2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning
MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
O‘lchov birligi
|
Amaldagi ko‘rsatkich
|
Yillar bo‘yicha ko‘rsatkichlar
|
2023
|
2024
|
2025
|
2026
|
1.
|
Global innovatsion indeks reytingida O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash
|
o‘rin
|
86
|
74
|
68
|
62
|
56
|
2.
|
Innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari (texnologik parklar, texnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlar, innovatsiya markazlari, biznes-inkubatorlar va akselerator) soni
|
dona
|
25
|
45
|
55
|
65
|
75
|
3.
|
Innovatsion faol tadbirkorlik subyektlari soni (sanoat ishlab chiqarish tashkilotlarining umumiy sonida)
|
dona
|
613
|
930
|
1 215
|
1 500
|
2 250
|
4.
|
Ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar soni
|
dona
|
0
|
14
|
22
|
28
|
36
|
5.
|
Tashqi bozorlarga umumiy eksportda yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportining ulushi
|
%
|
2,1
|
3
|
4
|
5
|
6
|
6.
|
Ichki va tashqi bo�orlarda tijoratlashtirilgan ilmiy ishlanmalar soni
|
dona
|
150
|
250
|
275
|
300
|
325
|
7.
|
Xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotlarga investitsiyalari hajmi
|
mln so‘m
|
2 804
|
3 500
|
4 750
|
6 000
|
8 250
|
8.
|
Ishlanma va tadqiqotlarga ajratilgan xorijiy grantlar
|
mlrd so‘m
|
0
|
35
|
83
|
141
|
224
|
9.
|
Innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni
|
dona
|
6 000
|
9 000
|
13 500
|
18 000
|
25 000
|
10.
|
Tadqiqotlar va ishlanmalar uchun yalpi xarajatlar (YIMga nisbatan foizda)
|
foiz
|
0,15
|
0,17
|
0,19
|
0,21
|
0,24
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son Farmoniga 3-ILOVA
2.2.2 - jadval
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion hududga aylantirilayotgan tuman (shahar)lar
№
|
Hududlar
|
Tuman (shahar)lar
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
Mo‘ynoq tumani
Nukus tumani
|
2.
|
Andijon viloyati
|
Buloqboshi tumani
Marhamat tumani
|
3.
|
Buxoro viloyati
|
G‘ijduvon tumani
Romitan tumani
|
4.
|
Jizzax viloyati
|
Do‘stlik tumani
Paxtakor tumani
|
5.
|
Qashqadaryo viloyati
|
Qarshi tumani
Nishon tumani
|
6.
|
Navoiy viloyati
|
Karmana tumani
Qiziltepa tumani
|
7.
|
Namangan viloyati
|
Davlatobod tumani
Chust tumani*
|
8.
|
Samarqand viloyati
|
Nurobod tumani
Urgut tumani
|
9.
|
Sirdaryo viloyati
|
Boyovut tumani
Sirdaryo tumani
|
10.
|
Surxondaryo viloyati
|
Oltinsoy tumani
Termiz tumani
|
11.
|
Toshkent viloyati
|
Ohangaron tumani
Chirchiq shahri
|
12.
|
Farg‘ona viloyati
|
Oltiariq tumani
Buvayda tumani
|
13.
|
Xorazm viloyati
|
Gurlan tumani
Urganch tumani
|
14.
|
Toshkent shahri
|
Mirzo Ulug‘bek tumani
Olmazor tumani
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6198-son Farmoni bilan joriy etilgan.
Xulosa
2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, shu jumladan qishloq xo‘jaligi, energetika, qurilish, ta’lim, sog‘liqni saqlashda innovatsion va texnologik rivojlanishni ta’minlash va rag‘batlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan: respublikamiz 81 ta indikator bo‘yicha baholanadigan Global innovatsion indeksi reytingida 2015-yilga nisbatan 36 ta pog‘onaga ko‘tarildi; innovatsiya va ilm-fan sohalariga Davlat budjetidan ajratiladigan yillik mablag‘lar hajmi 2018-yilga nisbatan 3 baravarga oshirildi va 1,5 trillion so‘mga yetkazildi; yosh olimlar 2018-yilda 6,5 ming nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda ularning soni 10,8 ming nafarni tashkil etdi, ya’ni bir yarim baravarga o‘sdi; oxirgi 4 yilda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus institutlar (innovatsion jamg‘armalar, venchur tashkilotlar va boshqalar) soni 28 taga yetkazildi; 2018-yildan boshlab har yili o‘tkazilayotgan Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — “Innoweek.uz” xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlarni bir maqsad yo‘lida jamlovchi innovatsion texnologiyalar platformasiga aylanmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotning real sektorida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasi, ilm-fan, ta’lim va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari nisbatan past bo‘lib qolmoqda. Respublikada innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish maqsadida: 1. 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: innovatsion infratuzilma subyektlari (innovatsion texnologik park, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap akselerator, inkubator) tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish; yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan kompleks tizimini ta’minlash orqali innovatsiyalarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish; yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yo‘naltirish tizimini shakllantirish; ta’limning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish. Belgilansinki, Strategiya erishilgan natijalar va maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha tegishli asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, 2024-yildan boshlab alohida-alohida tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Keyingi yillardagi eng ustuvor va o‘ziga xos vazifa bu — tezkorlik bilan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, yuqori ish haqi taklif etadigan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘lib qoladi. Muammoning amaliy yechimlaridan biri sifatida innovatsiya — yuqori texnologik ish o‘rni tamoyiliga asoslangan mamlakatning o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlariga qaratilgan alohida strategik amaliy dasturlar ishlab chiqish zarur. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi 2022 — 2026-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasining yuqori texnologik va ilm-fanga asoslangan yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini hamda yuqori ish haqiga ega ish o‘rinlarini yaratish orqali uzoq muddatli yo‘nalishlari hamda rivojlanish dasturlari belgilab berilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |