O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Xo‘jalik ishlari komissiyasining ishi mazmuni



Yüklə 441,5 Kb.
səhifə10/21
tarix09.06.2023
ölçüsü441,5 Kb.
#127547
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
D.Saminov

1.5. Xo‘jalik ishlari komissiyasining ishi mazmuni
Xo‘jalik komissiyasi o‘quv hamda sinfdan tashqari ishlar uchun maktab moddiy sport bazasini me’yorida ushlash va uni yaxshilash, joriy ta’mirlash ishlarini yo‘lga qo‘yadi. Sport bazasi, jihozlari, anjomlarini yangilash, qurish, maydonlarga o‘rnatish va undan unumli foydalanishga mas’ul hisoblanadi.
5-chizma
O‘quv yilining I choragi uchun MJTJsi targ‘ibot-
tashviqot ishlari komissiyasining
taxminiy ish rejasi



Ish mazmuni

Muddati

Mas’ul

Izo’

1

2

3

4

5

1

Maktab radiosida «Ertalabki gigiyenik gimnastika», «Darsgacha gimnastika» mashg‘ulotlari mavzusiga oid suhbat va boshqa eshittirishlar tashkillash

sentabr oktabr

radio gazeta taxririyati




2

Jamoani jismoniy tarbiya burchagi materiallarini yangilash va qayta jihozlash

yil davomida

sport burchagi mas’ullari




3

Olimpiadalar, Osiyo, Yevropa va jahon sportiga oid ko‘rgazmalar, foto stendlar tayyorlash

yil davomida

sport burchagi mas’ullari




4

«Yurtim sporti yulduzlari» stendini yangilash, qayta ko‘rish

20.09 gacha

komissiya raisi va a’zolari




5

Sinflarda maktab sport seksiyalari va ularning byurolari a’zolarini hamda yetakchi sportchilar va jismoniy tarbiya faollarining fotosuratlari stendini tayyorlash, qayta ko‘rish

yil davomida

sport burchagi mas’ullari




6

O‘quv choragida o‘tkazadigan sport tadbirlari va musobaqalar joyini jihozlash

o‘quv choragi davomida

sport burchagi mas’ullari




7

O‘quv choragidagi sport kunlari va «Alpomish» va «Barchinoy» testi natijalarini targ‘ibot-tashviqoti stendini jihozlash

chorak davomida

komissiya raisi va a’zolari




8

Boshlang‘ich sinflarning «Quvnoq startlar» musobaqalarini tayyorgarligi va uni o‘tkazish va x.klar

I chorak taotilida

komissiya raisi va a’zolari




9

O‘quv choragida rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tayyorlash

chorakning oxirida

komissiya raisi va kotibi




Izoh: taxminiy rejaligini yana bir bor ta’kidlab, har bir o‘quv muassasasi sharoitidan kelib chiqib, lozim bo‘lgan o‘zgarishlarni qilish hamda tadbirlarni kiritish mumkin.


Maktab sport bazasidan tashqari mahallasi yoki jamoa xo‘jaligidagi mavjud stol tennisi, voleybol, qo‘l to‘pi, harakatli o‘yinlar, yengil atletika, shaxmat-shashka va boshqa ommaviy xalq o‘yinlarining mashg‘ulotlari maydonchalaridan va ulardagi bolalarni sport inventarlari va jihozlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.
Ommaviy tadbirlar uchun sport jihozlarini kerakli miqdorda maktab slesarlik va duradgorlik ustaxonalaridan foydalanib, bu ishga o‘quvchilarni va ularning ota-onalarini, otaliq tashkilotlarini jalb etib tayyorlaydi, quradi va ta’mirlaydi.
Sport mashg‘ulotlarini va ommaviy tadbirlarini o‘tkazish uchun maktabga yaqin joylashgan sport bazalarida mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish muammolarini hal qiladi. Shaxsiy sport klublar va ularning anjomlaridan moddiy texnik bazasi, mutaxasislaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.
Ta’mirga muhtoj jihozlar, sport anjomlari, kompleksli sport maydonlari, bolalar parki, sport inshootlarini batartib saqlash, musobaqalar ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylar, maydonlar, inshootlarda texnik xavfsizlikni ta’minlaydi.
MJTJsining qayd qilingan komissiyasiga a’zolarni tanlashda tajribali jismoniy tarbiya o‘qituvchilari odatda, duradgor, payvandchi va boshqa turli xil kasb-hunarga ega bo‘lgan oila farzandlarini, o‘zi shunday ishlarga ishtiyoqmand o‘quvchilarni topib, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Pardozlovchi-shuvoqchi, bo‘yoqchi va boshqa ko‘plab kasblarga ega bo‘lganlarni jamoatchilik asosidagi faoliyatidan maktab sporti hayotida sport zallar, sport maydonlari uloqtirish va sakrash sektorlarini ta’mirlashda, sport jihozlari va anjomlarini sotib olib o‘rnatish, ta’mirlash o‘zlari tayyorlashi mumkin bo‘lgan nostandart jihozlarni qurishda foydalanadi.
Bu komissiya maktab sport bazasi va jihozlarini inventarizatsiyasi, ularni saqlash, nosoz, foydalanish uchun yaroqsizlarni ajratadi, yangilarini sotib olishda, eng kerakli hisoblanganlarini birinchi navbatda, so‘ng qolganlarini maktab mablag‘i, ota-onalar qo‘mitasi hayriyasi, homiylar, vasiylar mablag‘larini o‘rinli sarflash ishlarini nazoratida ishtirok etadi. Jamoatchilik asosida yangi qurilish, ta’mirlash ishlarini yo‘lga qo‘yadi.
Maktab sport maydonlarini mashg‘ulotlar uchun tayyor saqlash maqsadida eng avvalo jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, so‘ng jismoniy tarbiya faollaridan maxsus jadval asosida navbatchilikni tashkillaydi. Jamoa va shaxsiy gigiena talablari normalariga rioya qilishni amalga oshiradi, nazorat qiladi (suv sepish zarur bo‘lgan maydonlar, ularni chizishga zaruriyat bo‘lgan ishlarni, supurish, ochiq maydonlarda yomg‘irdan so‘ng hosil bo‘lgan nosozliklarni oldini olish, jamoatchilik asosida hashar yo‘li bilan manzarali va soya beradigan daraxtlarni ekish va ularni parvarishlashdek obodonchilik ishlarini yo‘lga qo‘yadi).
Biz quyida ushbu komissiyaning o‘quv yilining I choragi uchun taxminiy ish rejasini 6-chizmada tavsiya qildik (6-chizmaga qaralsin).
6-chizma

Yüklə 441,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin