Maktabning ichki musobaqalari Hozirgi kunda Respublikamizning barcha umumiy ta’lim maktablarida «Umid nihollari»ning birinchi bosqich musobaqalari sinflar ichidagi va parallel sinflar orasidagi musobaqalar hisoblanadi. So‘nggi bosqichi sinflarni guruhlab o‘tkaziladigan musobaqalardir. (7-chizmaga qaralsin).
Maktabning ichki musobaqalari
Sinovi xarakteriga ko’ra
Tashkillanishning tuzilishiga ko’ra
Hal qilinadigan vazifasiga ko’ra
Shaxsiy jamoa bo’lib
Sirtqi, bir-biri bilan yuzma-yuz turib
Birinchilik, sport klassifikatsiyasi nazorat, tanlash, blits turnirlar
7 – chizma. Musobaqalarning klassifikatsiyasi Maktabnnng ichki musobaqalaridan tashqari sinfdan tashqari ishlarning navbatdagi shakli sport musobaqalarini o‘quvchilar uchun maktabdan tashqari shakli ham mavjud bo‘lib, ikki maktabniki yoki uch va undan oshiq maktabning o‘quvchilari o‘zaro musobaqalashadilar. Bu an’anaga aylantirilishi mumkin.
Tuman maktablari zonalarga ajratiladi, ularning g‘oliblari shu tuman (shahar) birinchiligi uchun musobaqalashib, ularning g‘olibi yoki terma jamoasi (viloyat musobaqalari nizomi asosida) viloyat va respublika birinchiligi, chempionatlarida qator sport turlari bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Sinovi xarakteriga ko‘ra maktabning ichki va tashqi musobaqalari shaxsiy birinchilik, shaxsiy-jamoa birinchiligi, jamoa va klassifikatsiya (razryad) berish musobaqalari tarzida o‘tkazilishi qoidaga aylantirilgan.
Seksiya mashg‘ulotlarining yangi olib borilayotgan davrida tashkillangan musobaqalar avvaliga soddalashtirilgan qoidalar asosida, sport texnikasi o‘zlashtirilib bo‘lgandan so‘ng esa shu sport turi uchun yozilgan musobaqalarning qoidalari asosida o‘tkaziladi.
Eng muhimi maktab sport musobaqalari o‘quvchilar uchun kuchiga yarasha bo‘lishi va keyinchalik sport mahoratini oshirish uchun stimul berishi bilan maktabning ommaviy – sport ishlarining samarasida namoyon bo‘lishi lozim.
Har bir musobaqani o‘tkazish uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ishlari yo‘lga qo‘yilishi e’tibordan chetda bo‘lmasligi shart. Maxsus tayyorgarlik jarayonidan so‘nggina musobaqalarda qatnashishning ahamiyati katta. Tayyorgarliksiz musobaqalarda qatnashish man qilinadi.
Dastlab o‘tkaziladigan musobaqaning nizomi yoziladi va uni o‘tkazish dasturi tuziladi. Har qanday musobaqa nizomi quyidagi bo‘limlarni o‘zida mujassamlashtiradi:
Musobaqaning mazmuni yoki dasturi musobaqaning turi va qo‘yil-gan vazifalari bilan» belgilanadi. Maktabning musobaqalari mazmuni maktab jismoniy tarbiya darsi dasturi materiali yokisport seksiyasinnng dasturi materialidan chetga chiqmasligi maqsadga muvofiq. Bellashuv yagona sport klassifikatsiyasi yoki salomatlik testi «Alpomish» va «Barchinoy» materiallarining talablari asosida o‘tkaziladi.
Musobaqa qatnashchilariniig yoshi bo‘yicha guruhlanishini yuqorida aytib o‘tdik. Sport turiga karab bu guruhlar turlicha bo‘lishi mumkin.
Musobaqalar bolalar guruhida 1-1,5 soat, o‘smirlar va yoshlarnnng kichik guruhida 1,5-2 soat, yoshlarning katta guruhida 2-3 soatgacha o‘tkazish mumkinligi belgilab ko‘yilgan.
Musobaqa qatnashchilariniig yoshi bo‘yicha guruhlanishini oldingi bobda berdik. Sport turiga karab bu guruhlar turlicha bo‘lishi mumkin.
Har bir musobaqa qatnashchisining majburiyat tarzidagi bilimlari: shu sport turi bo‘yicha musobaqa nizomini va shu sport turining musobaqa qoidalarini bilishi; intizomli va xushfe’l bo‘lishi; sport bellashuvi davomida yuzaga kelgan bahsli, munozarali masalalarni hal qilish, jamoa vakili yoki jamoa sardori orqali amalga oshirilishi, chiroyli sport formasiga, emblema va tagi yumshoq sport poyabzalini kiyish talabi qo‘yiladi.
Musobaqani yaxshi o‘tishi uni o‘tkazish joyini tanlash va tayyorlash bilan, inventar anjomlar, shiorlar, bayroqlar, ovoz uchun mikrofon, uni kuchaytirigichi, bayonnomalar va hakamlar bilan bog‘liq, Agar musobaqalar zalda o‘tsa, snaryadlarni joylashtirish, tomoshabin-larga joy, hakamlar, katnashchilarning joyi oldindan belgilanishi lozim. Agar tashqarida, maktab sport maydonida o‘tkazilsa, oldindan o‘yin maydonlari va yugurish yo‘laklarini chiziqlari yangilanishi, musobaqa boshlanishidan bir soat oldin maydonga suv sepish zarur bo‘ladi. Bayram muhiti, tantanali holat yuzaga keltirilishi, musobaqaning o‘tishiga va o‘quvchilarga ijobiy ta’sir qiladi.
Hakamlar kollegiyasining tayyorgarligi, tarkibiga ota-onalardan, otaliq tashkilot yoki homiylardan, jamoatchi yo‘riqchilar (maktabdagi yoki qo‘shni maktabdan taklif kilingan sportchilar)ni qisqacha xarakteristikasini mikrofonda e’lon qilishni tarbiyaviy ahamiyati katta. Musobaqaning bosh hakami albatta maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchilaridan bo‘lishi shart. Bahsli, munozarali holatlardagi hal qiluvchi ovoz albatta musobaqaning bosh hakaminiki sanaladi.
Musobaqalar boshlangungacha musobaqa bayonnomalari, kartochka-lar, musobaqani borishi yoritladigan jadval, yakuniy natijalar yoziladigan tablitsalar oldindan tayyorlanib, belgilangan joylarga ilib qo‘yiladi,
Musobaqalarni borishini tomoshabin faqat kuzatish emas, uni fikran ishtirokchisiga aylanishi zarur. Shuning uchun mikrofonda o‘tirgan axborotchi hakam har bir qatnashchi, uning kimligi, musobaqada ko‘rsatgan avvalgi natijasi, hozirgi natijasi va kelajakda erishishi mumkin bo‘lgan natijalari haqida to‘liq axborot bera olishi, o‘sha axborotlarni sportchining yoki uning vakili, murabbiysidan olishni yo‘lga qo‘yishi zarur. Bunday axborotlarni berish majburiyati musobaqa nizomida, yoki alohida ma’lumot tarzida axborotlar bo‘limiga topshirish ko‘rsatib qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Radio, magnitofon, hech bo‘lmasa rupor (ovozni kerak tomonga to‘plab yo‘naltirgich) dan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Musobaqa tugagandan so‘ng, qisqa vaqt ichida natijalar e’lon qilinadi, uni ishtirokchilari va tomoshabinlar o‘ch vaqtida natijalarnn bilishining ahamiyati katta.