4-§. Sovutish tizimi 74. Kompressor qurilmalar ishonchli suv yoki havoli sovutish tizimi bilan ta’minlanadi.
75. Suv bilan sovutiladigan kompressor qurilmalar uchun yopiq sovutish sirkulatsiya tizimi qo‘llaniladi.
76. Yopiq sovutish tizimi qo‘llanilganda kompressor qurilma tegishli suv oqimini nazorat qilish va suvning gaz bo‘shlig‘iga tushishini oldini olish vositalari bilan jihozlanishi lozim. Nazorat usullari va davriyligi ishlab chiqargan zavod tomonidan berilgan kompressorlardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatiladi. Ishlangan suv kollektorining mashina zalidan chiqish joyida gazning suv bo‘shliqlariga tushishini aniqlovchi qurilmalar ko‘zda tutilishi, signalizatsiya kompressor xonasidagi shitga chiqarilishi kerak.
77. Siqilganda kondensat tushishi mumkin bo‘lgan gazlarda yoki gazli aralashmalarda ishlaydigan kompressor qurilmalarda silindr devorlarining harorati siqilayotgan gazdan yoki gaz aralashmasi komponentlarining biridan kondensat ajralish haroratidan kamida 10°S yuqori bo‘lishi kerak.
78. Sovutish tizimidan suvni tushirish uchun tushirish moslamalari va havo ventillari ko‘zda tutiladi hamda ularga borish qulayligi ta’minlanadi.
79. Kompressorlarning sovutish tizimida ishlatiladigan suvning sifati ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan hujjatlarda belgilanadi:
muallaq zarrachalar konsentratsiyasi ko‘pi bilan 25 g/m3;
qattiqlik ko‘pi bilan 5 mol/m3.
80. Kompressor xonasidagi vodoprovod tizimining o‘tkazish qobiliyati ishchilar va zaxira kompressorlarning qisqa muddatli bir vaqtda ishlashi sharoitidan kelib chiqib tanlanadi va loyihada asoslanadi.
5-§. Moylash tizimi va moylar 81. Moylash tizimlari kompressorlarga moyning uzluksiz kelib turishini ta’minlashi kerak.
82. Harakatlanish mexanizmini moylash va salniklarni yuvish uchun sirkulatsion (yopiq kontur bo‘ylab majburiy) tizimlar qo‘llanilishi lozim.
83. Silindr va salniklarni moylash uchun moyni moylash stansiyalari lubrikatorlaridan uzatadigan bosim ostida moylash tizimi qo‘llanilishi lozim. Ishlatiladigan moylarning chaqnash harorati haydalayotgan gazning haroratidan kamida 20°S yuqori bo‘lishi kerak.
84. Harakatlanish mexanizmini moylash va salniklarni yuvish sirkulatsiya tizimlarida moyni zarrachalardan ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan yo‘l qo‘yiladigan me’yorlargacha tozalash imkonini beradigan filtrlash qurilmalari o‘rnatiladi.
85. Harakatlanish mexanizmini moylash va salniklarni yuvish sirkulatsiya tizimlarida bosimni nazorat qilish moslamalari va moy bosimini tartibga solish klapanlari ko‘zda tutilishi kerak.
86. Kompressorlarning uzellari (harakatlantirish mexanizmi, silindr va salniklar) ni moylash uchun ishlatiladigan moylar ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan berilgan yo‘riqnoma talablariga muvofiq tanlanadi.
87. Har qaysi silindr va salniklarni moylash uchun moy uzatish liniyasi teskari klapan bilan jihozlanishi lozim.
88. Markazlashgan moylarni uzatish va quyish tizimida quyidagilar ko‘zda tutilishi lozim:
yangi kompressor moyi (silindr va salniklarni moylash va salniklarni yuvish uchun) uchun mo‘ljallangan va bochkalardan moyni haydovchi nasosga ega idish;
mashina zalida kompressorlar o‘rnatilgan belgidan 3-4 m balandda joylashgan, kompressor lubrikatorlariga moy yuboriladigan moy solingan bosimli bak;
ishlangan mashina moyini idishidan bochkalarga yoki avtotsisternalarga haydaydigan qurilma.
89. Ishlangan kompressor moyi takroran ishlatish uchun regeneratsiya qilingandan keyin va fizik-kimyoviy xossalari standartga va moyning texnik shartlariga muvofiqligi bo‘yicha ijobiy laboratoriya natijalari olingandan so‘ng ruxsat etilishi mumkin.
90. Nasoslardan foydalanilganda yangi va ishlangan moylarning aralashishiga, shuningdek moyning polga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
91. Nasoslarning haydash liniyalarida moylarni idishga haydashdan oldin tozalash uchun filtrlar ko‘zda tutilishi lozim.
92. Moyni kompressorlarning moy yig‘gichlari (karterlari) dan ishlangan moy idishiga haydashni harakatlanish mexanizmini sirkulatsion moylash tizimi nasoslari yordamida amalga oshirish tavsiya etiladi. Buning uchun nasoslarning haydash liniyasida chetga chiqarish moslamasi va tegishli armatura ko‘zda tutilishi kerak.
93. Harakatlanish mexanizmini sirkulatsion moylash tizimining moy nasosi mashinaning tirsakli validan harakatlanadigan kompressorlar uchun moy baklaridan moyni haydash bir nechta mashina uchun umumiy bo‘lgan nasos yordamida amalga oshirilishi lozim.
94. Kompressorlar isitilmaydigan xonada o‘rnatilganda, qishda ulardan foydalanish ishonchliligini ta’minlash uchun moyni va barcha moy quvurlarini oldindan qizdirish ko‘zda tutilishi lozim; moyning quyulishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun issiqlik tashuvchining harorati 110°S dan yuqori bo‘lishi kerak.
Kompressorlarni moylash tizimida mashinani ishga tushirishda ham, u ishlayotganda ham moy haroratini belgilangan doirada bo‘lishini ta’minlovchi termostat qurilmasi qo‘llanilishi kerak.
95. Kompressor qurilmani ishlab chiqargan zavod tomonidan berilgan yo‘riqnomalarda moyni almashtirish davriyligi, shuningdek moy quvurlarini tayyorlashga qo‘yiladigan, ularda chiqindilarning to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus talablar (ichki sirtlarni tozalash, yuvish va h.) ko‘rsatilishi lozim.