IV bob. Kompressor qurilmalarning ayrim uzellariga qo‘yiladigan spetsifik talablar 1-§. Germetiklikka qo‘yiladigan talablar 43. Kompressor qurilmaning germetikligini ta’minlash uchun:
fonarlar yoki yo‘naltiruvchilarning chiroq qismlaridan;
salniklardan va salniklarni yuvish tizimi bakidan;
past bosimli produvka idishidan gazni chiqarish ko‘zda tutilishi lozim.
44. Uskunaning germetikligi avariyaviy buzilganda uzib qo‘yuvchi qurilmalarni ishlab ketish vaqti minimal bo‘lishi, lekin reglamentda belgilangan bosim manbalarini uzib qo‘yish vaqtidan kam bo‘lmasligi kerak.
45. Chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalar (ChYQK) bo‘yicha gazlanganlikni nazorat qilish uchun ishlab chiqarish xonalarida, ochiq tashqi qurilmalarning ish hududida chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan miqdorlar signalizatsiyasiga ega avtomatik gaz tahlili vositalari ko‘zda tutiladi.
Bunda barcha gazlanganlik holatlari asboblar yordamida qayd etilishi kerak.
Analizator datchiklari yoki namuna olish qurilmalari joylashtiriladigan joylar va ularning soni loyihada belgilanadi.
46. Produvka bakidan, produvka baklariga o‘rnatilgan saqlovchi klapanlardan va kompressor qurilmaning boshqa uzellaridan chiqadigan portlash xavfi bo‘lgan yoki zararli gazlar hamda salniklardan chiqayotgan gazlar maxsus yopiq tizimga tashlanishi va keyin yana ishlab chiqarishga qaytarilishi yoki mash’ala qurilmasiga yuborilishi kerak.
47. Kompressor qurilmaning kondensat va moy yoki kondensat bilan moy aralashmasi to‘planishi mumkin bo‘lgan uzellari gazdan kondensat va moyni ajratish uchun produvka bakiga produvka qilinishi kerak.
48. Gaz liniyasi bo‘ylab produvka baki 1-chi bosqich tortuvchi liniyaga yoki kompressor qurilmaning boshqa uzellaridan gaz chiqariladigan yopiq tizimga ulanishi lozim.
49. Ko‘p pog‘onali siqish ko‘zda tutilgan qo‘shimcha siqish kompressor qurilmalarida apparatlarni produvka qilish doimiy tarzda 1-chi bosqich tortuvchi liniyaga va produvka ventili orqali past bosimli produvka bakiga ulangan yuqori bosimli produvka bakiga amalga oshirilishi kerak. Past bosimli produvka baki doimiy tarzda yopiq tizimga ulangan bo‘lishi kerak.
50. Kompressor qurilmalar germetiklikni nazorat qilishni ta’minlash va gaz chiqishini oldini olish uchun loyihaga muvofiq gidrozatvorlar, tushirish ventillari (havo ventillari) yoki qo‘sh qulf armaturasi bilan jihozlanishi lozim.
51. Kompressor qurilmalar loyiha va me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq saqlovchi klapanlar bilan jihozlanishi lozim.
52. Qulf armatura germetikligi bo‘yicha me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq tanlanadi va loyihada asoslanadi.
53. Kompressor qurilmalarni ham tortish, ham haydash bo‘yicha uzib qo‘yish orasiga havo ventillari o‘rnatilgan qo‘sh armatura yordamida amalga oshiriladi.
Agar tortish bosimi ortiqcha bosimdan 0,1 MRa past bo‘lsa, qurilmani tortish liniyasi bo‘yicha uzish bitta qulf organ yordamida amalga oshirilishi ruxsat etiladi.
Asoslangan hollarda qulf surma klapanlarining birini o‘rniga burama tiqindan foydalanish ruxsat etiladi. U kompressor tomondan o‘rnatiladi.
54. Gaz olinadigan liniyalarda kompressorni uzish oraliq bosqichlardan keyin orasiga havo ventillari o‘rnatilgan qo‘sh qulf organ yordamida amalga oshiriladi.
55. Qulf, rostlovchi va saqlovchi armatura turi loyiha va sanoat xavfsizligiga doir me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq tanlanadi.