Kasb-hunar maktabida sport musobaqalarini tashkillashning o‘ziga xos xususiyatlari
Maktabda sport musobaqalarini tashkillash jismoniy tarbiya o‘qituvchisidan yuqori darajadagi salohiyatni talab qiladi. Chunki maktabda o‘tkaziladigan sport musobaqalari o‘quvchilar jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish va ularni har tomonlama tarbiyalashda muhim o‘rinni egallaydi. Shuningdek, ular o‘rganganlarini tomoshabinlar oldida ko‘rsatish uchun psixologik, irodaviy, texnik va taktik tayyorgalikka ega bo‘lishlari lozim.
Umumta’lim maktablaridagi har qanday musobaqasi sport bayrami hisoblanadi va quyidagi pedagogik talablarga javob berishi lozim(7,8):
Har bir musobaqa o‘quv-trenirovka ishlari uchun yakun yasashi va jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar rejasiga alohida tadbir sifatida kiritilishi lozim. Rejaga kiritilmagan musobaqalarni o‘tkazish samara bermaydi, chunki, ularda ishtirok etishi lozim bo‘lgan o‘quvchilar musobaqaga tayyorgarliksiz qatnashadilar, buning oqibatida salbiy holatlar yuzaga keladi;
Har bir musobaqa belgilangan dastur asosida, oldindan qatnashuvchilarga e’lon qilingan holda o‘tkazilishi talabi;
Musobaqalar hamma qatnashchilar uchun yagona bo‘lgan qoidalar asosida o‘tkazilishi va unga barchaning rioya qilishi majburiyligi;
Musobaqalar sport seksiyasining o‘quv-trenirovka ishlari dasturi yoki maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darsi dasturi asosida o‘tkazilishi talabi;
Musobaqa paytida malakali hakamlik, tibbiy-sanitariya xizmati, axboriylik, radio, akustika, video va rasm olish xizmati, katta musobaqalarda, yong‘in xavfsizligi, davlat ichki ishlar xizmati, tez yordam xizmati yo‘lga qo‘yilishi talabi.
Sinfning o‘zini ichki musobaqalari, parallel sinflarning, sinflararo deb maktabning chempionlari aniqlanadi va maktabning ichki va tashqi musobaqalari deb ikki xilga ajratiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarning sirtqi musobaqalari ham mavjud.
Musobaqalarni bayramga aylantirish, uni tayyorlash va o‘tkazish bir-biri bilan bog‘liq. Ularga tayyorgarlik o‘tkazish, musobaqa nizomi va uni dasturini tuzish bilan birga yo‘lga qo‘yiladi. Nizomni strukturasi, mazmuni, musobaqa dasturi biror maqsadni ko‘zlab maqsadli o‘tkaziladi.
Musobaqalashuvchi o‘quvchilar maktabda quyidagi yosh guruhlariga ajratilishi lozim:
o‘smirlar guruhi 15-16 yoshdagilar;
yoshlar guruhi 17-18 deb ikkiga ajratiladi.
Musobaqalar o‘smir va yoshlar guruhlarida 1,5-2 soatgacha vaqt davomida o‘tkazilishi ular organizmning fiziologik talablariga mos tushadi.
Har bir musobaqa qatnashchisi musobaqa nizomidan xabardor qilinishi va ular qoidalarini bilishlari shart.
Hakamlik muhim ahamiyatga ega. Hakamlar musobaqalarga oldindan tayyorlanadi (seminar o‘tkazilishi shart).
Musobaqani borishi haqidagi ma’lumotlar o‘sha vaqtni o‘zidayoq e’lon qilinishini ahamiyati muhim.
Musobaqalar shaxsiy birinchilik yoki jamoalar ichida g‘oliblikni aniqlash usullarini qo‘llash bilan o‘tkaziladi. Uni uch xil usuli bor. Sport o‘yinlarida g‘oliblikni aniqlash yakka kurashlarnikidan nisbatan farq qiladi.
Sport musobaqalari, ularga tayyorgarlik, ularni tashkillash va o‘tkazish ma’lum maxsus bilim va malakalarga ega bo‘lishni taqozo etadi. Har qanday sport musobaqasi bu bayram va o‘zining mazmuni, tayyorgarlik jarayoni bilan ajralib turadi.
Biz quyida yengil atletika musobaqasini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha Farg‘ona shahri jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining ish tajribasini tavsiya qildik.
Odatda maktab direktorlari maktab jismoniy tarbiya jamoasining sinfdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan musobaqalarning taqvim rejasiga asosida o‘tkaziladigan musobaqani o‘tkazish muddati va musobaqani tashkiliy qo‘mitasi raisi va uni tarkibini tasdiqlab o‘z buyrug‘ini tayyorlaydi.
Musobaqaning tashkiliy qo‘mitasi rahbari esa uning a’zolariga quyidagilarni majburiyat tarzida yuklaydi va yengil atletika musobaqasi quyidagicha tashkillanadi va o‘tkaziladi: