O’zbekiston standartlash tizimi xalqaro, regional va milliy tizimlar bilan uyg’unlashishi kerak va quyidagilarni ta’minlashi lozim:
O’zbekiston standartlash tizimi xalqaro, regional va milliy tizimlar bilan uyg’unlashishi kerak va quyidagilarni ta’minlashi lozim:
sifat va mahsulot nomenklaturasi, xizmat va jarayonlar, insonlarning hayoti va sog’lig’i, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo’yicha iste’molchilar va davlat manfaatlarini;
inson va moddiy resurslarni tejashga ko’maklashish hamda ishlab chiqarishni iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashni;
ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va yirik loyihalarning normativ-texnik bazasini yaratishni;
ishlab chiqarishda va savdoda texnik to’siqlarni bartaraf etishni dunyo bozorida mahsulot raqobatbardoshligini, xalqaro mehnat taqsimotida samarali qatnashishini va h.k.larni ta’minlashi kerak.
Standartlashtirish bir qator tamoyillarga asoslanadi:
tarmoqlanish - bir xil umumiy xususiyatga ega bo’lgan narsalar, jarayonlar, munosabatlar, tatbiq etish mumkin bo’lgan obyektlar doirasini aniqlaydi;
variantlilik - oqilona xilma-xillik, rang-baranglikni yaratish - standartlashgan obyektga kiruvchi standart elementlarning oqilona turlari minimumini ta’minlaydi;
o’zaro almashuvchanlik - texnikaga muvofiq turli vaqt-makonning turli nuqtalarida tayyorlangan bir xil detallarni yig’ish yoki almashtirishni nazarda tutadi.
Standart inglizcha «standard» so’zidan olingan bo’lib, norma, namuna, o’lcham ma’nosini bildiradi. U boshqa obyektlarni taqqoslash uchun dastlabki obyekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model, standartlanadigan obyektga qo’yiladigan va vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangan normalar, qoidalar, talablarni belgilovchi normativ-texnik hujjat. Standart inson faoliyatining barcha sohasiga, ilm-fanga, texnikaga, sanoat, qishloq xo’jaligiga, qurilishga, transport va aloqaga, ta’lim va boshqa sohalarga taalluqlidir.