Sanoatkontexnazorat


VI bob. Kompressor qurilmalarni montaj qilish, sozlash, sinovdan o‘tkazish va qabul qilish



Yüklə 37,92 Kb.
səhifə10/13
tarix10.08.2023
ölçüsü37,92 Kb.
#139045
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kompressor 222

VI bob. Kompressor qurilmalarni montaj qilish, sozlash, sinovdan o‘tkazish va qabul qilish
135. Kompressor qurilmalarni qurish, montaj qilish va sozlash ishlari ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan yo‘riqnomalarga, loyiha va texnologik hujjatlar, amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar, qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
136. Montaj yoki kapital ta’mirlangandan keyin kompressorni dastlabki ishga tushirish bajarilgan ishlarning sifatini, bosqichlar o‘rtasidagi apparat va quvurlarni yuksiz yurgizib sinab ko‘rishga va produvka qilishga tayyorligini tasdiqlovchi pasport va dalolatnomalar bo‘lganda ruxsat etiladi.
137. Yuk ostida chiniqtirish montaj qilish, ishga tushirish, rostlash va chiniqtirish bo‘yicha yo‘riqnoma; ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan ko‘rsatma va ishlab chiqarish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan yo‘riqnomaga muvofiq portlash xavfi bo‘lgan aralashma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Chiniqtirishdan oldin nazorat va avtomatika tizimlarining ishlashini, har qaysi chiniqtirish turi uchun belgilangan tegishli parametrlar bo‘yicha avariyaga qarshi himoya (AQH) tizimlarining blokirovkalarini, valni burish qurilmasi yordamida kompressor valining aylanishini tekshirish lozim.
Har bir sinov turiga tayyorlik va ularning natijalari tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
138. Kompressor qurilma quvurlari va apparatlarini montaj qilishda ularning ichki yuzalari tozaligi ta’minlanishi lozim.
Tozalash maqsadida produvka qilish ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan texnik hujjatlardagi ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqilgan yo‘riqnomaga qat’iy rioya qilgan holda bajarilishi lozim.
139. Kompressorni salt holatda chiniqtirish chog‘ida silindrlarning bo‘shlig‘iga va tortish quvurlariga begona predmetlar va chang tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli choralar qabul qilinishi kerak.
140. Chiniqtirishdan oldin harakatlanish mexanizmlarini moylash va salniklarni yuvish sirkulatsiya tizimlarini, shuningdek silindr va salniklarni moylash tizimlarini tayyorlash paytida har qaysi moylash tizimiga moyning kelishi, nazorat va avtomatika tizimlari, blokirovkalar va avariya signalizatsiyasining ishlashi tekshirilishi lozim. Beriladigan moy miqdori ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan hujjatlar bo‘yicha me’yorlanadi.
141. Sovutish tizimini sinab ko‘rish chog‘ida silindrlarning qobiqlarida va apparatlarda havo tiqinlarining yo‘qligiga, quyish qurilmasi ochiq bo‘lganda suvning ravon oqishiga yoki quyish qurilmasi yopiq bo‘lganda nazorat ventillarining ochilishiga (har qaysi sovutish nuqtasi uchun alohida) ishonch hosil qilinishi kerak.
142. Kompressor dvigatelini ishga tushirishga tayyorlash va uni ishga tushirish ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
143. Kompressor asta-sekin bir necha bosqichda yuklanishi kerak. Bosqichlar bo‘yicha bosim miqdorlari va bunday bosimda ishlash vaqti kompressorni ishga tushirish va undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilishi lozim.
144. Har qaysi chiniqtirish turi tugagandan keyin uzel va detallarning holati ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan berilgan montaj qilish, ishga tushirish, rostlash va chiniqtirish bo‘yicha yo‘riqnoma va foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmaga muvofiq tekshirilishi lozim.
145. Kompressor qurilmalar tayyorlangandan keyin o‘rnatilgan tartibda topshirish-qabul qilish va (yoki) qabul qilish sinovlaridan o‘tkazilishi kerak.
146. Sinovdan o‘tkazish dasturlari va uslubiyotlarida xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishini, barcha kompressor qurilma uzellari va agregatlarining ishlashini tekshirish, vibratsiya, shovqin va h. larni o‘lchash ko‘zda tutilishi lozim. Sinov natijalari o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
147. Kompressor qurilmani sinovdan o‘tkazish paytida barcha sinov ishtirokchilarining xavfsizligi ta’minlanishi lozim.
148. Kompressor qurilma yaqinida polda moy bo‘lishi ruxsat etilmaydi.
149. Kompressorga konstruktiv ulanmagan apparatlarning uzib qo‘yiladigan oxirgi idishlarini sinovdan o‘tkazish me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
150. Quvurlarni kompressor qurilma tarkibida gidravlik va (yoki) pnevmatik sinovdan o‘tkazish sanoat xavfsizligiga doir me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
151. Sinovlar natijalari bo‘yicha kompressor qurilmani foydalanishga qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Yüklə 37,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin