O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo`nalishi 2-kurs talabasi pokizaxon ermatovaning o’simlik oziqlanishi va o’G’it
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI AGROKIMYO VA AGROTUPROQSHUNOSLIK YO`NALISHI 2-KURS TALABASI POKIZAXON ERMATOVANING O’SIMLIK OZIQLANISHI VA O’G’IT FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: O’simliklar oziqlanishida oltingugrt, magniy,kalsiy, bor, marganes, mis, kobalt, molibden va boshqa elementlarning roli va ularning xosildorlikka ta’siri.
Bajardi: Ermatova Pokizaxon Tekshirdi: Mahammadiyev S.Q TOSHKENT 2023 Mundarija Kirish…………………………………………………………………..…........3 Ⅰ BOB. Adabiyotlar sharxi………………………………………...................6 Ⅱ BOB. Tadqiqotlar metodi…………………………………………...…….9 2.1. Mikroelementlarni tekshirishda olib borilayotgan tadqiqotlar…....9 Ⅲ BOB. Asosiy qism ……………………………………………..................15 3.1. Mikroelementlarning o‘simlik hayotidagi roli.…….…….…………15 3.2. Tuproq mikroelementlari………………………………….……..…..20 3.3. Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan mikroo‘g‘itlar…………………24 3.4. Sanoat chiqindilaridan mikroo‘g‘it sifatida foydalanish………......30 3.5. Mikroo‘g‘itlarni qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligiga ta’sir…...32 Xulosa ………………………………………………………………….…….35 Foydalaniladigan adabiyotlar ……….……………………………………..37
Kirish Tuproqdagi mikroelementlar turlari va ahamiyati. Tuproqdagi o’simliklar va hayvon organizmi uchun nihoyatda oz miqdorda zarur bo’lgan qator kimyoviy elementlar borki, ular mikroelementlar deyiladi. Mikroelementlar jumlasiga bor (B), marganes (Mn), molibden (Mo), mis (Cu), rux (Zn), kobalt (Co), yod (I), ftor (F) singarilar kiradi. Bulardan ayrimlarinigina biologik roli yaxshi o’rganilgan. Mikroelementlar o’simliklar va hayvonlar hayotida muhim fiziologik hamda biokimyoviy ahamiyatga ega. Ular qator fermentlar, gormonlar va vitaminlar tarkibiga kiradi. Mikroelementlarning tuproqda yetarli bo’lmasligi yoki miqdorining oshib ketishi organizmlarda kechadigan biologik jarayonlarga salbiy ta’sir etadi va turli kasalliklarga sabab bo’ladi. O’simliklar hosili pasayib mahsulotlar sifati kamayadi. 11111Hozirgi vaqtda tuproqda mikroelementlar miqdori, ularning birikish shakllari, tirik organizmlar hayotidagi rolini o’rganish hamda tuproqdagi miqdori va rejimini tartibga solish tadbirlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. V.V.Kovalskiy tomonidan tuproqlardagi mikroelementlar miqdorini ko’rsatuvchi biogeokimyoviy provinsiyalar karta sxemasi tuzib chiqilgan. O’zbekistonning chorvachilik yaylovlari uchun yaratilgan ana shunday karta-sxemalar katta amaliy ahamiyatga egawbo’lmoqda.(M.A.Rish,Sh.N.Nazarov). 11111Tuproqdagi mikroelementlar miqdori asosan birlamchi minerallar, qisman gil minerallar va organik moddalar tarkibiga bog’liq va litosferadagidan farq qiladi. Quyida o’simlik va hayvonot organizmlari hayoti uchun zarur bo’lgan va yaxshi o’rganilgan ayrim mikroelementlar haqida to’xtab o’tamiz.Mis (Cu). Tuproqdagi misning o’rtacha miqdori 0,02 foizni tashkil etib asosan tuproqning gumusli gorizontlarida organik-mineral kompleks shaklida va singdirilgan holatda bo’ladi. Misning bir qismi birlamchi va ikkilamchi minerallar tarkibiga kiradi. Tuproq kislotaliligining ko’tarilishi bilan misning harakatchanligi ham oshadi. Neytral va ishqorli tuproqlarda ko’pincha o’simliklar uchun mis yetarli bo’lmaydi. Tuproqdagi mis ona jins tarkibiga bog’liq. Jumladan, Zarafshon vodiysidagi kuzatishlarga ko’ra slaneslarning g’ovak jinslarida granitga nisbatan mis 2-3 barobar ko’pligi kuzatilgan. (Ye.K.Kruglova, 1981).Mis muhim biologik ahamiyatga ega bo’lib, turli oksidlovchi fermentlar tarkibiga kiradi, va oqsil moddalarning almashinuviga ijobiy ta’sir etadi. Tuproqda mis yetishmaganda o’simliklarda oqsillar sintezi pasayadi va hosili1ancha1kamayadi. 11111O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti xodimlarining tadqiqotlari Farg’ona vodiysi va Mirzacho’lning sug’oriladigan yerlari tuprog’ida o’simliklarning o’zlashtirishi uchun qulay bo’lgan mis birikmalari juda kamligini ko’rsatadi. Bunday yerlarda misli o’g’itlar qo’llanilganda paxta hosili 2,5-4s/ga1oshgan. 11111Hozirgi vaqtda Olmaliq kimyo zavodida tarkibida mis bo’lgan ammofos olish texnologiyasi11ishlab11chiqilgan. 11111Rux (Zn) Tuproqning gumusli gorizontida ko’proq to’planadi va organik moddalar bilan murakkab birikmalar hosil qiladi. Shuningdek rux tuproq kolloidlarida singdirilgan holda va turli minerallar tarkibida uchraydi. Rux miqdori tuproqda o’rtacha 0,005 foizni tashkil etadi. Rux o’simliklardagi biologik jarayonlarni kuchaytiradi va nafas olishda qatnashadigan fermentlar faoliyatini kuchaytiradi. Rux yetishmasa o’simlikdagi oqsil tez parchalanadi. Yorug’likning kuchayishi bilan o’simliklarning ruxga bo’lgan talabi oshadi. O’rta Osiyoning sug’oriladigan yerlarida rux juda kam bo’lib, ayniqsa sabzavot ekinlari, makkajuxori va mevali daraxtlar uchun rux yetishmaydi. Shunday tuproqlarga rux sulfat, rux oksidi va rux qo’shilgan o’g’itlar qo’llanilganda ekinlar hosili oshadi va uning sifati yaxshilanadi. 11111Bor (B). Tuproqdagi alyumosilikatlar, ayniqsa chirindi qatlamidagi organik birikmalar tarkibida ko’proq to’planadi. Tuproqdagi borning o’rtacha miqdori001 foiz atrofida. Bor elementi o’simliklardagi uglevodlar almashinuvida va gulining changlanishi jarayonida katta rol o’ynaydi. Bor yetishmaganda changlanmagan gullar tushib ketadi va hosil ham kamayadi. O’rta Osiyoning bo’z tuproqlari, ayniqsa gumusi ko’proq o’tloq tuproqlarda harakatchan bor miqdori ancha ko’proq. Bor yetishmaydigan yerlarga bor kislotasi, bura va bor mikroelementi bilan boyitilgan o’g’itlar1yaxshi1samara1beradi. 11111Molibden (Mo) qator minerallar tarkibiga kiradi va tuproq organik moddalarida,singdirilgan holda ham bo’ladi.Tuproqdagi o’rtacha miqdori 0,0003 foiz. Molibden kislotali tuproqlarda marganes, mis, rux va kobaltga nisbatan kam harakatchan bo’ladi. Molibden yuqori biogen xususiyatga ega bo’lgan mikroelement bo’lib, dukkakli o’simliklarda ko’p to’planadi. O’simliklarda azot almashinuvida, ayniqsa azot to’plovchi azotobakteriyalar va tuganak bakteriyalari faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Molibden yetishmasa dukkaklilar ildizida tuganaklar hosil bo’lmaydi. Barcha o’simliklarga oz miqdorda bo’lsa-da, molibden zarur. Molibden o’simliklar hujayrasida selitrani ammoniyga aylantiradigan nitrat reduktaza fermentining tarkibiga ham kiradi. Bu ferment yetishmasa oqsil moddalar sintezlanishi pasayadi. O’simliklarga molibden saqlovchi o’g’itlar qo’llanilganda va chigit ammoniy molibdenning 0,01 foizli eritmasida namlab ekilganda yaxshi natija beradi. 11111Marganes (Mn). O’simliklar va hayvonlar organizmi uchun zarur va muhim mikroelementlardan hisoblanadi. Marganes o’simliklarda fermentlar tarkibiga kiradi, fotosintez faoliyatini kuchaytiradi hamda oqsillar hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Marganes qator minerallar (radonit, gausmonit, manganazit) tarkibida bo’ladi. Tuproqning gumusli qatlamida va illyuvial gorizontida ko’proq to’planadi. Marganesning tuproqdagi o’rtacha miqdori 0,085 foiz bo’lib, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlarida 0,06-0,07 foiz va gidromorf tuproqlarda ancha ko’p. Suvda eriydigan nitrat, xlorid va sulfat birikmalari tarkibidagi marganes o’simliklarga yaxshi o’tadi. Ishqorli va karbonatli tuproqlarda marganes kam harakatchan bo’lganligi sababli o’simliklar uchun yetarli bo’lmaydi, nordon reaksiyali sharoitda aksincha marganes ko’payib, o’simliklarga zaharli ta’sir etadi. Tuproqdagi o’zlashtiriladigan marganes kam bo’lganda, shu mikroelementlarning o’g’itlaridan foydalaniladi. 11111Kobalt (Co) turli alyumosilikatlar tarkibida saqlanadi, kolloidlarda singdirilgan va turli organik-mineral birikmalar holida bo’ladi. O’simliklarda fotosintez jarayonini yaxshilaydi, oqsil almashinuvini tezlashtiradi. Kobaltning tuproqdagi o’rtacha miqdori 0,008 foiz bo’lib, gumusli qatlamda ko’proq. Ayrim rayonlardagi tuproqlarda kobalt juda kam. Bunday yerlarga kobaltli mikroo’g’itlarwqo’llanishwyaxshiwnatijawberadi. 11111Yod (J) odatda tuproqning yuqori gumusli qatlamida ko’proq to’planadi, o’rtacha mikdori 0,0005 foiz. O’rta Osiyoning to’q tusli o’tloq tuproqlarida bo’z tuproqlarga nisbatan yod ko’proq saqlanadi. Yod o’simliklardagi fotosintez jarayonida aktiv qatnashadi, oqsil moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Ayniqsa chorva mollardagi turli kasalliklarning oldini olishda yaylov tuproqlari va o’simliklarda yod yetarli bo’lishi kerak. Yod yetishmaganda, shu mikroelement saqlovchi preparatlar ishlatiladi.O’simliklarning mikroelementlar bilan ta’minlanish darajasini baholash uchun, uning tuproqdagi harakatchan formalarini bilish zarur. Tuproqdagi mikroelementlarning harakatchan shakldagi miqdori juda o’zgaruvchan bo’lib, tuproqning genetik xususiyatlariga, tuproqlarning madaniylashtirish holatiga vawboshqawsharoitlargawbog’liq. 11111G.Ya.Rinks tuproqdagi harakatchan mikroelement miqdorini baholashning quyidagi gradasiyasini tavsiya etadi (mg-kg hisobida). Mikroelementlarga juda kambag’al Cu<0,3; Zn<0,2; Mn<0,1; Co<0,2; Mo<0,05; B<0,1; 11111Tuproqlar mikroelementlarga juda kambag’al va kambag’al bo’lganda tarkibida mikroelementlar bo’lgan o’g’itlarni ko’proq qo’llanishni talab etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda, jumladan O’rta Osiyo respublikalarida tuproqning mikroelementlar bilan ta’minlanishini ko’rsatuvchi kartogrammalar tuzib chiqilmoqda. Bu materiallar mikroo’g’itlardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Ⅰ BOB. Adabiyotlar sharxi
Bizni o‘rab turgan hamma narsalar, jonli va jonsiz mavjudotlar, havo, suv, tuproq, hayvon, o‘simliklar va hammasi kimѐviy elementlarning aralashmasi ѐki birikmasidan iboratdir. Tabiatda ba’zi elementlar tez-tez va ko‘p miqdorda, ba’zilari onda-sonda va oz miqdorda uchraydi. Kislorod (erkin ѐki birikma holida) eng ko‘p miqdorda uchraydi. Tuproq og‘irligining 49,3% ni kislorod tashkil etadi. Masalan yod еr qobig‘ida atiga 0,0001% dir. Bu ikki element o‘rtasidagi farq g‘oyat kattadir. Hozirgi davrda еr qobig‘ining tarkibi еtarli darajada to‘la o‘rganilgan. Uning tarkibida kisloroddan tashqari anchagina kremniy (26%), allyuminiy (7,45%), temir, kalsiy, natriy, kaliy, magniy va vodorod bor. Bu 9 ta element еr qobig‘i butun massasining 98% dan ko‘prog‘ini tashkil etadi, shuning uchun ham ular makroelementlar deb ataladi. Biz o‘rgana oladigan еr qobig‘i massasining 2% dan kamrog‘i boshqa qolgan elementlarga to‘g‘ri keladi. Quyida еr qobig‘idagi ba’zi elementlarning Yer qobig‘i og‘irligiga ko‘ra % hisobida miqdori berilgan:
S-0,35 Cu-0,01
R-0,12 B-0,005
S-0,10 Co-0,02
Mn-0,10 Mo-0,001
N-0,04 Th-0,001
Zn-0,02 J-0,001
V-0,02 Rh-0,0000000002
Tabiatda o‘simlik va hayvonlar organizmida, tuproq va suvda juda kam miqdorda, ko‘pincha 0,001 dan 0,0000000000001% gacha bo‘ladigan kimѐviy elementlarga mikroelementlar deyiladi. Bunday elementlarga rux, marganes, bor, mis, molibden, kobalt, xrom, yod, brom va boshqa elementlar kiradi. Mikroelementlarning еtishmasligi o‘simliklarning qator kasalliklarini keltirib chiqaradi. Tegishli mikroo‘g‘itlardan foydalanish kasallikni oldini olibgina qolmay, balki ancha yuqori va sifatli hosil olishga olib keladi. Mikroelementlarning ijobiy ta’sir etishining asosiy sababi, ularning oksidlovchi-qaytaruvchi jaraѐnlarda, azot almashinuvida qatnashishi o‘simliklarning kasalliklarga va tashqi muhitning noqulay sharoitlariga nisbatan chidamliligini oshirish bilan bog‘liq bo‘ladi. 11111Mikroelementlar ta’siri natijasida barglarda xlorofillning miqdori oshadi, fotosintez kuchayadi, butun o‘simlikning assimilyatsion faolligi oshadi. Ko‘pincha mikroelementlardan ultra mikroelementlar deb ataladigan guruhga ajratiladi. Bunday elementlar tabiatda 0,00001% dan ham kam bo‘ladi (oltin, simob, radiy, uran va boshqalar). Bularning aniq chegarasini belgilash qiyin, chunki ―ultra‖ qo‘shimchasi tabiatda bunday kimѐviy elementlarning kam ekanligini ko‘rsatadi. 11111Mikroelementlar degan nomning o‘zi ham ma’lum darajada shartlidir. Ba’zi elementlar tuproqda va tog‘ jinslarida (temir, allyuminiy, kremniy) ko‘p miqdorda uchraydi, tirik organizmlarda esa juda kamdir. Tirik organizmlardagi asosiy massani suvda oson eruvchi birikmalar va gaz hosil qiladigan kimyoviy elementlar tashkil etadi. Bularni organizm yaxshi o‘zlashtiradi. Lekin alyuminiy va kremniy yеr qobig‘ida juda keng tarqalgan (qum, loy, har xil silikatlarning g‘oyat ko‘p qismi ana shu elementlardan tashkil topgan). Tirik organizmlarda esa bir necha ming marta kam chunki ular organizmda qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi. Kobalt va nikel еr qobig‘ida tirik organizmdagiga nisbatan taxminan 100-400 marta ko‘p bo‘ladi. Ammo tirik organizm uchun mos birikma hosil qiladigan va tez eriydigan kimѐviy elementlar- uglerod, azot, fosfor va yod еr qobig‘ida kam uchraydi. Organizmlar ham kimѐviy elementlar miqdorining kam ѐki ko‘pligi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan: o‘simliklarda kremniy, allyuminiy, hayvon organizmida azot, kalsiy, fosfor,ftorwyokiwyodwko‘pwbo‘ladi. 111111O‘simlik va hayvonlar orasida nav ѐki turlar borki, ularda bir element boshqa elementga qaraganda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Masalan: dengiz hayvonlarining orgnizmida yod ko‘p bo‘ladi. O‘simliklarning normal rivojlanishi uchun 10 ta kimѐviy elementning zarurligi allaqachon isbotlangan. Bunday elementlarga kislorod, vodorod, uglerod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir kiradi. O‘simlik oziqasi tarkibida yuqorida ko‘rsatilgan elementlardan birortasi mavjud bo‘lmasa u qurib qoladi. O‘simlik va hayvon organizmlari ham ma’lum miqdordagi elementlardan tashkil topgan deb uzoq vaqtgacha hisoblab kelingan. Ko‘pchilik organizmlardan mis, mishyak, rux, brom, marganes va boshqa ba’zi elementlarningwmavjudliginiwtasodifiywholwdebtushuntirilgan. 11111Mashhur rus olimi akademik V.I.Vernadskiyning tirik organizmning kimѐviy tarkibi, еr qobig‘i kimѐviy tarkibi bilan chambarchas bog‘liqligi to‘g‘risidagi ajoyib ta’limoti bu masalani tamolila yangicha ѐritdi. V.I.Vernadskiy tashqi muhit bilan, organizm o‘rtasida to‘xtovsiz moddalar almashinib turishini isbotlab berdi. 11111V.I.Vernadskiyni haqli ravishda mikroelementlar to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisi deyish mumkin. U tirik organizmlarning normal rivojlanishi uchun D.I.Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlarning zarurligini ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda turli organizmlarda 70 dan ortiq kimѐviy elementlarning borligi analizlar ѐrdami bilan aniqlangan. Endilikda mikroelementlar tirik organizmlar faoliyatida muhim ahamiyatga ega ekanligini hamma e’tirof etadi. Mikroelementlar, hatto ularning juda ozgina miqdori bo‘lmagan taqdirda odam ham, hayvon ham, o‘simlik ham yashay olmaydi. Qora mollar oziqasida kobaltning еtishmasligi hayvonlarda og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hammaga ma’lum bo‘lgan bo‘qoq kasali odam va hayvon organizmida yod еtishmaganida, ya’ni tuproq va suvda uning miqdori 0,00001 foizdan kam bo‘lganida yuz beradi. Rux miqdori еtarli bo‘lmagan tuproqda o‘sgan o‘simlik barglari ola-bula rangga kirib qoladi. Tuproqlarda mis, temir magniy, bor, marganes va boshqa kimyoviy elementlar birikmalarining еtishmasligi ham o‘simliklarning kasallanishiga sabab bo‘ladi. Biroq mis, rux, va nikel konlari mavjud bo‘lgan rayonlarda (Janubiy Ural) ham o‘simliklar kasallanadi. Atrof muhitda ba’zi bir kimѐviy elementlar miqdorining oshib ketishi natijasida ham, o‘simlik va hayvonlar har-xil kasalliklarga chalinishi mumkin ekan. Masalan: ichiladigan suvda ftor miqdori 0,00005% dan ortib ketsa, odam va hayvon tishining emal qavati ola-bula dog‘lar bilan qoplanadi, suyakda flyuoroz kasali paydo bo‘ladi. Mikroelemetlarning o‘simliklarning haѐtiy faoliyatiga ta’siri, ularning odamlar va hayvonlar haѐtiy faoliyatiga ta’sirini o‘rganishdan oldinroq boshlandi. Buning asosiy sabablaridan biri, o‘simliklar ustida eksperimental tajribalar olib borishning osonligidadir. 11111Bundan sal kam bir asr oldin, 1872 yilning 29 yanvarida rus olimi K.A.Timiryazov Peterburg tabiatshunoslari majlisida ―O‘simlik haѐtida ruxning ehtimoliy ahamiyatli degan mavzuda so‘zga chiqadi. Olim tarkibida temir tuzlari bo‘lmagan eritmada o‘stirilgan bir nechta tup makkajo‘xori o‘simligi ustida olib borilgan o‘z tajribasini ta’riflaydi. Bunday muhitda o‘simlik bargi so‘lib, sarg‘ayib qolgan. Shundan keyin Timiryazov bir o‘simlik bargini temir tuzi eritmasi bilan, ikkinchi o‘simlik bargini rux tuzi eritmasi bilan ho‘llagan. Natijada eritmalarga tushirilgan har ikki yaproq ham yashil rangga bo‘yalgan. Tajriba natijalari o‘simlik haѐtida rux va temirning rolinigina ko‘rsatibgina qolmadi. Natijalar o‘simlikka turli kimѐviy elementlarning zarurligini va bularning ozginagina miqdori o‘simliklarning holatiga11kuchli11ta’siretishini11ko‘rsatdi. 11111Mikroelementlar to‘g‘risidagi fan asta-sekin rivojlanib bordi. K.K.Gedroys mikroelementlarning ba’zi o‘simliklarning hosilini oshirish xususiyatiga ega ekanligini aniqladi. F.V.Chirikov bug‘doy hosilini hatto 2-3 martaga ko‘paytirishga erishdi. G. Bertran marganesning asosiy funksiyalaridan birini, uning oksidlanish-tiklanishwjarayonlaridawishtirokwetishiniwaniqladi. 11111O‘simlikning rivojlanishida borning rolini o‘rganish sohasida ko‘p ishlarni amalga oshirgan M.Ya.Shkolnik bor birikmasi spirt, shakar, va tarkibida kislorod bo‘lgan organik moddalar bilan tez reaksiyaga kirishib, perekisga o‘xshash organik birikmalar hosil qilish qobiliyatini kashf etdi. Bu organik birikmalar esa o‘simlik uchun juda zarur bo‘lib, uning ildizini va boshqa organlarini hamda to‘qimalarini kislorod bilan ta’minlaydi. Bor fermentlar faoliyatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlik organizmining haѐtiy faoliyatida borning roli ana shunday katta. Mikroelementlarniwo‘rganishwvawqo‘llashwborasidawK.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov, Ye.V.Bobko, M.V.Katalimov, M.Ya.Shkolnik kabi olimlarning qo‘shgan hissalari muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston tuproqlaridagi mikroelementlarni o‘rganish va paxtachilikda mikroo‘g‘itlar qo‘llash va ularning me’ѐrlarini o‘rganish borasida Ye.Kruglova, T.S.Zokirov, B.Isaev, M.Alieva, G.I.Kobzeva, A.A.Karimberdieva kabi bir qancha olimlarning ham hissalari katta.