O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo`nalishi 2-kurs talabasi pokizaxon ermatovaning o’simlik oziqlanishi va o’G’it



Yüklə 110,28 Kb.
səhifə4/12
tarix09.06.2023
ölçüsü110,28 Kb.
#127344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2.Kurs ishi osimlik oziqlnishi

3.2. Tuproq mikroelementlari.
Tuproqlar tarkibidagi mis, bor va marganesning miqdori va ularning o‘zgarishi. Ma’lumki, har bir hududning tuproq qatlamlari va iqlim sharoitlari ham hilma xildir. Bu hol turli tabiiy sharoitda o‘silik va hayvon organizmlariga mikroelementlarning ta’sirini chuqur o‘rganishni talab etadi. Bitta mikroelementni turli tuproqlarga qo‘llanilishi kutilgan natijani bermasligi mumkin. Masalan: ma’lum bir mikroelement chimli-podzol tuproqqa yaxshi ta’sir etishi mumkin, lekin qoratuproqqa yoki bo‘z tuproqlarga shunday ta’sir eta olmaydi, va aksincha bir xil tuproqlarning o‘ziga turli mikroelementlar har xil ta’sir etadi. Borli mikroelementlar kerak bo‘lgan tuproqqa marganes kerak bo‘lmasligi mumkin, va aksincha. Demak dastlab tuproqlarning kimѐviy tarkibini va ayniqsa har bir mikroelementning ta’sir etish xususiyatini bilish zarur. Tuproqdagi mikroelementning miqdori ularning normal, keragidan ortiqcha bo‘lishi ѐki еtishmasligi ona jinslarga, o‘simliklarga tuproqning madaniylashganlik darajasiga, organik va mineral o‘g‘itlar hamda ѐg‘in sochinlar bilan birga mikroelementlarning tuproq tarkibiga qo‘shilishiga bog‘liq. 11111Ya.V.Peyve ma’lumotlariga ko‘ra, 1 kg tuproqdagi mikroelementlarning umumiy miqdori quyidagicha : bor-1,5-55 mg, mis-1,5-30,0 mg, rux-2,50-6,50 mg, marganes-100-250 mg, molibden-0,2-7,5 mg, kobalt-0,4 dan 4,0 mg gacha. Mikroelementlar organik moddalarga birikkan holda, turli hil karbonatlar va minerallar tarkibida ham uchraydi. O‘simliklar ularni suv va kuchsiz kislotalardan erigan eritmalar holida tuproqdan oladi. Masalan: ma’lum bir mikroelement chimli-podzol tuproqqa yaxshi ta’sir etishi mumkin, lekin qoratuproqqa yoki bo‘z tuproqlarga shunday ta’sir eta olmaydi, va aksincha bir xil tuproqlarning o‘ziga turli mikroelementlar har xil ta’sir etadi. . 11111Tajribalarning ko‘rsatishicha, O‘rta Osiѐning eskidan ekilib kelingan unumdor tuproqlari suv va shamol eroziyasiga uchragan, mexanik tarkibi еngil tuproqlarda mikroelementlar miqdori normadagidan ancha kam. Mikroelementlarning tuproqda kam ѐki ko‘p bo‘lishi ham salbiy hol hisoblanadi. Masalan: 1 kg tuproqda bor miqdori-0,3 mg, margans 10,0 mg, rux- 1,5-2,0 mg, mis-2-3 mg, kobalt-1,5-3,0 mg, molibden 0,20-0,25 mg dan kam bo‘lgandagina mikroelementlardan foydalanish tavsiya etiladi. Tuproqlarning mikroelementlar bilan ta’minlanish darajasi berilgan. 1111 111111Ye.K.Kruglova ma’lumotlariga asosan, bir turga mansub tuproqlarda ham, turlicha bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, har bir tuman va xo‘jalik bo‘yicha mikroelementlar miqdorini aniqlab, agrokimѐviy xaritogrammalar tuzish va mineral o‘g‘ilarni aynan xaritogrammalar asosida tuproqqa solish maqsadga muvofiqdir. Tuproq tarkibidagi mikroelementlar miqdorini bir me’ѐrda ushlab turish uchun dalalarni organik o‘g‘itlar (go‘ng) bilan o‘g‘itlab turish yaxshi natija beradi. Chunki, go‘ng tarkibida deyarli hamma turdagi, makro va mikroelementlar mavjud. 11111Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, aksariyat ko‘p hollarda go‘ng solinmay makroo‘g‘itlar katta miqdorda berilib, yuqori hosil olish mo‘ljallangan dalalarda, o‘simliklarning va tuproqning mikroelementlarga bo‘lgan muxtojligi yaqqol seziladi. Bor (B) Adabiѐtlardan ma’lumki, еngil mexanik tarkibli chim-podzol, chim-gleeli, botqoqlangan tuproqlarda bor juda kam bo‘ladi. 111111Tundra tuproqlarining tarkibida 1 kg tuproqda 1-2 mg, chim podzol tuproqlarda 1 kg tuproqda 2 -5 mg bor uchraydi. Agar noqoratuproq zonada 1 kg tuproqdagi borning miqdori 0,2-0,5 mg dan ko‘p bo‘lsa, borli mikroo‘g‘itlar solish tavsiya etilmaydi. Ammo bu ko‘rsatkich qora tuproqlar uchun 0,3-0,65 ni, O‘rta Osiѐning bo‘z tuproqlari uchun 0,45-2,0 mg/kg ni tashkil etadi.


Yüklə 110,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin