4. Xulosa Farmonni amalga oshirish doirasida faoliyatda bir-birini takrorlashni istisno etish maqsadida vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalarining vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqiladi, ularning tashkiliy-shtat tuzilmalari va vakolatlari optimallashtiriladi.
Shu bilan bir qatorda, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning natijalarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha texnoparklarni tashkil etish maqsadida Fanlar akademiyasi va Oliy attestatsiya komissiyasining faoliyatini tanqidiy o‘rganish topshirildi.
Farmonda innovatsiyalarni joriy etishning qonuniy asoslarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan, ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari hamda qo‘llab-quvvatlash shakllarini, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni belgilovchi “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi va “Fan to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil etilishi innovatsion va ilmiy-texnikaviy rivojlanish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan. Yangi idora innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ro‘yobga chiqarish uchun byudjet mablag‘laridan oqilona foydalangan holda mavjud resurs va mablag‘larning safarbar etilishini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 26 noyabrdagi PQ- 1438-sonli “2012-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori reyting ko’rsatkishlarga yerishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” gi Qarori.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Xarakatlar strategiyasini “ Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o'rganish bo'yicha ilmiy-uslubiy risola. T.: 2017y
Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O'zbekiston. 2017y
Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz T.: O'zbekiston. 2017y
Хaydarov M.Т. Ashurova D.S. «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirish» - – Т.: ТDIU, 2007 yil– 185 bet.
N.M.Maxmudov, M.T.Asqarova, I.Yu.Umarov. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash. Darslik. - T.: «Fan va texnologiya», 2014, 234 b
M. Haydarov, M. Kalanova. «Makroiqtisodiy tahlil» o‘quv qo`llanma- T.: 2004-yil, 125-bet.
Otamurodov S. Globallashuv va millat. -T: Yangi asr avlodi. 2008. 201 b.