Sanoatda elektroliz jarayonining qo’llanilishi reja



Yüklə 37,33 Kb.
səhifə4/7
tarix13.06.2023
ölçüsü37,33 Kb.
#129565
1   2   3   4   5   6   7
9.SANOATDA ELEKTROLIZ JARAYONINING QO’LLANILISHI

Anodlar inert va faol bo‘lishi mumkin. Faol anodlar elektroliz vaqtida oksidlanadi, inert anodlar o‘zgarmaydi. Inert anodlarga grafit, ko‘mir, platinadan yasalgan elektrodlar kiradi. Elektroliz natijasida olinadigan mahsulotlar toza bo‘lishi uchun katod va anod oraliqlarini ajratish kerak. Buning uchun diafragma qo‘llaniladi va filtrlovchi vertikal diafragmali elektrolizyorlar ishlatiladi. Elektrolizyorning anod sohasiga nay orqali uzluksiz osh tuzining konsentrlangan eritmasi (305 —310gg‘l) kiritiladi. Elektrolit doimiy ravishda anod sohasidan diafragma teshiklari (kovaklari) orqali katod sohaga o‘tib boradi. Katod sohasidagi vanna tubidagi nay orqali ishqor va parchalanmagan osh tuzidan iborat bo‘lgan suyuqlik chiqarilib turadi. NaOH mikdori 100-300 gg‘l, NaCl-180-200 gg‘l. Gorizontal diafragmali elektroliz vannalarida hosil bo‘lgan ishqor konsentratsiyasi 120—130 gg‘l ga teng. Ishqor konsentratsiyasi yuqori (650—700 gg‘l) va sifati toza (osh tuzi bilan aralashmagan) bo‘lishi uchun suyu+katodli elektrolizyorlar qo‘llash mumkin bo‘lgan. Simob katodda ajralib chiqayotgan natriy, simob bilan amalgama hosil qiladi.

NaQQe-+nHg→Na∙nHg (katod jarayoni va vanna tubida ishqor hosil bo‘lmaydi. Natriy amalgamasi hosil qilgan Na+ simob katodda razryadlanish potensiali -1,2 v (osh tuzining suvli eritmalarida bu potensial—2,71 v) bo‘lgani uchun u oson razryadlanadi.


  • NaQQe-+nHg→Na∙nHg (katod jarayoni va vanna tubida ishqor hosil bo‘lmaydi. Natriy amalgamasi hosil qilgan Na+ simob katodda razryadlanish potensiali -1,2 v (osh tuzining suvli eritmalarida bu potensial—2,71 v) bo‘lgani uchun u oson razryadlanadi.

  • Hosil bo‘lgan natriy amalgamasi elektrizyorning ikkinchi qismiga yuboriladi va suv bilan reaksiyaga kirishadi.

  • Na∙Hg+H2O→NaOH+Hg+H2↑

  • Ajralib chiqqan simob nasos yordamida elektrolizyorni yuqori qismiga ko‘tariladi va katod vazifasini bajaradi.

  • Garchan bu usulda juda toza va konsentrlangan ishqor eritmasi hosil bo‘lsa ham, uning qo‘llanilishi taqiqlab qo‘yilgan, chunki simob ekologik xavfsiz bo‘lmaydi. Dunyodagi hamma rivojlangan davlatlar ishqor ishlab chiqarishda membrana usuliga o‘tgan. Membrana usulida asbest kartonli diafragma o‘rniga issi+ishqor va xlorga chidamli bo‘lgan, ishqor ta’sirida yemirilmaydigan, ftortutgan polimerlardan yasalgan membranalar ishlatiladi. Membranalar kation almashuvchi bo‘lib, anod sohasidan katod soxasiga faqat Na+tashib beradi, va Sl- o‘tkazmaydi. Shu sababli hosil bo‘lgan ishqor sifati yuqori bo‘ladi.

Yüklə 37,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin