O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 441,5 Kb.
səhifə6/21
tarix09.06.2023
ölçüsü441,5 Kb.
#127547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
D.Saminov

Ish mazmuni

Muddati

Mas’ul

Izoh

1

Sinflardagi hisobot-saylov yi-g‘ilishlarini tayyorlash va o‘tkazish

20.09 gacha

sinf j/t tash,kom.a’zo.




2

MJTJning hisobot saylov yi-g‘ilishini tayyorlash va o‘tkazish

25.09 gacha

kom.a’zo.




3

Sport seksiyalari, to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, seksiya byurolarini ish rejasini tuzish

15.09 gacha

kom.a’zo.




4

Bo‘shab qolgan jismoniy tarbiya faollarini o‘rnini to‘ldirish, nomzodlar bilan suhbat

20.09 gacha

kom.a’zo.




5

Sport yo‘riqchilari, jamoatchi hakamlarni tayyorlash seminar-larini tashkillash

10.10 gacha

o‘quv sport ishlari kom.




6

MJTJga yangi a’zolar qabul qilishni tashkillash

20.10 gacha

kengash mas’uli




7

Radio gazeta, devoriy gazetalar ishini yo‘lga qo‘yish

15.09 gacha

komis. kotibi




8

Boshqa komissiyalarni ish reja-larini tuzishni nazorati va uni tasdiqdan o‘tkazish

10.10 gacha

kom.raisi, muovinlar




9

«Alpomish» va «Barchinoy» testi bo‘yicha ishlarni tashkillash va boshqalar

25.09

kom.raisi, muovinlar




Izoh: taxminiy rejaligini yana bir bor ta’kidlab, har bir o‘quv muassasasi sharoitidan kelib chiqib, lozim bo‘lgan o‘zgarishlarni qilish hamda tadbirlarni kiritish mumkin.


Sog‘lomlashtirish tadbirlarida harakat sifatlarini rivojlantirish maqsad qilib qo‘yilmaydi. O‘quv kuni tarkibida esa sog‘lomlashtirish tadbirlari-darsgacha gimnastika, tanaffuslardagi o‘yinlar, jismoniy tarbiya daqiqalari shaklida o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotlar bo‘yicha faollarini tayyorlash ishi bilan ushbu komissiya raisi va muovini shug‘ullanadi. Maktabdagi ommaviy jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlarini umummaktab ishi sifatida qabul qilinishi, o‘tkazish va tayyorlashda maktabning pedagogika jamoasi faol ishtirokchilarga aylanishining ahamiyati e’tiborga loyiq.
Sog‘lomlashtirish tadbirlari tarkibida foydalaniladagan vositalar uchun alohida talablar qo‘yiladi. Vositalarning soni, sifati, ularning mashg‘ulotlarda qo‘llanishi, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining boshqa shakllaridan yuklamani me’yorlashiga qarab tubdan farq qiladi. Mashqlar tana-skeleti muskullari, bo‘g‘inlari, qon aylanish tizimi funksional holatini yaxshilashni, nafas olish chuqurligi mexanizimining xizmatini me’yorida bo‘lishligini nazarda tutadi. O‘rta va katta intensivlikdagi yuklamalardan chegaralanishi, mashqni bajarish intensivligi o‘rtachadan past bo‘lishligi asosiy talablardan biridir.
Sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkillash va ularni o‘tkazish nazariy va amaliy tayyorgarlikdan o‘tgan, «Sog‘lomlashtirish ishlari bo‘yicha jamoatchi yo‘riqchi» guvohnomasiga ega bo‘lgan havasmand yo‘riqchilar (boshqa kasb egalari) va maxsus seminar dasturlarini o‘qigan o‘quvchilardan sog‘lomlashtirish va sport yo‘riqchisi sifatida foydalaniladi.
Odatda darsgacha gimnastika, uyushtirilgan tanaffuslar, o‘quv kunining ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan umumiy ta’lim fanlari darslardagi jismoniy tarbiya daqiqalari uchun alohida jamoatchi yo‘riqchilar tayyorlash zarur bo‘ladi. Bunday yo‘riqchilar o‘zi o‘tkazadigan mashg‘ulotlarning mazmuni, tuzilishini, uni o‘tkazish metodikasini, ko‘llaniladigan vositalarni, mashqlarni shug‘ullanuvchi organizimiga ta’siri haqida chuqurroq maxsus bilimlarga ega bo‘ladilar.
MJT jamoasi kengashidan shu komissiyaga saylanganlar qayd qilingan mashg‘ulotlarni o‘tkazishga ishtiyoqmandlarni topishi, ularni tayyorlash seminarlarini o‘tkaza olishi yoki shu ishni uddalaydigan o‘quvchilarni topishi, ulardan iqtidorlilarini tanlab olishi va tayyorlashi, ularni qaysi joyda kim bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishini belgilash bilan shug‘ullanadilar.
Tajribali maktablarda darsgacha gimnastika yo‘riqchilarining soni maktabdagi sinflarning umumiy sonidan 3-5 nafar ko‘p yo‘riqchi tayyorlaydilar. Masalan, maktabda 40 ta sinf bo‘lsa qayd qilingan yo‘riqchilar ob-havo noqulay bo‘lgan kunlari sinflarga tarqatiladi va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotining shakllaridan biri darsgacha gimnastikani o‘zi biriktirilgan sinfda o‘tkazadilar.
Katta tanaffusdagi o‘yinlar ochiq havoda kamida 6-8 joyda uyushtirilishini katta samara berishini biz Marg‘ilon shahrining 3-iqtidorli bolalar maktabida o‘tkazilayotgan sog‘lomlashtirish tadbirlarida (har bir maktab yoshi uchun alohida) guvohi bo‘ldik. Maktabda 40 dan ortiq 6-7-8 sinf o‘quvchilaridan tayyorlangan jismoniy tarbiya faollari (yo‘riqchilar) katta tanaffuslarda o‘yinlar o‘tkazish uchun tayyorlangan. Ular navbat bilan maxsus jadval asosida qayd qilingan sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazadilar.
Jismoniy tarbiya daqiqalarini o‘tkazishga har bir sinfda 2 nafar qiz va 2 nafar bola shu daqiqalarni o‘tkazuvchi faollar tarzida tayyorlangan bo‘lib ular jismoniy tarbiya daqiqalari kompleksini tuzishda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini ko‘rsatmalarini hisobga oladilar. Bu mashqlarni bajartirish metodikasini maxsus seminarlarda o‘rganadilar. Har bir sinfda kamida 4 nafar o‘quvchi bu tadbirni o‘tkazish uchun MJTJsi bergan sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
«Jismoniy tayyorgarlik ko‘rigi», «Salomatlik kunlari» singari tadbirlarga o‘quvchilarni ommaviy tarzda jalb qilinadi. Bunday tadbirlar ommaviy tadbirlar tarzida an’anaga aylanishi lozim.
Haftaning shanba, yakshanba kunlari turistik yurishlar, kichik sayohatlar (piyoda, velosipedda, avtomobilda, suvda va boshqalar) ni joriy qilish, uni taraqqiy ettirish, bunday tadbirlarga boshqa fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlarini, ota-onalarni jalb qilish yaxshi samara beradi.
Sog‘lomlashtirish komissiyasini bunday tadbirlarini tashkillash va o‘tkazishning aniq muddati, tadbirga tayyorlanish uchun vaqt ajratilishi, unga qaysi sinflar jalb qilinishi o‘quv yili boshidan rejalashtirilishi va bu tadbirni o‘tkazish ssenariysi oldindan komissiya tomonidan muhokama qilinishi shart.
Bunday tadbirlarni ssenariysi tarkibida ularni tantanali ochilishi, turli ko‘rinishdagi, namoyish qilish maqsadidagi ommaviy chiqishlar va turli nomerlar tayyorlashni ahamiyati katta.
Maxsus tibbiy guruhdagi o‘quvchilar bilan ishlash, umumiy jismoniy tayorgarligi (UJT) past bo‘lganlarning to‘garaklari, seksiyalari faoliyati bu komissiyaning asosiy faoliyatlari sirasiga kiradi. Ular uchun alohida tadbirlarni rejalashtirishning tarbiyaviy ahamiyati katta. Bunday tadbirlarning taxminiy ssenariyasi muhokamadan o‘tkazilishi zarur.
Ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlarini faqat o‘tkazishni asosiy maqsad qilib qo‘ymay, u orqali erishilgan yutuqlarni namoyish qilish, baholash, g‘oliblarni taqdirlash tizimini shunday o‘ylash lozimki, o‘quvchilar bu tadbirdan nimani o‘rganishlarini oldindan bilishsin va ular keyinchalik nimaga intilishlari lozimliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar va o‘zlarining zaruriy rejalarini, kim yaxshi sportchi, kim malakali hakam, kim zo‘r sharhlovchi, kim yaxshi fotomuxbir, kim yaxshi jurnalist bo‘lishi mumkin ekanligi haqida o‘z fikrlariga ega bo‘lishlari uchun imkon yaratilsin.
Xullas MJTJsining sog‘lomlashtirish ishlari komissiyasi faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ularni o‘tkazadigan tadbirlari maktabning pedagogik kengashi muhokamasida o‘tkazilishi muhimdir.

Yüklə 441,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin