Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Asosiy matn
Poroshoklar deb bir yoki bir necha dori moddalaridan iborat bo‘lgan, ichish va sirtga ishlatish 
uchun mo‘ljallangan sochiluvchan xususiyatga ega bo‘lgan qattiq dori shakliga aytiladi. 
Ishlatishga ko‘ra poroshoklar 2 guruhga bo‘linadi:
ichish uchun ishlatiladigan-pulveres pro usum internum;
sirtga ishlatiladigan - pulveres usum externum.
Tarkibiga ko‘ra poroshoklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Oddiy poroshoklar-pulveres simplices. Tarkibida bitta dori moddasi bo‘lgan poroshoklarga 
aytiladi.
Murakkab poroshoklar - pulveres compositi. Tarkibida ikkita yoki undan ortiq dori moddasi 
bo‘lgan poroshoklarga aytiladi.
Sirtga ishlatiladigan poroshoklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Sepmalar - sepish uchun islilatiladi - Pulveris adspersorii. Zarrachalarning katta - kichikrigr 0,l
‖mkm bo‘iib, bolalar yaraiariga sepish uchun qo‘llaniladi;
Hidlash uchun - zarrachalarning katta - kichikligi 0,2 mkm bo‘lib, yuqorida ko‘rsatilgan 
kattalikdan oshmasligi kerak. Chunki, hidlanadigan poroshoklar yuqori nafas yo‘llariga 
borishi zarur;
Purkash uchun - Pulveris insufflatorii. Zarrachalarning katta - kichikligi - 0,3 mkm bo‘lib, 
maxsus asboblar yordamida purkaladi;
Tish poroshoklari - Pulveris dentifrice.
Uyda eritma tayyorlash uchun poroshoklar (chayish, ho‘llab qo‘yish, yuvish uchun eritmalar). 
Miqdorga taqsimlangan tavsifga ko‘ra:


Miqdori taqsimlangan poroshoklar: Pulveris divisi. Shifokor ко‘rsatmasiga binoan har bir 
beriladigan poroshok miqdorga taqsimlangan bo‘ladi. Miqdorga taqsimlangan poroshoklar 
ikki xil ko‘rinishda yoziladi:
a) shifokor xar qaysi preparat uchun terapevtik miqdorini va necha dona tayyorlash kerakligini 
ko‘rsatadi.
Rp.: Magnii oxydi 0,25
Natrii hydrocarbonatis 
0,15 Misce fiat pulvis
Da tales doses N 6
shifokor retseptda dori preparatini umumiy miqdorini keltirib, necha donaga bo‘lishni 
ko‘rsatadi.
Rp.: Magnii oxydi 3,0
Natrii hydrocarbonatis 
0,9 Misce fiat pulvis
Divide in partes aequales № 6
Da. Signa. Bitta poroshokdan kuniga 3 maxal ichilsin.
dori moddasi yaxshi maydalanganligi sababli yuqori farmokologik faollikka ega.
tayyorlash texnologiyasi juda sodda.
ixchamligi va saqlash davomida turg'unligi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin