Jenshen sharq mamlakatlarida (Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindi-Xitoy, Filippin va Indoneziyada) turli kasalliklarni davolash, ayniqsa organizmning umumiy tonusini ko'tarish (tetiklantirish va ruhlantirish) uchun qadimdan ishlatib kelinadi. Jenshen preparatlari aqIiy va jismoniy jihatdan charchaganda, mehnat qobiliyati susayganda, qon bosimi pasayganda organizmning umumiy tonusini ko'taruvchi dori sifatida hamda diabet, jinsiy bezlar gipofunksiyasida, nerv va asab kasalliklarida ishlatiladi.
Dorivor preparatiari.
Nastoyka, kukun (poroshok) va draje. Jenshenning Shimoliy Amerikaning keng yaproqli o'rmonlarida o'sadigan turi - Panax quinque(olius L. Xitoyga eksport qilinadi. Bu tur - haqiqiy jenshenga nisbatan kuchsizroq ta'sir etadi.