3-§. Saqlovchi qurilmalar 64. Kompressorning har qaysi bosqichi haydash liniyasida saqlovchi klapan bilan jihozlanishi lozim. Qo‘shimcha siqadigan kompressor qurilmalarda 1-chi bosqichdan oldin ham saqlovchi klapan ko‘zda tutilishi lozim.
65. Saqlovchi klapan drossellanish chog‘ida issiqlik ta’sirini hisobga olgan holda gaz bosimi pulsatsiyasi eng kam bo‘lgan joylarda o‘rnatilishi kerak. Saqlovchi klapangacha va undan keyin qulf armatura o‘rnatish ruxsat etilmaydi.
66. Agar drossellanish chog‘ida gaz manfiy haroratlargacha sovib ketsa, u xolodilnikda sovutilgunga qadar saqlovchi klapanga yo‘naltirilishi kerak.
67. Saqlovchi klapanlarning o‘tkazish qobiliyati va ularning soni tizimda hosil bo‘ladigan bosimning ortiqcha ishchi bosimga nisbatan:
tizimdagi ortiqcha ishchi bosim 0,3 MRa (3 kgf/cm2) gacha va shuncha bo‘lganda 0,05 MRa (0,5 kgf/cm2) dan ortiq,
tizimdagi ortiqcha ishchi bosim 0,6 MRa (6 kgf/cm2) gacha bo‘lganda 15% ga,
tizimdagi ortiqcha ishchi bosim 6 MRa (60 kgf/cm2) dan yuqori va shuncha bo‘lganda 10% ga oshmasligini hisobga olgan holda tanlanishi lozim.
68. Portlash xavfi bo‘lgan va zararli gazlarni siqadigan kompressor qurilmalar uchun nazorat produvka richagisiz saqlovchi klapanlar tanlanishi lozim.
69. 50 kRa (5000 mm N2O) dan past ortiqcha bosimli gazlarni siqadigan kompressor qurilmalarda 1-chi bosqich saqlovchi klapan ishlab ketganda gaz 1-chi bosqich tortish liniyasiga qaytarilishi lozim.
Qo‘shimcha siqadigan kompressor qurilmalarda saqlovchi klapan ishlab ketganda gaz yopiq tizimga yoki mash’alaga yo‘naltirilishi lozim.
70. Har qaysi saqlovchi klapan kompressor qurilmani ishlab chiqargan zavodda rostlangan va uning korpusida ishga tushish bosimi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu bosim yopiq tizimdagi qarshi bosimni hisobga olgan holda bosqichning hisobiy parametrlariga to‘g‘ri kelishi va loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan bosimga muvofiq bo‘lishi kerak.
71. Agar ishlab chiqarish turi yoki chiqarilayotgan gazning xususiyatiga ko‘ra saqlovchi klapan ishonchli ishlamasa va germetiklik ta’minlanmasa, idish me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq saqlovchi plastinka (membrana) bilan jihozlanishi lozim.
72. Saqlovchi klapanlar ularga xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lgan joylarda joylashtirilishi lozim.
73. Saqlovchi klapanlarga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari” ga, ishlab chiqargan zavod tomonidan berilgan yo‘riqnoma va ishlab chiqarishning texnologik reglamentiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.