4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish
4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish
Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir.
Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo’llash jarayoni. U normal ijodiy faoliyat bo’lib, sifatning optimal ko’rsatkichlarini, mahsulotning parametrik qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va hokazolarni ishlab chiqishni va qat’iy belgilashni o’z ichiga oladi.
Standartlashtirish - bu mahsulot sifatini boshqarishning tashkiliy va normativ asosi hisoblanadi. U barcha normalarni standart, instruksiya, mahsulotni asoslash uchun kerakli shartlar usuli kabi hujjatlarda aks ettiradi.
Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning rivojlanish sur’ati va darajasiga zaruriy ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun esa standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayanadi.
O’zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va tashkil etish bilan chambarchas bog’liqdir. Standarlashning asosiy, eng muhim vazifasi iqtisodiyot, aholi, mamlakat mudofaasi uchun tayyorlanadigan mahsulotlarga yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik hujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu hujjatdan to’g’ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat.
Harakatdagi, mavjud standartlashtirish tizimi quyidagilarni ishlab chiqishga va doimiy faol holatda bo’lishiga imkoniyat yaratadi:
yagona texnik til;
mahsulotning muhim texnik tavsifining unifikatsiyalashgan qatorlari, ya’ni o’lcham ayirmasi (qo’yish va tushish, kuchlanish, tez-tez qaytalanish va boshqalar);
umummashinasozlikda ishlatiladigan buyumlarning tipo-razmer qatorlari va namunali konstruksiyalari (podshipniklar, krepej, kesuvchi asboblar va boshqalar);