Hozirgi davrning eng muhim o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – bu milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida chuqur keskin o‘zgarishlar hosilqilayotgan fan va texnikaning shiddatli rivojidir.
Fan-texnika taraqqiyoti – bu juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. U ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti juda murakkab jarayon bo‘lib, ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.Fan va texnikani bir biridan faqat shartli ajratib ko‘rish mumkin. Aslida esa ular yonma-yon turadi. Shu sababli “Fan-texnika“ atamasi ko‘p ishlatiladi. Fan-texnika taraqqiyotining asosini ilmiy bilimlar tashkil etadi. Ilm va bilim asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa takomillashadi.

Fan-texnika taraqqiyoti – bu mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng yangi xomashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilarning umumiy ma’lumotini, mahoratini uzluksiz sistematik rivojlantirish va takomillashtirish ham fantexnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Yuqorida keltirilgan fikr va mulohozalar umumjamiyat miqyosida, iqtisodiyot, uning tarmoqlari, korxona (firma)larda va tashkilotlar miqyosida ham hisobga olinishi mumkin.