Geografik tarqalishi: Tayganing tog'li va salqin joylarida, tog'laming shimoliy qiyalarida, g'ovak va nam tuproqli yerlarda o'sadi. Xabarovsk, Primorsk o'lkalarida keng tarqalgan. Primorsk o'lkasining Anuchin, Kalinin, Chuguev va Yakovlev tumanlarida yig'iladi. Jenshen faqat Primorsk o'lkasida «Jenshen» xo'jaligida o'stirilar edi.Endilikda Shimoliy Kavkazning tog’li tumanlari va Ukrainada (Lubnada) ham o'stirila boshlandi.
Mahsulot tayyorlash: O'simlikning ildizi avgust-sentabr oylarida, ya'ni urug'i yetilib, yerga to'kilgan vaqtda maxsus belkurak bilan kavlab olinadi, so'ngra poyadan ajratib, tuproqdan tozalanadi. Ildizni daraxt po'stlog'idan yasalgan maxsus qutichaga bir oz nam tuproq va quritilmagan yo'sin bilan solib, ho'lligicha tayyorlash punktlariga jo'natiladi. Yig'ilgan ildizlar bu yerda quritiladi va bir qismi chet marnlakatlarga (quritilgan va ho'lligicha) eksport qilinadi. Qolgan qismi esa dori turlari tayyorlash uchun farmatsevtika zavodlariga yuboriladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi:
Mahsulotning tashqi ko'rinishi:
Tayyor mahsulot ildizdan iborat. Ildizning uzunligi 25 sm, diametri 0,7-2,5 sm
bo'lib, 2-5ta shoxi bor. Ildizning tanaga o'xshash qismi yo'g'on, silindrsimon