O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo`nalishi 2-kurs talabasi pokizaxon ermatovaning o’simlik oziqlanishi va o’G’it


-jadval Tuproq tarkibidagi mikroelementlar miqdori (B.Y.Yagodin)



Yüklə 110,28 Kb.
səhifə5/12
tarix09.06.2023
ölçüsü110,28 Kb.
#127344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2.Kurs ishi osimlik oziqlnishi

1-jadval
Tuproq tarkibidagi mikroelementlar miqdori (B.Y.Yagodin)

Tuproqning mikroeleme ntlar bilan ta’minlangan lik darajasi

Tuproqdagi mikroelementlar miqdori

Suvli so’rimda

Cu

Mn

Mo oksalat so’rimda

Zn 1N li HCl da

Co 4N li HCl da

Juda kam

0,1 gacha

0,3

1 gacha

0,05 gacha

0,2

0,2 gacha

Kam

0,1-0,2

0,3-1,5

1-10

0,05-0,15

0,2-1

0,2-1

O’rtacha

0,3-0,5

2-3

20-50

0,2-0,25

2-3

1,5-3

Ko’proq

0,6-1

4-7

60-100

0,3-0,5

4-5

4-5

Juda ko’p

1 dan ko’p

7 dan ko’p

100 dan ko’p

0,5 dan ko’p

5 dan ko’p

5 dan ko’p

Bori kam bo‘lgan bu xil tuproqlarda uni o‘g‘it sifatida solish har gektar еr hisobiga zig‘ir tolasini 2-3 s, qand lavlagisini 45 s ga oshirib, bir yo‘la keyingi ekinning ildiz mevasidagi shakarning miqdorini ham 0,3-2,1% ga oshishiga sababchi bo‘ladi. Borli o‘g‘itlar qo‘llash natijasida zig‘ir va paxtadan gektariga qo‘shimcha 2-3 s hosil olish mumkin. Tuproq tarkibida bo‘r miqdori 30 mg/kg dan oshib ketsa, o‘simliklarda zaharlanish alomatlari paydo bo‘ladi: poyaning pastki qismidagi barglar sarg‘ayadi, kuyadi, to‘kiladi. Borning serobligi chorva mollari salomatligigawhamwsalbiywta’sirwko‘rsatadi. 11111Mis (Cu) Misning umumiy miqdori har xil tuproqlarda ancha keng chegaralarda o‘zgarib turadi va bir kg tuproq hisobida 0,1 mg dan 150 mg gacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi. Misga torfli tuproqlar, Boltiq bo‘yining chim-karbonatli tuproqlari, botqoq va botqoqlangan tuproqlari, qum va qumoq tuproqlari judva kambag‘al bo‘ladi. Nordon tuproqlarni oxaklash o‘simliklarga tuproqdan misning kelib tushishini kamaytiradi, chunki azot uning tuproqda mustahkamlanishini ta’minlaydi. Ohak misning adsorbenti sifatida ta’sir etadi, hamda ishqorlash yo‘li bilan kompleks birikma hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. Huddi shu vaqtda o‘simlik misga nisbatan tanqislikni sezadi, tuproqda esa mis miqdorining kamligi kuzatiladi. Noqoratuproq zonada misning miqdori har kg tuproq hisobiga 1,5-3,0 mg dan, qora tuprqlarda 2,0-5,0 mgdan, O‘rta Osiѐning bo‘z tuproqlarida 1,5-4,0 mg dan kam bo‘lgan hollarda o‘simliklarning misga bo‘lgan ehtiyoji11kuchayadi. 11111Marganes (Mn) Tuproqda marganesning miqdori bir muncha yuqori bo‘lishiga (sariq tuproqlarda 1% gacha va undan ziѐd, chim podzol tuproqlarda va qora tuproqlarda 0,1-0,2%) qaramay, bu elementning ko‘p qismi tuprqda qiyin eriydigan oksid va gidrooksidlar tarzida bo‘ladi. Neytral reaksiya atrofida (rN 6 dan 8 gacha) o‘simliklar unga nisbatan tanqislik sezishi mumkin, chunki bu muhitda marganes qiyin eriydigan birikma shaklida bo‘ladi. Marganesning miqdori noqoratuproq zonada 1 kg tuproqda 25-55 mg, qora tuproqda 40-60 va bo‘z tuproqda 10-50 mg bo‘lganda yaxshi samara beradi. Tuproqda marganes kam bo‘lgan hollarda (ѐki umuman bo‘lmaganda) oziqlanish balansidagi elementlarning nisbati buziladi, chunki u kalsiy singari tashqi muhitdan ionlarni tanlab singdirilishida o‘zini antogonist sifatida namoѐn qiladi. Marganes reutilizatsiya jaraѐnini tartibga solib turuvchi element sifatida ham muhim o‘rin tutadi. U o‘simlik hujayralarining suv tutish qobiliyatini oshiradi va hosil elementlarining ko‘proq saqlanishiga ѐrdam beradi. Tuproqda marganes miqdori 1% gacha еtadi, lekin uning asosiy qismi o‘simliklarwtomonidanwqiyinwo‘zlashtiriladiganwshakldadir. 11111Marganesga bo‘lgan ehtiyoj ―MDH davlatlarining asosan Ukraina, O‘rta Osiyodagi mamlakatlar hamda Kavkaz bo‘yi davlatlari tuproqlarida seziladi. 111111Molibden (Mo) Tuproqdagi umumiy molibden miqdori 1 kg tuprq hisobiga 0,20 dan 2,4 mg gacha, harakatchan shakldagi miqdori esa 0,10 dan 0,27 mg gacha bo‘ladi. Odatda tuproqning haydalma qatlamida harakatchan shakldagi molibden, umumiy molibdenning 8-17 foizini tashkil etadi. Yengil mexanik tarkibli, kam chirindili tuproqlar tarkibida molibden eng kam miqdorda uchraydi. Molibdenning eng kam miqdori podzol va qum tuproqlarda (1 kg ga 0,005 mg) uchraydi. Umumiy harakatchan shakldagi molibdenga eng boy bo‘lgan tuproqlar, qora tuproqlar hisoblanadi. Demak, bu o‘z o‘zidan bu tuproqlarning biologik akkumulyatsiya qobiliyati borligidan dalolat beradi. Odatda tuproqda molibden oksidlangan holatda kalsiy va boshqa metallarning molibdatlari tarzida uchraydi. Nordon tuproqlarda molibden, allyuminiy, temir va marganes bilan qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi. Ishqoriy tuproqlarda esa oson eriydigan natriy molibdenga aylanadi. Tuproq eritmasini nordonligi pasaytirilsa molibdenning suvda eriydigan shakli ortadi. Ohaklash natijasida molibdenning o‘simliklar tomonidan yutilishi kuchayadi, lekin rN 7,5-8 bo‘lgan tuproqlarda karbonatlarning miqdori ko‘payganligi sababli pasayadi. Molibdenning tanqisligi chimli-podzol, quritilgan nordon torf tuproqlar va qora tuproqlarda kuzatiladi. 111111 11111Gumusga boy tuproqlar o‘z tarkibida molibden yalpi miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Molibden bilan yaxshi ta’minlangan tuproqlarda o‘simliklar azot, fosfor va kaliyni yaxshi o‘zlashtiradi. Azot oqsil tarkibiga to‘liq o‘tadi, natijada sabzavot va poliz ekinlarida azotning nitrat shaklida to‘planishining oldi olinadi. Shuning uchun molibdenni dukkakli ekinlarga fosfor va kaliy bilan, boshqa ekinlarga esa azot bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi. . 11111Rux (Zn) Ruxning umumiy miqdori qora tuproqlarda 1 kg tuproqqa nisbatan 24,90 mg, tundra tuproqlarida 55,76 mg ni tashkil etib, uning kam miqdori chim podzol tuproqlarida 20,67 mg ga teng bo‘ladi. Rux tanqisligi ko‘pincha neytral va kuchsiz ishqoriy karbonat tuproqlarda uchraydi. Nordon tuproqlarda rux ko‘proq harakatchan va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiradigan holatda bo‘ladi. Yana rux tanqisligi nordon, kuchli podzollangan, еngil tuproqlarda ham, ruxi kam karbonatli tuproqlarda va yuqori darajadagi chirindili tuproqlarda ham namoѐn bo‘lishi mumkin. Ruxli o‘g‘itlarni noqora tuproq zonasining tuproqlarida harakatchan ruxning miqdori har bir kg tuproq hisobiga 0,2-1,0 mg, qora tuproq zonasida 0,3-2,0 mg va Markaziy Osiyoning bo‘z va kashtan tuproqlari uchun esa 1,4-1,8 mg dan kam bo‘lgan holatlarda qo‘llash lozim. O‘rta Osiyoning mo‘tadil va kuchsiz ishqoriy tuproqlarida ruxning tanqisligi kuzatiladi. Mintaqamiz tuproqlarida rux miqdori 1,4-1,8 mg/kg dan kam bo‘lganda ruxli o‘g‘itlar qo‘llashga to‘g‘ri keladi. 11111Kobalt (Co) Kobalt tutuvchi noqora tuproqlarda har bir kg tuproqda 1,0-1,1 mg, qora tuproq zonasida 0,6-2,0, Markaziy Osiyoning bo‘z va kashtan tuproqlarida 1,0-1,5 mg bo‘lganda qo‘llash yaxshi samara beradi. Bo‘z tuproqlar tarkibida kobalt miqdori 1,0 mg/kg dan kam bo‘lsa, kobaltli mikroo‘g‘itlar qo‘llanishi mumkin. Lekin, chorva mollari uchun sifatli oziqa еtishtirish maqsadida tuproq tarkibidagi kobalt miqdori 2,0-2,5 mg/kg bo‘lganda ham kobaltli mikroo‘g‘it qo‘llash mumkin. Yem-xashak tarkibida kobalt miqdori 0,07 mg/kg dan kam bo‘lsa, chorva mollarida akobaltos xastaligi yuzaga keladi.

Yüklə 110,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin