bo’ladi. Keyin 5ta plastinkalikka aylanadi. So'ngra ikkinchi, uchinchi va
to'rtinchi barglar chiqadi. O'simlik 10-11 yoshga kirganida yuqori barglari
joylashgan yerdan gul o'qi vujudga keladi. Unga oddiy soyabonga to'plangan
gullar o’rnashgan. Gullari to'g’ri, ko'rimsiz, oq-yashil rangli bo'ladi.
Gulkosachasi besh tishli, tojbargi 5ta, oq yoki yashil rangga bo'yalgan. Otaligi
5ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi - qizil,
buyraksimon, sersuv, danakchali meva.
Iyul oyida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda pishadi. O'stiriladigan jenshen 5-
6 yoshga kirganida yig'iladi.
Geografik tarqalishi: Tayganing tog'li va salqin joylarida, tog'laming shimoliy qiyalarida, g'ovak va nam tuproqli yerlarda o'sadi. Xabarovsk, Primorsk o'lkalarida keng tarqalgan. Primorsk o'lkasining Anuchin, Kalinin, Chuguev va Yakovlev tumanlarida yig'iladi. Jenshen faqat Primorsk o'lkasida «Jenshen» xo'jaligida o'stirilar edi.Endilikda Shimoliy Kavkazning tog’li tumanlari va Ukrainada (Lubnada) ham o'stirila boshlandi.