O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI “SANOATKONTEXNAZORAT” BOSHLIG‘INING
BUYRUG‘I
PORTLASH XAVFI BO‘LGAN VA ZARARLI GAZLARDA ISHLAYDIGAN PORSHENLI KOMPRESSOR QURILMALARNING TUZILISHI VA ULARDAN FOYDALANISH XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 28-may 20-15-199/12-son] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Portlash xavfi bo‘lgan va zararli gazlarda ishlaydigan porshenli kompressor qurilmalarning tuzilishi va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari tasdiqlansin.
2. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
Inspeksiya boshlig‘i I. XOLMATOV
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2009-yil 5-maydagi 86-sonli buyrug‘i bilan
“TASDIQLANDI”
PORTLASh XAVFI BO‘LGAN VA ZARARLI GAZLARDA IShLAYDIGAN PORShENLI KOMPRESSOR QURILMALARNING TUZILIShI VA ULARDAN FOYDALANISh XAVFSIZLIGI QOIDALARI
“Portlash xavfi bo‘lgan va zararli gazlarda ishlaydigan porshenli kompressor qurilmalarning tuzilishi va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi 57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish haqida”gi qaroriga muvofiq “O'ZKIMYOSANOATLOYINA” OAJ tomonidan qayta ko‘rib chiqildi va, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat yuritadigan va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi barcha tashkilotlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Ushbu Qoidalar 1-chi va 2-chi xavflilik sinfidagi portlash xavfi bo‘lgan va zararli gazlarda ishlaydigan porshenli kompressor qurilmalaridan foydalanishda sanoat xavfsizligini ta’minlash, avariyalar, ishlab chiqarish travmatizmi holatlarini oldini olishga qaratilgan talablarni belgilab beradi.