismoniy tayyorgarligi, rivojlanishi orqada qolgan bolalar, maktab sport seksiyalaridagi mashg‘ulotlarda ishtirok etmaydigan o‘quvchilar uchun UJT seksiyalari ishlarini tashkillaydi; UJT seksiyasi mashg‘ulotlarini turli xildagi yoki bir xil yoshdagi bolalardan tashkil topgan guruhlarda haftasiga 2-4 marta 45-60 minut davomida asosan, ochiq havoda mashg‘ulotlarni o‘tkazadilar. UJT gruppalari uchun dasturlar tuzadilar o‘qitishni rejalashtiradilar (o‘quvchilar yordamida); jismoniy tarbiya faollarini, sinflar uchun jismoniy tarbiya tashkilotchilarini, sport jamoalari boshliqlarini, o‘quv guruhlari sarkorlarini, yo‘riqchilarini, sport hakamlarining o‘qishini (seminarini) tashkil etadilar va o‘tkazadilar; seksiyalarni o‘quv rejalari va dasturlarini jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yordamida tuzadilar: sport seksiyalari byurosi ishlarini nazorat qiladi: MJTJsi kengashi maktab sport seksiyalaridagi istiqbolli sportchi bolalarni ajratib, ularni o‘smirlar sport maktablarining, viloyat va tuman bo‘limlariga tavsiya qiladilar. «Alpomish» va «Barchinoy» testi bo‘yicha bajariladigan ishlar, targ‘ibot-tashviqot, ommaviy tashkiliy ishlar komissiyalari bilan doimiy aloqada faoliyat ko‘rsatadilar. Sport musobaqalarining nizomlari, ularga tayyorgarlik, o‘tkazish ishlari va ommaviy sport ishlarini tashkilotchilarini, musobaqalarni hamda sport hakamlarini tayyorlaydilar. Jamoatchi yo‘riqchi va sport hakamlarini yillik attestatsiyasini o‘tkazishga ham shu komissiya mas’ul hisoblanadi.
O‘quv sport ishlari komissiyasining ish rejasi oylik, o‘quv choragi uchun tuzilishi mumkin va mazmunida maktabning jismoniy tarbiya sport ishlarini yillik rejasidagi tadbirlarni aniq o‘tkazish muddati ko‘rsatiladi, sport ishlarining taqvim rejasida shu oy yoki o‘quv choragi uchun bajarilishi rejalashtirilganlari ajratib olinib, uni o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlarini yo‘lga qo‘yilishi aniq rejalashtiriladi. Biz quyida o‘sha ish rejalardan o‘quv yilining birinchi choragida o‘tkazish uchun rejalashtirilishi mumkin bo‘lgan tadbirlarning taxminiy rejasini tavsiya qildik (4-chizmaga qaralsin).