Sanoatkontexnazorat


-§. Inert gaz bilan produvka qilishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 37,92 Kb.
səhifə5/13
tarix10.08.2023
ölçüsü37,92 Kb.
#139045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kompressor 222

2-§. Inert gaz bilan produvka qilishga qo‘yiladigan talablar
56. Porlash xavfi bo‘lgan va zararli gazlarda ishlaydigan kompressor qurilmalar loyiha va me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq produvka inert gazi yoki havo bilan ta’minlanadi.
57. Har bir produvka uchun bir vaqtda produvka qilinadigan mashinalar soni, ularning sig‘imi va produvka davomiyligi bilan belgilanadigan inert gaz miqdori qurilmada siqiladigan gaz konsentratsiyasini sanitariya me’yorlarigacha kamaytirish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
58. Produvka gazlarining parametrlari, shu jumladan inert gaz tarkibidagi kislorod va mexanik aralashmalarning miqdori loyihachi tomonidan me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq belgilanadi.
59. Kompressor qurilma uskunasini inert gaz bilan produvka qilish davomiyligi uni ishlab chiqargan zavod tomonidan berilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan bo‘lishi va quvurlarning to‘xtab qoladigan uchastkalari va boshi berk joylardagi idishlarni produvka qilish ta’minlanishi kerak.
60. Kompressor qurilma apparatlarining produvka liniyalarida ikkitadan ventil o‘rnatilishi, ulardan biri drossel, ikkinchisi esa qulf vazifasini bajarishi kerak.
61. Produvka quvurlari quyidagilar bo‘yicha hisob-kitob qilinadi:
qulf va drossel organgacha — bosqichning ishchi bosimi bo‘yicha;
qulf organdan keyin produvka bakigacha — gaz to‘liq ochilgan produvka qulf organlari orqali o‘tganda gazodinamik hisob-kitoblar yordamida aniqlangan bosim bo‘yicha;
produvka bakidan keyin — produvka bakida saqlovchi klapanni ochilish bosimi bo‘yicha.
62. Agar mashina zalida bir nechta kompressor o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning birini havoda yurgizib sinab ko‘rish chog‘ida havoda ishlaydigan mashina produvkasini umumiy produvka kollektoriga va, mos ravishda, produvka bakiga yo‘naltirish ruxsat etilmaydi. Havoda yurgizib sinab ko‘rish chog‘ida kompressor qurilmani uzib qo‘yish quvurlarning echib olinadigan uchastkalari yordamida amalga oshiriladi.
63. Produvka usuli (qo‘lda yoki avtomatik tarzda) kompressor qurilmani boshqarish loyihasida belgilanadi.

Yüklə 37,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin