Sanoat va iqtisodiyot


Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion faoliyatning ahamiyati



Yüklə 268,47 Kb.
səhifə10/13
tarix07.01.2024
ölçüsü268,47 Kb.
#206878
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Sanoat va iqtisodiyot (1)

2.2.Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion faoliyatning ahamiyati
Hozirgi kunda yaqin kelajakda innovatsion rivojlanish sohasida hal etilishi zarur bo‘lgan quyidagi asosiy muammolar saqlanib qolmoqda: birinchidan, mamlakatimizda har yili 600-700 ming aholi mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Shuningdek, oliy ta’lim bilan qamrov 2016-yilga nisbatan 9 foizdan 38 foizgacha oshdi va bu ko‘rsatkich yaqin kelajakda 50 foizgacha yetkaziladi. Bu esa oliygohlar bitiruvchilarini yuqori texnologik ish o‘rinlari bilan ta’minlashning samarador mexanizmlarini ishlab chiqishni talab etmoqda; ikkinchidan, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlashda innovatsiyalar yordamida ishlab chiqarish tashkilotlari va xizmat ko‘rsatishning turlarini oshirish orqali ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rag‘batlantirish hamda tarmoq tashkilotlari va klasterlar, venchur tashkilotlari va tegishli moliya bozorlarining turli vositalari ko‘magida kapital yaratishni, ya’ni arzonlashtirilgan va hammabop ishlab chiqarishni (“birni-mingga” aylantiradigan) ta’minlash tizimiga o‘tishga katta ehtiyoj mavjud; uchinchidan, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni davlat-xususiy sheriklikda moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va hajmini oshirish, xalqaro moliya tashkilotlari va jamg‘armalari mablag‘larini jalb qilish hamda tadbirkorlikka zarur ko‘nikmalarni texnoparklar, innovatsion markazlar va yoshlar texnoparklari orqali kichik va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni talab etmoqda; to‘rtinchidan, hududlarning iqtisodiy ixtisoslashuvi, ilmiy-texnik salohiyati va mavjud resurslarini hisobga olgan holda innovatsion rivojlanishning hududiy dasturlari ishlab chiqilmagan hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik bazasi uzluksiz yangilanishini ta’minlashga qaratilgan yechimlarni joriy qilishda innovatsion texnologiyalarga urg‘u va ustuvorlik berish talab qilinmoqda; beshinchidan, muvaffaqiyatli startap loyihalarni seriyali ishlab chiqarish bosqichlarida innovatsion texnoparklar va erkin iqtisodiy zonalar a’zoligiga qabul qilish orqali maqbul qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqilmagan, xususiy sektorning yangi ilmiy ishlanmalarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va innovatsiyalarni “hamkorlikda moliyalashtirish”ga (co-finance) bo‘lgan manfaatdorligini rag‘batlantirish uchun maxsus qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etilmagan; oltinchidan, respublikada “tubdan yangilovchi” — “barqaror”-”samarador” innovatsiyalarning siklik munosabatlarini (ya’ni, innovatsiyalarni) yaratish uchun innovatsiyaning o‘zi kapital ishlashi — “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot” davriyligini o‘zida mujassam etgan yaxlit tizim mavjud emas va uning asosiy jarayonlari o‘ta tarqoq shaklda qolib ketmoqda. Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda quyidagi sektorlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi: qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida muqobil va ekologik toza energiya manbai — “yashil” vodorod ishlab chiqarish, saqlash va qo‘llash bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni yaratish; yangi kompozit materiallarni ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish; robototexnika sohasini rivojlantirishga talaba-yoshlarni keng jalb qilish; biotexnologik mahsulotlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish hamda biotexnologik ishlanmalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etishni tashkil etish; global iqlim o‘zgarishlari sharoitida suv-tejovchi, tuproq unumdorligini oshiruvchi va yuqori hosildor ekin turlari va hayvon zotlarini yaratish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni yaratish; sanoat va klasterlash (mis va vinochilik) hamda shaharsozlik konsepsiyalarini ishlab chiqish va joriy qilish; sun’iy intellekt, buyumlar interneti hamda raqamlashtirish texnologiyalarini joriy qilish.

2.2.1- jadval



Yüklə 268,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin