Sanoq sistemalari



Yüklə 441,5 Kb.
səhifə7/9
tarix22.01.2023
ölçüsü441,5 Kb.
#80190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sanoq sistemalari

0000 0001 0010 0011 0100 0101 0110 0111

8 9 A B C D E F


1000 1001 1010 1011 1100 1101 1100 1111
Umumiy o’n oltilik sanoq sistemasidagi songa keltirdik
O'n oltilik sanoq sistemasidagi har bir raqamni ikkilik sanoq sistemasida quyidagicha yozib olamiz: 0=0000, 1=0001, 2=0010, 3=0011, 4=0100, 5=0101, 6=0110, 7=0111, 8=1000, 9=1001, A=1010, B=1011, C=1100, D=1101, E=1110, F=1111. Raqamlarni bu ko'rinishda tasvirlash usuli tetrada yordamida yozishdir. Ikkilik sanoq sistemasidagi sonni to'rtliklarga ajratish quyidagicha: agar sonni butun qismi raqamlari soni 4 ga karrali bo'lmasa chap tomoniga 0 qo'shib yoziladi va o'ngdan chapga qarab to'rtliklarga ajratiladi, agar sonni kasr qismi raqamlari soni 4 ga karrali bo'lmasa o'ng tomoniga 0 qo'shib yoziladi va chapdan o'ngga qarab to'rtliklarga ajratiladi.
1-misol. Ikkilik sanoq sistemasida berilgan 111101 sonini o'n oltilik sanoq sistemasiga o'tkazing.
Yechish: Berilgan 111101 sonini o'ngdan chapga qarab 4 tadan raqamini ajratib, tetrada asosida yozamiz: 00111101.
Yuqoridagiga asosan, 0011=3, 1101=D .
Javob: 3D16. 
2-misol. Ikkilik sanoq sistemasida berilgan 11101,101 sonini o'n oltilik sanoq sistemasiga o'tkazing.
Yechish: Berilgan sonni butin qismini avvalgi misolda ko'rilganidek bajaramiz, kasr qismini chapdan o'nga qarab 4 tadan ajratamiz: 011101,1010.
Demak, 0001=1, 1101=D , 1010 = A.
Javob: 1D,A16.
3-misol. O'n oltilik sanoq sistemasida berilgan 3FD5 sonini ikkilik sanoq sistamasiga o'tkazing.
Yechish: Bu holda avvalgi misollarni bajarilgan usulini aksi bo'ladi, ya’ni berilgan sonni tetrada ko'rinishda yozish yetarli bo'ladi.
Demak, 3 = 0011, F=1111, D=1101, 5=0101
Javob: 111111110101012 (eslatma boshidagi 00 yozilmaydi)
4-misol. O'n oltilik sanoq sistemasida berilgan B12,CE sonini ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazing.
Yechish: Yuqorida keltirilganlarga asosan
B=1011, 1=0001, 2=0010, C=1100, E=1110 bo'ladi.
Demak, javob:101100010010,11001112.


Yüklə 441,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin