O`zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi
Mahsulot turlari | O`lchov birligi | 2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | Neft (gazkondensati bilan birga) | ming tonna | 7534 | 7253 | 7241 | 7134 | 6580 | Tabiiy gaz | mlrd m3 | 56,4 | 57,4 | 58,4 | 57,5 | 59,8 | Ko`mir | ming tonna | 2500 | 2711 | 2737 | 1910 | 2700 | Elektr energiyasi | mlrd kVt | 46,8 | 47,9 | 49,3 | 48,7 | 49,6 |
Rivojlanishning hozirgi bosqichida mamlakat huhudidan topilgan 70 dan ortiq neft, gaz va gazkondensatli konlardan hamda mavjud uchta ko`mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gazkondensat konlar esa foydalanishga tayyorlab qo`yilgan. Mamlakat yoqilg`i sanoati respublika yoqilg`i-energetika majmuining belgilovchi tarmog`idir. U barcha turdagi yoqilg`i xom ashyosini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Uning xom ashyoni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan yirik korxonalari Buxoro (Qorovulbozor), Qashqadaryo (Sho`rtan, Muborak), Toshkent (Angren), Surxondaryo (Sharg`un, To`da) va Farg`onada joylashgan. Yoqilg`i sanoati tez o`sib bormoqda. Masalan, 1980 yilda mazkur sanoat tarmog`ida respublika sanoat yalpi mahsulotining 8,8 foizi ishlab chiqarilgan bo`lsa endilikda bu ko`rsatkich salkam ikki marta o`sdi. Respublika sanoatida band bo`lgan ishchi va xizmatchilarning 6 foizi yoqilg`i sanoati tarmoqlarida ishlashadi.
Dostları ilə paylaş: |