XULOSALAR
1.Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, o‘quvchi jismoniy tarbiyasining sinfdan tashqari ishlarini mazmunini o‘zagi o‘quv tarbiya muassasalardagi jismoniy tarbiya jamoalarining faoliyati deb aytish mumkin. Jamoa faoliyatini samaradorligi, uning tarbiyaviy ahamiyati, o‘quvchilarni kundalik turmushda o‘z-o‘zini boshqarish, topshiriqning ijrosi oldida mas’uliyat, jamoadoshlari manfaati uchun o‘z manfaatini qurbon qilish, hayotiy ijtimoiy qoida va prinsiplarga rioya qilishdek davlatimizning kelajak avlod tarbiyasi uchun qo‘ygan talablariga muvofiqdir.
2.Tadqiqotlar ko‘rsatdiki, kasb-hunar maktablarida jismoniy tarbiya bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirishda jismoniy tarbiya jamoasining Kengashining o‘rni beqiyosdir. Kengash tomonidan o‘quvchilarni jismoniy holati, salomatlik darajasi, jinsi, yoshini, maktabning sharoitini, sport maydonlarini, moddiy mablag‘larni hisobga olgan holda ishlarni rejalashtirish o‘quv yili davomidagi tadbirlarni yuqori saviyada bo‘lishini ta’minlaydi.
3.O‘quvchilarni sport turlariga tanlab olishda jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun vertikal sakrash, turgan joydan uzunlikka sakrash, tomonlari 10 va 5m bo‘lgan uchburchak bo‘yicha yugurish, 1kg og‘irlikdagi to‘ldirma to‘pni ikki qo‘llab bosh orqasidan turgan joyida va sakraganda uloqtirish, voleybol setkasi orqali tennis to‘pini sakrab mo‘ljalga uloqtirish kabi nazorat sinovlarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
4. Kasb-hunar maktablarida o‘quv yili davomida sinfdan tashqari ishlarni to‘g‘ri rejalashtirish va unga kiritilgan musobaqa, sog‘lomlashtirish tadbirlari, sport bayramlarini o‘z vaqtida o‘tkazilishiga erishish o‘quvchi-yoshlar jismoniy tayyorgarligi va salomatligini yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
O‘zbekiston Respyblikasi qonynlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent, 2020 yil 11 mart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-sonli Farmoni.Toshkent, 2020 yil 24 yanvar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-609-son Farmoni. Toshkent, 2020 yil 30 oktabr.
Dostları ilə paylaş: |