O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


O‘quv yilini I choragi uchun uchun xo‘jalik



Yüklə 441,5 Kb.
səhifə11/21
tarix09.06.2023
ölçüsü441,5 Kb.
#127547
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
D.Saminov

O‘quv yilini I choragi uchun uchun xo‘jalik
ishlari komissiyasining
taxminiy ish rejasi



Ish mazmuni

Muddati

Mas’ul

Izo’

1

2

3

4

5

1

Sport jihozlari va anjomlarini yaroqli va yaroqsizlarga ajratish ishini yo‘lga qo‘yish

sentabr 1-hafta

komissiya raisi




2

Yuqori sinflarning o‘quvchilari yordamida sport maydonlari va sport zalini mashg‘ulotlarga tayyorlashga ishtirok etish

sentabr 1-2-hafta

komissiya a’zolari




3

Xo‘jalik ishlarining yillik smetasini tuzish va mablag‘ zaxirasini topish

sentabr 1-2-hafta

komissiya raisi




4

Maktabning sport jihozlari va anjomlaridan foydalanishni nazoratini yo‘lga qo‘yish

o‘quv choragi davomida

komissiyadagi mas’ullar




5

Sport maydonlari va zallarni tibbiy-gigiyena talablari darajasida saqlashni nazorati, haftaliklar jadvalini tuzish

o‘quv choragi davomida

komissiyadagi mas’ullar




6

Xo‘jalik ishlarida faollik ko‘rsatgan o‘quvchilarni rag‘batlantirishning turli xil shakllarini amalga oshirish (radio devoriy gazeta, turli xil tadbirlarda maqtov so‘zlari, moddiy rag‘bat va boshqalar)

o‘quv choragi davomida

komissiya raisi




7

O‘quvchilarni o‘z kuchi bilan nostandart jihozlar ko‘rishga jalb qilish (to‘ldirma to‘plar, gimnastika va estafeta tayoqchalari, sakrash arg‘amchilari, qum to‘ldirilgan qoplar, qumli yugurish va yurish yo‘laklari va hokazolar)

chorak davomida

komissiya raisi va a’zolari




8

O‘quv choragi uchun bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlash

chorak oxirida

komis.raisi va kotib




Izoh: taxminiy rejaligini yana bir bor ta’kidlab, har bir o‘quv muassasasi sharoitidan kelib chiqib lozim bo‘lgan o‘zgarishlarni qilish hamda tadbirlarni kiritish mumkin.


1.6. Hujjatlashtirish va hisobot komissiyasi faoliyatining mazmuni
MJTJ kengashining bu komissiyasi maktab va maktabdan tashqari muassasalardagi, sport seksiyalaridagi, UJT gruppalaridagi shug‘ulla-nuvchilarni, seksiya rahbarlarini, jamoatchi yo‘riqchilar, hakamlarni, sinf jismoniy tarbiya tashkilotchilari, ular o‘tkazadigan mashg‘ulotlarida shug‘ullanayotgan o‘quvchilarni ro‘yxatga oladi va hisobini olib boradi.
Bolalar o‘smirlar sport maktablari (BO‘SM)da shug‘ullanayotgan yosh sportchilarni ularning sport mahorat darajasi hisobini yuritadi. «Alpomish» va «Barchinoy» testi talab normalarini topshirganlarning hujjatlarini va sport razryadlarining talab va normalarini bajarganligi buyruqlarini, ularni darajasini (razryadini), talablarini rasmiylashtiradi. Sportchi daftarchasi, uning mahoratini tasdiqlovchi razryadi va ko‘krak nishonlariga ma’lumotnomalar beradi, ularni rasmiylashtiradi. Jamoatchi hakamlar va yo‘riqchilarni tayyorlash uchun tayyorlangan hujjatlar hamda o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlari hujjatlarini yuritadi va ularni batartib saqlaydi. MJTJsida faoliyat ko‘rsatayotgan faollarni ro‘yxatga oladi. Jamoaning ishini ro‘yxatga olishning tasdiqlanib, tavsiya qilingan qaydnomasini yuritadi. Jurnalning mazmuni sinfdan tashqari ishlarni hisobini olib borish va uning sifatiga baho berish, maktabda jismoniy madaniyatni tavsiflashga imkoniyat yaratadi.
Qaydnomada: jamoaning kengashi tarkibi, ularni qaysi komissiyaga biriktirilganligi, jamoa kengashining yig‘ilishlari rejasi va unda muhokama qilinadigan masalalarni kun tartibi, choraklarni har biri uchun jisman sog‘lomlashtirish ishlari rejasi, o‘quv yili uchun sinflar xaqida ma’lumotlar, maktab sport seksiyalari, ularda shug‘ullanayotganlar soni, UJT guruhlarida shug‘ullanuvchilarning miqdori, maktabda o‘tkazilayotgan jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, o‘quv yilida maktab o‘quvchilari ishtarok etgan sport musobaqalari, maktab o‘quvchilarini eng yaxshi sport natijalarini qayd qilish tartibi, jamoatchi sport hakamlari soni, sinfdan tashqari tadbirlarda mukofotlangan (taqdirlangan) o‘quvchilarning soni, sport turlari bo‘yicha kuni uzaytirilgan sinflarning soni, «Alpomish» va «Barchinoy» testi hujjatlari, nishondorlarini har bir maktab yoshi bo‘yicha soni ro‘yxatga olinib maktab sporti, maktab jismoniy madaniyati tarixini manbaiga aylanadi. Komissiyalar ish rejalari, o‘quv choraklari va o‘quv yili uchun sinfdan tashqari ishlar hisoboti, nazoratchi tekshiruvchilarning fikr va mulohazalarini qayd qilish varaqlari uchun ham joy ajratilgan. Muntazam to‘ldirilib borilgan bunday qaydnomalar tahlili maktab jismoniy tarbiya jamoasi faoliyatini, qolaversa, sinfdan tashqari ishlar sifatini baholash imkonini beradi va jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar arxivini vujudga keltiradi.
Qaydnomaning 1-sahifasida jamoa kengashi a’zolari tarkibi, ularning bajaradigan ishlari, tahsil oladigan sinfi (o‘qituvchi bo‘lsa, o‘quv fani), yashash manzili va mavjud telefon raqamlari qayd qilinadi.
Kengash tarkibiga uning a’zolari bajaradigan faoliyatidan kelib chiqib tanlanadi. Umumiy rahbarlik qilishga layoqati borlar va shu ishga ishtiyoqmandlar kengash raisi uning muovinlari qilib saylanadi, tashkillash, uyushtirish qo‘lidan keladigan kengash a’zolari ommaviy-tashkiliy ishlar komissiyasiga; o‘rgatish, o‘qitish qo‘lidan keladiganlar, sport turi bo‘yicha nazariy tayyorgarligi balandroq o‘quvchilar, o‘yin qoidalarini biladiganlardan o‘quv-sport ishlari komissiyasiga; hisobot va hujjatlashtirish ishlari komissiyasiga sinfdan tashqari ishlar mazmuni va uni tuzilishi haqida tushunchasi bor o‘quvchilardan; targ‘ibot-tashviqot ishlari komissiyasiga bo‘lajak jurnalistlar, yozuvchi-shoirlar, foto muxbirlar, hujjatli filmlarning rejissyoru-operatorlari; xo‘jalik ishlari komissiyasiga esa duradgor, bo‘yoqchi, bo‘lajak quruvchi va shu ishlarga layoqati bor o‘quvchilarni saylash kengash faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
Bunday o‘quvchilarga oldindan kichik topshiriqlar beriladi, ularning ijrochilik qobiliyati darajasi o‘rganiladi, topshiriqqa nisbatan mas’uliyat sezishi sinaladi. Odatda tajribali jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bunday o‘quvchilarni oldindan qator yillar davomida o‘zlari tayyorlaydilar. Avval ish o‘rgatadilar, so‘ng ulardan foydalanadilar. Amalda 7-8 sinf o‘quvchilari bunday topshiriqlarni qiziqib bajaradilar. Qo‘yi sinflardan ularga stajer biriktirish, maktabni bitirganlar o‘rnini to‘ldirish uchun qulaylik yaratadi, yangilarga ish o‘rgatishga sarflanadigan vaqt tejaladi. Biz qaydnomada hisobot-hujjatlashtirish va ro‘yxatga olishda foydalaniladigan ayrim varaqlarni ajratdik, ularni o‘z vaqtida to‘liq to‘ldirish orqali maktab jismoniy tarbiya jamoasi va uni sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirishdagi faoliyatini to‘liq ifodalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, o‘quvchi jismoniy tarbiyasining sinfdan tashqari ishlarini mazmunini o‘zagi o‘quv tarbiya muassasalardagi jismoniy tarbiya jamoalarining faoliyati deb aytish mumkin. Jamoa faoliyatini samaradorligi, uning tarbiyaviy ahamiyati, o‘quvchilarni kundalik turmushda o‘z-o‘zini boshqarish, topshiriqni ijrosi oldida mas’uliyat, jamoadoshlari manfaati uchun o‘z manfaatini qurbon qilish, hayotiy ijtimoiy qoida va prinsiplarga rioya qilishdek davlatimizning kelajak avlod tarbiyasi uchun qo‘ygan talablariga muvofiqdir.
Bu komissiyaning a’zolari boshqa komissiyalarning umumiy sonidan 2-3 nafar ortiq bo‘lishi mumkin. Bu komissiya tarkibidagilarga-komissiya raisi, komissiya kotibi, maktabni otaliqqa olgan tashkilot, muassasa, homiy, vasiylar va ota-onalar qo‘mitasi bilan aloqa bog‘lovchilar, sinflarning jismoniy tarbiya tashkilotchilari (har bir sinfda ikki nafardan) «Alpomish» va «Barchinoy» testlari tadbirlari uchun mas’ullar, sog‘lomlashtirish ishlari, ro‘yxatga olish va hisobot ishlari kengash a’zolarini navbatchiligini tashkillash va uni ijrosini nazorat qiluvchi, sport kechalari, sport musobaqalari tashkillash uchun mas’ul sifatida vazifalar taqsimlanishi va ularga biriktirilishi mumkin.

Yüklə 441,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin