MJTJni jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlari komissiyasining faoliyati mazmuni Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari ko‘pincha MJTJning faoliyatidan ko‘p hollarda chetda qolib, stixiyali, hech qanday rejasiz hamda nazoratsiz, ahyon-ahyonda, nishonlanishi zarur hisoblangan bayram yoki sanaga bag‘ishlanib nomigagina tizimsiz o‘tkaziladi. Asosiy e’tibor faqat sinfdan tashqari ish sifatida sport seksiyalari faoliyatiga qaratiladi. Bu bilan maktabda jismoniy madaniyat tarkibidagi ommaviy sport va sog‘lomlashtirish ishlariga beriladigan bahoda xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Chunki sport mahoratini oshirish maqsadida shug‘ullanuvchilarning barchasi uning yuksak cho‘qqilariga erisha olmaydilar, o‘quvchilarning ko‘pchiligi esa sport harakatidan chetda qoladi. Uni oldini olish uchun maktabda turli shakldagi ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlariga zaruriyat mavjud va unga o‘quvchilar jalb qilinishi lozim.
Bu ishlar bilan asosan maktabning ommaviy jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish ishlari komissiyasi a’zolari shug‘ullanadi va ular quyidagi tadbirlarni tayyorlaydilar va o‘tkazadilar: sakrovchilar kuni, yuguruvchilar kuni, uloqtiruvchilar kuni va boshqa sport turlari kunlarining, an’anaviy maktab spartakiadalari, davlat dasturiga kirmaydigan sportning turli xillari sport bo‘yicha sinflar o‘rtasida bellashuvlar, an’anaviy mahalla bolalarining pulli sporti va musobaqalari, bolalar sport klublari musobaqalari -«Charm to‘p», «Do‘stlik» ko‘pkurashi musobaqalari, «Vatanparvar» jamiyati rejasi bo‘yicha texnik sport turlari va harbiylashtirilgan o‘yinlar, kichik sport o‘yinlari (kichik futbol, kichik voleybol, kichik qo‘l to‘pi, kichik basketbol) turlari musobaqalari, sport bayramlari, sport kechalari, quvnoqlar va zukkolar, sayr va sayohatlardek jismoniy sifatlarni kuchli zo‘riqish bilan rivojlantirmaydigan mashg‘ulotlar tashkillanadi va o‘tkaziladi.
3-chizma
Ommaviy-tashkiliy ishlar komissiyasining 20___/20___ o‘quv yili I choragi uchun taxminiy ish rejasi