Sanoatkontexnazorat


III -bob. Kompressor qurilma uskunalarini joylashtirish



Yüklə 37,92 Kb.
səhifə3/13
tarix10.08.2023
ölçüsü37,92 Kb.
#139045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kompressor 222

III -bob. Kompressor qurilma uskunalarini joylashtirish
15. Portlash xavfi bo‘lgan va zararli gazlarni siqish yoki qo‘shimcha siqish uchun mo‘ljallangan kompressor qurilmalar alohida binolarda yoki yog‘in-sochindan himoyalangan bostirma ostida (agar kompressor qurilmalarni bunday joylashtirish mumkin bo‘lsa) joylashtirilishi lozim.
Ayrim asoslangan hollarda kompressor joylashgan mashina zali xonasining boshqa texnologik xonalarga tutashishi ruxsat etiladi.
Kompressor joylashgan mashina zali xonasi tutash xonalarda uskuna korroziyasini keltirib chiqaradigan moddalar ishlab chiqarish yoki saqlash ruxsat etilmaydi.
16. Kompressor qurilma joylashgan xona (mashina zali)da faqat kompressorlar bilan texnologik yoki konstruktiv bog‘liq quyidagi uskunalar o‘rnatilishi lozim:
filtrlar, moy-namajratgichlar, separatorlar, tortuvchi va haydovchi bufer idishlar (resiverlar), pogonalararo, ishga tushiruvchi va oxirgi gazsovutkichlar;
kompressor qurilmaning va mashina zali uchun umumiy produvka baklari, moytindirgich;
harakat mexanizmlarini moylash tizimlari, shu jumladan mashinalarning moy baklari;
silindr va salniklarni moylash tizimlari;
salniklarni yuvish tizimlari;
silindr moyini mashinalarga uzatish uchun bosimli sarflash idishi;
mahalliy boshqaruv shitlari;
ta’mirlash uchun moslamalar, asboblar va ehtiyot qismlar.
17. Moyni kompressorlarga markazlashgan holda uzatish va moy baklaridagi moyni almashtirish paytida ishlangan moyni yig‘ishni ta’minlash uchun mashina zali xonasidan tashqarida moy punktlari ko‘zda tutiladi.
18. Mashina zali xonasi qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
19. Mashinalar ishlaganda yuzaga keladigan shovqin darajasi uskunalarga xizmat ko‘rsatishda ish joylari uchun belgilangan me’yoriy miqdorlardan oshmasligi kerak.
Xizmat ko‘rsatish punktlari va mashinistlar uchun kabinalar soni hamda ularning joylashishi loyihada belgilanadi.
Kabinada kompressorlarni nazorat qilish va boshqarish mahalliy shitlarini joylashtirish ruxsat etiladi.
Mashinist kabinalari aloqa va signalizatsiya vositalari bilan loyihaga muvofiq jihozlanadi.
20. Kompressorlar o‘rtasidagi masofa o‘tish joylarini hamda montaj va ta’mirlash ishlari bajarilishini ta’minlash sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Uskunaga xizmat ko‘rsatish fronti bo‘ylab asosiy o‘tish joylarining kengligi kamida 1,5 m, uskuna va bino devorlari (ularning chiqib turuvchi qismlari) o‘rtasidagi masofa esa kamida 1 m bo‘lishi kerak.
21. Mashina zalida ochiq kanallar va o‘rachalar qurish ruxsat etilmaydi.
22. Mashina zalida uskunalar yoki ularning alohida qismlarini tashib keltirish va tashib ketish uchun darvozalar, shuningdek qavatlar o‘rtasida montaj tuynugi ko‘zda tutilishi kerak.
23. Mashina zalining balandligi va statsionar yuk ko‘tarish vositalari ilgagining pastki nuqtasi ayrim mashinalarda ta’mirlash ishlarini bajarish chog‘ida kompressorning alohida yig‘uv birliklarini yuk ko‘tarish mexanizmlari yordamida tashish sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim.
24. Silindrlarida chuqur joylashgan klapanlar va xizmat ko‘rsatish uchun qo‘l etishi talab etiladigan boshqa qismlar bo‘lgan kompressorlarning poydevorlarida pastki belgilari nul (0.00) belgi chegarasidan chiqmaydigan tokchalar qurilishi lozim.
25. Tortuvchi va haydovchi kollektorlar, odatda, binodan tashqarida joylashtiriladi. Asoslangan hollarda ularni mashina zalida o‘tkazish ruxsat etiladi. Bunda ularni bino konstruksiyalariga qattiq mahkamlash ruxsat etilmaydi.
26. Mashina zalida ta’mirlash ishlari uchun maydonchalar ko‘zda tutilishi tavsiya etiladi.
27. Mashina zalining eshik va oynalari tashqariga ochilishi kerak.
28. Kompressor joylashgan mashina zalida uskunani montaj qilish, demontaj qilish va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun statsionar yuk ko‘tarish qurilmalari ko‘zda tutilishi lozim.
29. Ish joylaridagi tovush bosimi, shovqin va vibratsiyaning yo‘l qo‘yiladigan darajalari me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
30. Kompressor ishi bilan bog‘liq zararli ta’sirlarni kamaytirish uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi lozim:
a) kompressor poydevorlari bino konstruksiyalari (devor poydevorlari, tomyopmalar va h.) dan ajratiladi;
b) yondosh kompressorlarning poydevorlari o‘rtasidagi maydonchalar poydevorlarga erkin tayangan qo‘shimcha tarzda quriladi;
v) mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda poydevorlar vibratsiyadan himoyalovchi izolatsiya qilinadi;
g) mashinalarga ulanadigan quvurlar bino konstruksiyalariga qattiq mahkamlanmasligi lozim; qattiq mahkamlash talab etiladigan hollarda tegishli vibroizolatsiya qurilmalari ko‘zda tutilishi kerak;
d) bosim pulsatsiyasini so‘ndirish uchun diafragmalar va bufer idishlar o‘rnatilishi, ularning konstruktiv parametrlari va o‘rnatiladigan joylari tizimda gazodinamik hisob-kitoblar yordamida yoki tajriba yo‘li bilan aniqlanishi kerak; bir nechta kompressorlar parallel ishlaganda qurilmalar har qaysi kompressor uchun o‘rnatiladi;
e) o‘raladigan quvurlarni loyihalashda qayrilgan joylarning ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik; quvurlar yo‘nalishini o‘zgartirish eng katta burilish radiusi yordamida bajarilishi kerak;
j) quvurlar mahkamlanadigan joylar asosiy garmonika qo‘zg‘atuvchi impulsi ƒqo‘zg‘ (gaz bosimi pulsatsiyasining kattaligi maksimal qiymatlarga etadigan qiymat) chastotasining quvurlar erkin tebranishi ƒquv chastotasiga nisbati quyidagi shartlarga javob beradigan masofalarda joylashishi kerak:
ƒvozm / ƒ 0,75 ili ƒvozm / ƒtr 1,3
bu yerda ƒqo‘zg‘ = FN,
N — garmonikaning raqami,
G‘ — kompressor valining aylanish chastotasi, 1/s.
Izoh: oddiy ishlaydigan bir silindrda N 1 ga teng. Oddiy ishlaydigan harakatlanish burchagi 180° bo‘lgan ikki silindrda yoki ikki barobar ishlaydigan bir silindrda N 2 ga teng. Quvurda gaz bosimining pulsatsiyasi rezonansli (yoki rezonansliga yaqin) bo‘lganda garmonika raqami akustik hisob-kitoblar yordamida aniqlanadi.
31. Kompressor poydevorlarining yo‘l qo‘yiladigan vibrotebranish amplitudalari qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
32. Yangi yoki rekonstruksiya qilinadigan mashinalarni loyihalashda silindrlar, pog‘onalar o‘rtasidagi apparatlar, quvurlar, elektr dvigatellari podshipniklari vibratsiyasini nazorat qilish ko‘zda tutilishi lozim.
33. Kompressor qurilmalarining idishlari va apparatlari (xolodilniklar, bufer idishlar, moy-namajratgichlar va h.) me’yoriy-texnik hujjatlarning talablariga muvofiq tayyorlangan bo‘lishi kerak.
34. Kompressor qurilmalaridan foydalanishda kondensat yoki boshqa suyuq mahsulotlar to‘planib qolishi mumkin bo‘lgan idishlar va apparatlar suyuqlikni chiqaruvchi qurilmalar bilan jihozlanadi.
35. Kompressor qurilmalarining idishlari va apparatlarida gidravlik sinovlar o‘tkazish, yuvish va produvka qilish uchun mo‘ljallangan suv, inert gaz liniyalarini ulash uchun shtutserlar ko‘zda tutilishi lozim.
36. Kompressor qurilmalari xolodilniklarining konstruksiyalarida ularni tozalash, produvka qilish va presslash hamda sovutuvchi suv va gazni oqib ketishiga, shuningdek vibratsiyani oldini olish imkoniyatlari ko‘zda tutilishi lozim.
37. Bufer idishlarning sig‘imi bosim notekislik darajasi 5 ning δ ≤ 3 x R-0,34M bo‘lishini hisobga olgan holda tanlanadi, bu yerda R — ishchi bosim (absolyut), MRa.
Bufer idishlar hajmlariga gazodinamik hisob-kitoblar yordamida asoslagan holda moy-namajratgichlarning hajmlarini ham kiritish mumkin.
38. Portlash xavfi bo‘lgan va zararli gazlarni siqadigan kompressor qurilma quvurlarini yer ostidan va kanal bo‘ylab o‘tkazish ruxsat etilmaydi.
39. Kompressor qurilmalarning o‘rama quvurlarini loyihalashda me’yoriy-texnik hujjatlar va qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga rioya qilinishi lozim.
40. Kompressor qurilmalar o‘rama quvurlarining flanetsli ulanmalari soni minimal bo‘lishi kerak.
41. Tortuvchi va haydovchi quvurlarni o‘tkazishda vibratsiyaning ta’siri hisobga olinishi lozim.
42. Quvurlar harorat deformatsiyasi, statik va dinamik yuklarni kompensatsiyalashni ta’minlashi kerak.

Yüklə 37,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin