Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:
tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xomashyo va materiallarni, yoqilg‘i, elektr energiyasi va h.k. larni tejash);
ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni yengillashtirish;
mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish;
ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarish.
Fan va texnikaning roli shu qadar kattaki, bironta ijtimoiy-iqtisodiy vazifa ularning rivojlanishi hisobga olinmasdan turib hal qilinishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida, olimlarning ilmiy-amaliy tadqiqotlarida fan-texnika taraqqiyotining tavsiflovchi g‘oyat mukammal formulalari ta’riflab berilgan.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta asosiy yo‘nalishida foydalanish mumkin: