Sanoatkontexnazorat



Yüklə 37,92 Kb.
səhifə2/13
tarix10.08.2023
ölçüsü37,92 Kb.
#139045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kompressor 222

I-bob. Umumiy qoidalar
1. “Portlash xavfi bo‘lgan va zararli gazlarda ishlaydigan porshenli kompressor qurilmalarining tuzilishi va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari” (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar):
a) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida kompressor qurilmalarini loyihalash, montaj qilish, foydalanish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va konservatsiyalashda;
b) kompressor qurilmalarining sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazishda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
2. Mazkur Qoidalar loyihalanayotgan, yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan kompressor qurilmalariga, shuningdek ishlab turgan porshenli kompressor qurilmalariga joriy etiladi.
3. Qoidalar sovutish va kislorodli kompressor qurilmalariga, shuningdek radioaktiv gazlarda va atsetilen qatoridagi gazlarda ishlaydigan kompressor qurilmalariga joriy etilmaydi.
4. Porshenli kompressor qurilmasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan berilgan texnik hujjatlar, texnologik reglamentlar, mazkur Qoidalar va sanoat xavfsizligiga doir boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
II-bob. Kompressor qurilmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar
5. Kompressor qurilmalarni loyihalash amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiq bajariladi.
6. Portlash xavfi bo‘lgan gazlarda ishlaydigan kompressorlarga dvigateldan harakatni uzatish elektr dvigateli rotorini bevosita kompressor valining ustiga o‘tqazib mufta va reduktor orqali hamda kompressor va elektr dvigateli vallarining tortuvchi boltlar yordamida ulangan flanetsli ulanmasi orqali va istisno tariqasida, ponali-tasmali qurilmasi orqali amalga oshirilishi mumkin. Ponali-tasmali uzatmalar tok o‘tkazuvchi tasmalardan tayyorlanishi yoki statik elektr zaryadini qaytaradigan elektr o‘tkazuvchi modda bilan ishlov berilishi lozim. Yassi tasmali uzatmalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
7. Agar kompresslanayotgan gaz bir vaqtning o‘zida ham zararli, ham portlash xavfiga ega bo‘lsa, kompressor qurilmasi uchun ham zararli, ham portlash xavfi bo‘lgan gazlarda ishlaydigan uskunalarga qo‘yiladigan talablar hisobga olinishi lozim.
8. Kompressor qurilmadan loyihadagidan farq qiladigan parametrlar va muhitlarda foydalanish uni ishlab chiqargan va loyihasini ishlab chiqqan tashkilot yoki ixtisoslashgan loyiha tashkiloti bilan kelishilishi lozim.
9. Ifloslangan gazlarda ishlaydigan kompressor qurilmalar uchun tortuvchi liniyada filtrlari va produvka qurilmalari bo‘lgan statsionar idishlar o‘rnatilishi lozim.
10. Chiniqtirish davrida, zarur hollarda esa dastlabki ishlash davrida, tortish joyida toza gaz hosil bo‘lgunga qadar barcha kompressor qurilmalarda silindrlarga mexanik aralashmalarning tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan vaqtinchalik filtrlar o‘rnatilishi lozim. Filtrlarning soni va konstruksiyasi kompressor qurilma loyihasida belgilanadi.
11. Nam gazda ishlaydigan kompressor qurilmalari uchun tortuvchi liniyada statsionar namajratgichlar o‘rnatilishi lozim. Ularning konstruksiyasi kompressor qurilma loyihasida belgilanadi.
12. Elektr uskunalarning portlashdan himoyalanish darajasi elektr qurilmalarining tuzilishi (EUT) ga qo‘yiladigan talablarga muvofiq tanlanadi.
13. Kompressor qurilma xonasining toifasi portlashdan himoyalanish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy-texnik hujjatlarning talablariga muvofiq belgilanadi.
14. Kompressor qurilmaning detallari va uzellarini tayyorlash uchun materiallar ishchi gazning xossalari, bosim va harorat kattaligi, atrof-muhit iqlimi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korroziyani hisobga olgan holda tanlanishi lozim.
Gaz quvurlari va produvka quvurlarida, ishchi bosimdan qat’i nazar, po‘lat armatura o‘rnatilishi lozim.

Yüklə 37,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin