O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 441,5 Kb.
səhifə14/21
tarix09.06.2023
ölçüsü441,5 Kb.
#127547
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
D.Saminov

Musobaqaning umumiy rahbari - yengil atletika musobaqalarining o‘tkazilishi sifatiga to‘la javob beradi. Xodimlarni tanlab olish, taqsimlash, tayyorgarlik ko‘rishda rahbarlik qiladi, musobaqa katnashchilarini guruhlarga bo‘lish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita hay’ati raisi hisoblanadi.
Sport qoidalari komissiyasi – hamma appelyasiyalarni ko‘rib chiqadi va unga 3-5 nafardan iborat murabbiylar, musobaqaning bosh hakami, komissiya’ning raisi a’zo etib tayinlanadi.
Texnik koordinator – musobaqalarni o‘tkazish joyini tashkil-lashga javob beradi va kerakli anjomlar bilan ta’minlaydi. Tibbiy yordam, dam olish xonalari, o‘tkazish joyini aniqlaydi va tayyorlaydi. Musobaqa joyi, belgilari va anjom-jihozlarni to‘g‘ri o‘rnatil-ganligini hamda havfsizlik qoidalariga zid holatlar bor yo‘qligini ko‘rib chiqadi. Yengil atletika musobaqalari davomida mas’ullarni tanlaydi, tayyorgarlik olib boradi va ularni ishiga rahbarlik qiladi. E’lonlar tizimini yo‘lga qo‘yadi va uni o‘z nazoratiga oladi. Suv bilan ta’minlaydi va lozim bo‘lgan tibbiy xizmatlarni tashkillaydi.
Alohida tadbirlar va taqdirlash marosimiga mas’ul-uning vazifalariga, medallar va uning lentalarini buyurish, yakuniy natijalarni koordinatsiyalash, suhandonni tayyorlash, faxriy mehmon va ota-onalarni lozim bo‘lgan darajada kutib olish, taqdirlash marosimini barcha aspektlari, shuningdek, ochilishi va yopilish tadbirlarini lozim bo‘lgan darajada o‘tishiga javob beradi.
Ommaviy axborot vositalarga mas’ul - radio, televidenie, magnitofon mahalliy ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, ularni qiziqtirish, dastlabki va joriy axborotlar, rasmlar orqali musobaqani yoritish bilan shug‘ullanadi.
Musobaqani boshqaruvchi (koordinatsiyalovchi) - yugurish yo‘lkasidan tortib sport maydonlarigacha, hakamlar kollegiyasining barcha a’zolarini faoliyatini nazorat qilish va tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi va javob beradi.
Yugurish yo‘lkasidagi musobaqa hakami - yugurish yo‘lkasidagi musobaqalarda hakamlikda ishtirok etadigan hakamlar kollegiyasining barcha a’zolarini tanlaydi va ular bilan tayyorgarlik ishlari olib boradi. Musobaqa komendantini, musobaqa kotibini, start beruvchini, marra chizig‘idagi hakam, xronometrlovchini va marra chizig‘idagi kotiblarni tayinlaydi. Qatnashchilarni sport musobaqasi joyida bir joydan (start chizig‘i, sakrash uloqtirish sektorlari va h.k.lar), sportchilarni musobaqa joylaridan boshqa musobaqa joyiga o‘rin almashishlarini boshqaruvchi rahbarlarni tanlaydi va ularni tayyorlaydi.

Yüklə 441,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin