6-§. Saqlovchi to‘siqlar 96. Uskunaga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan barcha maydonchalarda kamida 1 m balandlikdagi to‘siqlar va tagidan kamida 0,15 m balandlikda yaxlit qoplama bo‘lishi kerak.
Bunday to‘siq va qoplamalarda montaj teshiklari bo‘lishi kerak.
97. Uskunaga doimiy (har smenada) xizmat ko‘rsatiladigan va har qanday balandlikda joylashgan maydonchalarga qo‘yilgan narvonlar 45° ga, uskunaga vaqti-vaqti bilan xizmat ko‘rsatiladigan maydonchalarga qo‘yiladiganlari esa — 60° ga qiya bo‘lishi kerak.
98. Uskunaga vaqti-vaqti bilan xizmat ko‘rsatiladigan va pol sathidan ko‘pi bilan 3 m balandlikda joylashgan maydonchalarga chiqish uchun vertikal narvonlar o‘rnatish ruxsat etiladi.
Narvon pog‘onalarining balandligi 45° qiyalikdagi narvonlar uchun 0,2 m, 60° qiyalikdagi va vertikal narvonlar uchun esa 0,3 m bo‘lishi kerak.
45° va 60° qiyalikdagi narvonlar pog‘onalarining kengligi kamida 0,2 m bo‘lishi kerak.
Poldan kranlarning chiqish, ta’mirlash maydonchalariga chiqish uchun mo‘ljallangan narvonlar 45° va 60° qiyalikni hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak.
99. Narvonlarning pog‘onalari rifellangan po‘lat listlardan yoki qirqma-tortma po‘lat listlardan, vertikal narvonlarning pog‘onalari esa to‘g‘ri burchak yoki kvadrat kesimli uch-to‘rtta metall chiviqdan tayyorlanishi lozim. Kompressor va uning uskunasining barcha harakatlanadigan va aylanadigan qismlari (maxoviklar, vallar, muftalar, uzatmalar va h.) ishonchli to‘silishi lozim:
a) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning qo‘li etadigan sharoitlarda joylashgan maxoviklar, shkivlar va boshqa aylanadigan qismlar va uzatmalar — yaxlit yoki to‘rsimon to‘siqlar bilan;
b) vallar, gaykalar, boltlar, shponkalarning va kompressor uskunasi boshqa elementlarining chiqib turadigan uchlari dumaloq silliq g‘iloflar (kojuxlar) bilan bekitilishi lozim;
v) mahalliy panajoylar, shitlar va to‘siqlar echib olinadigan yoki qismlarga oson ajraladigan bo‘lishi kerak.
100. Yirik to‘siqlar uskunani ta’mirlash chog‘ida va tashishda kulay bo‘lishi uchun ularni qismlarga ajratish imkoniyatini ta’minlovchi ajralish joylariga ega bo‘lishi kerak.
101. To‘siqlarning uzel va detallari ishonchli mahkamlangan va yetarli darajada pishiq va qattiq bo‘lishi kerak.
102. Belgi-o‘zgaruvchan va pulsli yuklar ostidagi, titraydigan yoki qaytuvchi-kiruvchi yoki aylanma harakat bajaradigan barcha ajraladigan ulanmalar, detallar va yig‘uv birliklari uchun loyihada gaykalarning o‘z-o‘zidan bo‘shashiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar ko‘zda tutilishi lozim.
103. Harorati 45°S dan yuqori bo‘lgan apparatlar va quvurlarning yuzalari ish joylarida va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning asosiy o‘tish joylarida izolatsiyalanishi yoki to‘silishi kerak.
Kompressor silindrlarining tashqi yuzalari izolatsiyalanmaydi.